I-modul. Kirish. Badiiy adabiyotning umumiy xususyatlari 1-mavzu: Adabiyotshunoslikning asosiy va qo‘shimcha tarkibiy qismlari (2 s)


San’at turlarining o`ziga xosligi



Download 150,42 Kb.
bet14/74
Sana09.02.2022
Hajmi150,42 Kb.
#438271
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
MA\'RUZA

2.San’at turlarining o`ziga xosligi.
San’at quyidagi turlardan iborat: badiiy adabiyot, teatr, xoreografiya, kino, rassomchilik, haykaltaroshlik, arxitektura. San’atning ob’yekti – hayot. Hayotni rang-barang, turfa xilda ifodalaydi.
Ifoda ko’rinishlari: obrazlilik, ommaviylik, ta’sirdorlik, ravshanlik, jonlilik va nihoyat jozibadorlik. Bular barcha san’at turlariga umumiy va mushtarakdir. Ayni chog’da san’at turlarining har biri o’ziga xos ifoda yo’li, obraz yaratish usuli, ishlov berish qurollari bilan mutlaqo farq qiladi. San’at shunday jonli, ta’sirchan va joziba xususiyatiga egaki, qattiq va sovuq toshdek nafosat asari yaratiladi. O’nqir-cho’nqir marmardek butun qiyofasi bilan harakat qilayotgan, borliq jussasi sarvqomat, yuzi tabassum qilib turgan malika ato qilinadi. YOki Toshkentdagi milliy bog’ maydonida salobat to’kib turgan Alisher Navoiyning haykali oddiy granit toshdan yasalgan. Ammo ajoyib obraz yaratilgan Haykalni ko’rgan har qanday kishiga “Alisher Navoiy” kinosida ulug’ shoir Husayn Boyqaroning taklifu tazarrularini rad qilib, davrning issiq-sovug’idan, ayniqsa, saroyning mashmasha va g’urbatlaridan etak siltab, “Xalqimga, ijodimga ketdim” deyayotgandek tuyuladi. YOki XX-XXI asr avlodlariga butun ijodi va buyuk insoniy xislatlari bilan jamiyat va xalqimiz orasiga, bizning oramizga kirib kelayotganday. Qilingan va qilinayotgan iqtisodiy-ijtimoiy ishlarimizga nazar tashlayotganday.
Xoreografiya hayotiy voqelikni inson tanasi va uning egiluvchan turfa ko’rinishlari, nozik haraktlar bilan aks ettiradi. Xalqning o’lmas raqsi “Tanovar” xalq artisti Mukarrama Turg’unboyeva ijrosida o’zining qiyomiga yetgan edi. Uning maktabidan chiqqan yoshlar hamon “Tanovar”ni rasomatiga yetkazib o’ynashga harakat qilishmoqda.
“Tanovar” o’yini – hayotiy voqeaning go’zal ifodasi. Ikki yosh va’dalashgan. Oshiq kechikmoqda. Ma’shuqa o’z va’dasining ustidan chiqib, aytilgan manzilga o’z vaqtida yetib kelgan. U xavotirda, nima uchun va’dai voiz qilgan yigit kelmayapti? Qiz yo’rg’alab borib, u yoq, bu yoqni kuzatadi. Qo’llarini peshonasiga ayvon qilib, axtaradi. YAna biroz sabru toqat bilan mayda qadam tashlaydi. Ittifoqo intizorlik bilan kutgan oshiq tashrif buyuradi. O’yin yana boshqacha tus, harakat oladi. Sababi, ko’zi to’rt bo’lib kutgan oshig’i kelgan, visol oniga yetildi. Bu voqealarning hammasi “tilsiz” inson timsoli, gavdasi, harakatlari bilan ifodalanadi. Ayonki, raqs ham keng olamning bir lahzasi va onini ifodalashga qodir. Rang, chizgi, soya, yorug’lik, kompozitsiya uning tasvir va voqe bo’lish vositalaridir. Rassomchilik ham insonning tashqi va ichki qiyofasi, aniqrog’i, ichki olamini, qalb prizmasini ifodalay oladi. Faqat u inson qiyofasining bir ko’rinishi va bir lahzasini aks ettirishi mumkin. Mahmud Muzahhib (XVI) tomonidan chizilgan Hazrat Navoiy portretida o’rta asrning ruhi namoyon. Libos milliy, hassaga tayangan, ko’ylak-yoqasi bug’ma emas, balki yelkadan ochilgan. Ayniqsa, ko’ylak o’rta asrga xos libos ko’rinish edi. Kaydalov chizgan portretga shoir Hamid Olimjonning qiyofasi andoza qilib olingan.
Rassom Abdulhaq Abdullayev yaratgan portretda ulug’ shoir ham vazir, ham ijodkor qiyofasida chizilgan. Har uchala portretda Alisher Navoiy ijodkorga xos xayolchan va ko’zlari bir nuqtaga tiyrak qaratilgan. Uning bu qarashida ichki dunyosi ham aks etgan, ya’ni xayolan nimalarnidir o’ylamoqda. SHoirga xos nazar ulug’ san’atkor qiyofasida o’z aksini topgan. Musiqa esa hayotni tamomila o’zga “til” bilan, ya’ni ohang, sado, tovush bilan ifodalaydi. Musiqa ahliga aniq bir narsani bermaydi, u his-tuyg’uga, ruhga kirib boradi. Ruhga ta’sir qilgan musiqiy ohang tinglovchining xayolini kengaytiradi, o’ylarini uzoq-uzoqlarga olib ketadi, o’ziga xos tuyg’ularni qalbiga tuyadi. “Dilxiroj” kuyi kishi ruhini zirr tebratadi, “Andijon polkasi” yoki “Lazgi” butun tanani dirr-dirr larzaga keltiradi, o’ynoqiligi, sho’xchanligi bilan farqlanadi, unga shiddatlik va harakatchan tarzda o’yinga tushish lozim bo’ladi.
Adabiyotga kelsak, so’z san’ati sifatida rassom singari kartina, musiqa kabi tovush, haykaltarosh qabilida surat va siyratni so’zda yaratadi. Ma’lum bo’ladiki, badiiy adabiyot barcha san’at turlarining xususiyatlarini o’zida ifodalay olish qudratiga molikdir.



Download 150,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish