I-Mavzu: Pedagogik trening haqida tushuncha. Pedagogik treningni maqsad va vazifalari. - Reja :
- Treningni rivojlanish tarixi.
- Pedagogik trening haqida tushuncha va uning fanlararo bog’liqligi.
- Pedagogik treninglarni tarbiya jarayonidagi ahamiyati.
XXI asr inson omiliga e’tiborning kuchayishi bilan ham tavsiflanadi. - Yuksak informatsion-texnologiyalar asri bo’lmish XXI asr inson omiliga e’tiborning kuchayishi bilan ham tavsiflanadi. Zero, o’z ruhiy kechinmalarini boshqarish, yaqinlari bilan samimiy sog’lom munosabatlarda bo’lish istagi oddiy fuqarolarda kun sayin ortib bormoqda. Bu borada ehtibor talab jihatlardan biri – bu muomala, o’zaro ta’sir va o’zligini o’zgalarga namoyon eta olish qobiliyatidir.
- Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o’ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz, o’z manfatlarimizni o’zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham pedagogik trening asoslari fani bilimlarimizni boyitishga xizmat qiladi.
Psixolog N.Yu.Xryao’eva 1982 yil - Psixolog N.Yu.Xryao’eva 1982 yil LDU ning ijtimoiy-psixologiya kafedrasida assistent bo’lib ishlash davrida, guruhlarda ijtimoiy-psixologik treninglarni o’tkazish bo’yicha Leyptsiklik mutaxassislar professor Manfred Forverga va uning turmush o’rtog’i Traudlg’ Alg’bergga shogird bo’lib o’tgan. Vaqt o’tgach ijtimoiy-psixologik treninglar o’tkazish bo’yicha Bird o’z tajribasini psixologlarga o’rgata boshladi. Bu psixologlar treningni o’z psixologik faoliyatlari davomida muhim deb hisoblashardi. U aytib berayotgan perspektiv-yo’naltiruvchi treninglar, senzitivlik treninglari L.A.Petrovskaya va Yu.N.Emelg’yanovlar uchrashuvlaridagi tajribalardan farq qilar edi.
1990 yilda ular S.I.Makmanov bilan birgalikda kreativlik treninglari dasturini ishlab chiqishni boshladi - 1990 yilda ular S.I.Makmanov bilan birgalikda kreativlik treninglari dasturini ishlab chiqishni boshladi. Bu vaktda S.I.Makmanov treningning asosi bo’lmish nazariy va metodik ishlanmasi bilan shug’ullanayotgan va bu metodlar barcha soha mutaxassislarida qo’llanilganda muvaffaqiyatga erishishini bilardi (1998 yil jahonga uning “Trening psixologiyasi” monografiyasi chiqdi). Biroz o’tgach ular o’ziga ishonch treningini o’tkazish dasturini ishlab chiqishdi. S.I.Makmanov treningda kam uchraydigan o’zaro ta’sirlar, komanda va boshqalarning shakllanishi muharriri bo’lib qoldi. Ye.Sidorenko juda noyob trening dasturi muharriri bo’lib, bu trening shaxsga ta’sir etish va begona fikrlarga nisbatan, ta’sirlarga nisbatan qarshilik ko’rsatish ta’sirini o’rgatar edi. Bu trening dasturlari yangi trening dasturlarini yaratishdagi bir yo’nalish bo’lib, ular Trening instituti trener va konsul’tantlari bilan birgalikda o’tkazilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |