Yana bir marta qaytaramiz!
1. Nazariy tadqiqot usullari bevosita kuzatib bo‘lmaydigan sifat, aloqa, xossa va
bog‘lanishlarni aniqlash va tushuntirish imkoniyatini beradi.
2. Ob’ektlarga xos shunday sababiy bog‘lanish va qonuniyatlar mavjudki, ularni
faqat nazariy tahlil, mavhumlashtirish va sintezni amalga oshirish yo‘li bilan o‘rganish mumkin.
3. Analiz ob’ektni qismlarga bo‘lish va ularni har birini alohida-alohida o‘rganish
usulidir.
4. Analizda ob’ekt unsurlari, ularning xossalari va miqdoriy o‘lchamlari aniqlandi,
unsurlarga xos farq qiluvchi umumiy belgilar ajratiladi. Tadqiqot materiallari sintez
(umumlashtirish) uchun tayyorlanadi.
5. Analiz qilingan faktlar va materiallarni taqqoslash, birlashtirish va
umumlashtirish jarayonida sintez amalga oshiriladi.
6. Sintez-tahlil qilingan faktlarni, hosil bo‘lgan tasavvurlar va tushunchalarni bir-
biriga bog‘lab bir-butun mazmunga ega bo‘lgan g‘oya tushuncha va nazariyani ishlab chiqish
usulidir.
7. Analogiya ob’ektlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlikni o‘rganib,bir
ob’ektga xos bulgan belgilar shu turdagi boshqa ob’ektda ham bo‘lishi mumkinligini
asoslaydigan usuldir.
8. Analogiya usulida tadqiq qilish predmetlardagi xossalar,strukturalar va
munosabatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
9. Aniqlik jihatidan qat’iy, qat’iy bo‘lmagan va yanglish(nochin) analogiyalar
farqlanadi.
10. Analogiya usulidan foydalanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1)
ko‘proq o‘xshash elementlarni aniqlab olish; 2) taqqoslanayotgan xossalarni muhimlarini ajratib
olish;3)asl ob’ektda qanday unsurlararo bog‘lanish bo‘lsa, o‘rganilayotgan ob’ektda ham
shunday bog‘lanishlarni borligiga e’tibor qaratish lozim.
11. Cheklangan faktlar asosida ob’ektning xossa va qonuniyatlari xususida ilmiy faraz
qilish,asoslanishi kerak bo‘lgan g‘oyani olg‘a surish gipotetik usuldan foydalanishni bildiradi.
12. Tushuntirish ko‘lami,qamrab olingan ob’ektlar miqyosiga qarab,gipoteza
umumiy,juz’iy va yakka bo‘lishi mumkin.
13. Formallashtirish usuli– bu ob’ekt xossalarini simvollar (belgilar) bilan ifdalab,
keyinchalik shu simvollar bilan ishlash yo‘li va qoidalari tizimidir.Formallashtirish usulidan
foydalanishning yorqin misoli iqtisodiy jarayonlarni matritsali modellashtirish apparati
yordamida tadqiq qilishdir.
14. Tadqiqot uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni hosil qilish, shakllantirish, ularni
mazmunini boyitishda mavhumlashtirish va umumlashtirish usullari katta rol o‘ynaydi.
15. Ob’ektning o‘rganilayotgan xossalarini fikrda ajratib olish, ularni tahlil qilish va
mavjud yoki yangi tushunchalarda ifodalash mavhumlashtirish usulidan foydalanishni bildiradi.
16. Umumlashtirish – bu tahlil qilingan xossalar uchun umumiy bo‘lgan belgi va
tomonlar xususida obraz va tasavvurlar hosil qilish, tafakkurda ularni birlashtirib, umumiy
mazmunga ega bo‘lgan tushuncha, g‘oya yoki qoidani ishlab chiqish usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |