I-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlari va uning mazmun-mohiyati



Download 67,11 Kb.
bet7/22
Sana26.05.2022
Hajmi67,11 Kb.
#610422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot asoslari

EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqishi, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperiment aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bo’linadi [3].
DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega bo’lishi lozim [3].
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular:

  • insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi;

  • kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi;

  • ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi;

  • ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi;

-tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratadi va h.k.
Demak, ilmiy ijodiyotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarga doimo e’tibor berib borish
kerak.

    1. Insoniyat hayotiy ehtiyoji uchun zarur narsa yoki predmetlarni (amaliy faoliyatda

foydalanishga qulayligini o’ylagan holda) takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo’shib borish.

    1. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga erishish.

    2. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib

«XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish.

    1. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy xodimlar hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish.

    2. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy ahamiyatiga e’tibor berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash.

    3. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning istiqbolli texnologiyalarini yaratish.

    4. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va axborot texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish.

    5. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompьyuterli savodxonligini oshirishni ta’minlashning optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda muntazam foydalanishga erishish.

Download 67,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish