“So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari” mavzusida 1 soatlik dars ishlanmasi
I. Mаvzu:
Darsning mavzusi: So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari.
Darsning maqsadi:
Talimiy: O’quvchilarga tilshunoslikning leksikologiya bo’limi haqida dastlabki tushunchalarni berish, so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni adabiy tilda to’g’ri va ravon so’zlashishga, so’zlarni o’z o’rnida qo’llashga o’rgatish.
Rivojlantirish: O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish,o’z fikrini izchil bayon qilishga yo’naltirish
Darsning shiori: “Beshikdan to qabrgacha ilm izla”
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
Darsga tayyorgarlikni tekshirish.
O’tgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu yuzasidan savollar berish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga vazifa sifatida berilgan mashqni tekshirib baholash.
(Aqliy hujum.) O’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
O’zbek tilining lug’at boyligi deganda nima tushunasiz?
Leksikologiya qanday bo’lim va nimalarni o’rganiladi?
Leksikologiya so’zining ma’nosi?
O’tgan mavzuni yakunlash: Quyidagi O’qituvchi o’quvchilarni tezkor savol-javoblar bila baholash orqali o’tgan mavzuni mustahkamlashni yakuniga yetkazadi.
Yangi mavzuning bayoni: O’qituvchi o’quvchilarga yangi mavzuni nazariy qismini bayon qilib beradi. O’qituvchi darslikda berilgan materiallar va qo’shimcha ma’lumotlar bilan yangi mavzuni tushuntirib beradi. Shuningdek, o’quvchilarni sinonim, antonim, paronim va omonim so’zlar bilan tanishtiradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O’qituvchi bunda o’yin mashg’ulot o’tkazadi. O’quvchilar 4 ta kichik guruhga bo’linadi. 1-guruh sinonim so’zlarga, 2-guruh omonim so’zlarga, 3-guruh antonim va 4-guruh esa paronim so’zlarga misollar yozadi va yozilgan misollari asosida gaplar tuzishadi.
1-guruh
(sinonim)
|
2-guruh
(omonim)
|
3-guruh (antonim)
|
4-guruh
(paronim)
|
Chiroyli
go’zal
ko’rkam
|
Suzma
olma
tut
uch
|
Baland-past
Uzoq-qisqa
Issiq-sovuq
Och-to’q
|
Ganch- ganj
Lahm- lahim
Qisim- qism
Xirs- hirs
|
Shahrimizda juda ko’rkam binolar qad ko’tarmoqda.
|
Xalqimiz: “Oltin olma – duo ol”, - deb bejizga aytishmagan.
|
Hakima aya o’nqir-cho’nqir, baland-past yo’llardan yuragini hovuchlab, shoshganicha yurib borardi.
|
Ahmadjon qo’lidagi bir qisim mayizni cho’ntagiga soldi-da, yugurib ko’chaga otildi.
|
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
7.Uyga vazifa beriladi: Yangi mavzuni takrorlash va darslikda berilgan 263-mashqni shartiga ko’ra bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |