I - MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES
Tayanch so’z va iboralar: bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti belgilari,
bozor munosabatlarini rivojlantiruvchi kuchlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish
tamoyillari, tadbirkorlik va biznes, kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos
xususiyatlari, biznes reja ahamiyati va uning funktsiyalari.
1.1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning belgilari
Hozirgi kunda har bir jamiyat a’zosining, ayniqsa tadbirkorlar oldida bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlarini, uning O’zbekiston Respublikasida qanday amalga
oshirilayotganini, bu qonuniyatlarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni, pirovard
natijada talab darajasida tovar ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni yo’lga
qo’yishning sirlarini bilib olish kabi dolzarb vazifalar ko’ndalang bo’lib turibdi.
Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos
iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot turidir.
Boshqacha qilib aytganda, yer yuzasidagi barcha rivojlangan mamlakatlarda
mavjud bo’lgan erkin tadbirkorlik xukmron joylarda iqtisodiyotning asosiy turi
hisoblangan, mustaqil iqtisodiy faoliyat asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish
uchun zarur tovar ishlab chiqarish hamda tovarlarning oldi-sotdisi sotuvchi bilan
xaridorlarning erkin, ixtiyoriy munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining tub belgilari quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiy plyuralizm, ya’ni mulkchilik shakllarining va xo’jalik yuritishning
turli-tuman bo’lishidir. Bunda turli shakaldagi mulklar erkin, yonma-yon va
teng huquqli tarzda rivojlanadi. Xo’jalik yuritishning yakka tartibda, jamoa-
uyushmaga birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoki aktsionerlik asosida
o’z mablag’iga yoki qarzga olingan mablag’larga tayanib ish yuritish kabi
shakllaridan keng foydalaniladi.
2. Bozor iqtisodiyoti –erkin iqtisodiyotdir. Bunda mulk egalarining to’la
mustaqilligi tushuniladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zaro munosabatlar manfaatlarni ko’zlagan
holda o’rnatiladi.
4. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi-narxlarning liberallashuvi, ya’ni
narx-navoning erkin tashkil topishidir. Aksariyat tovar va xizmatlar narxlari
bozordagi talab va taklif nisbati asosida xaridor va sotuvchining kelishuviga
binoan yuzaga keladi.
5. Muhim belgilardan yana biri bu – raqobatdir. Zamonaviy bozor
iqtisodiyotida, birinchidan manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa,
ikkinchidan suhbatlar o’z faoliyatini, binobarin manfaatlarni ham
muvofiqlashtirishga intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari jumlasiga har xil shakldagi mulk resurslar
egalarini, firma, korxona, tadbirkorlarni, davlat mahkama va idoralari kiradi.
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ishonchli raqobat mavjud
bo’sagina bunday oldi-sotdilar uzoq davom etadi va har ikkitomon ham manfaat
topadi. Shuning uchun raqobat to’g’ri va halol bo’lishi lozim.
6. Bozor iqtisodiyotida raqobatdan tashqari bozor regulyatorlari (tartibga
soluvchi vositalar) mavjudligi uning muhim belgilaridan biridir. Ular
bozordagi o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib, ularning bozorga
moslashuvini ta’minlaydilar. Masalan, marketing orqali ishlab chiqarish
iste’molga bog’lanadi.
7. Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor.
Iqtisodiyotdagi resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan
tovar va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega
bo’lish, yuqori turmush darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Ammo adolat
hammani tenglashtiradi degan emas, balki jamiyatning tabaqalashuviga olib
keladi. Iqtisodiy sub’ektlar o’z mehnatlariga tadbirkorligiga va mulkiga
qarab ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir-
biridan farqlanadi.
8. Bozoriqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishiga
darhol javob bera oladi. Bozorda nima yetishmasa, shuni ishlab chiqarishga
va iste’molchi talabini qondirishga undaydi.
9. Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgilaridan biri novatsiyaga
(yangiliklarga) moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini tezda qabul qiladi,
yangi texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlar sifatini oshirishga, tannarxni
pasaytirishga xizmat qiladi.
Lekin bozor iqtisodiyotining o’ziga yarasha salbiy jihatlari ham mavjuddir.
U millionlab ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyati bo’lgani uchun
tarqoqlik xarakteriga ega bo’lib, davlat va jamoatchilik ishtiroki cheklanganligi
sababli tabiat muhofazasini, ekologik muvozanatni izdan chiqarishi mumkin.
Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin katta mablag’ talab etadigan, qaytishi
sekin boradigan inshootlar qurilishini, fundamental fan, kelajak uchun muhim
izlanishlar uchun ketadigan harajatlarni bozor iqtisodiyoti alohida sub’ektlari
yoqtirmaydi. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti siklli ravishda rivojlangani sababli
yuksalishlar bilan birga inqirozlar ham paydo bo’lishi mumkin.
Shunday qilib bozor munosabatlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini
ta’minlovchi uchta kuchni yuzaga keltiradi.
1. Iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar
beradi.
2. Raqobatlar kurashi – bu, kim o’zdi qoidalarini yuzaga keltiradi va
novatsiyaga undaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga
olib keladi.
3. Daromadlarning cheklanmaganligi – bu qo’shimcha daromad topishga
intilishni paydo qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik,
iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishda talab va taklif qonunlariga amal qilish
bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’z yo’li mavjud bo’lib, bunga uning milliy
kelib chiqishi, joylashgan hudud va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston-bozor iqtisodiyotiga
o’tishning o’ziga xos yo’li” kitobida Markaziy Osiyoda yirik mamlakat
hisoblanishi davlatimizning yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish kontseptsiyasi
bayon etilgan. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov jahon tarixida milliy
andoza g’oyasini olg’a suradi.
Bu g’oya uch tarkibiy qismdan iborat:
1. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi
mohiyatining tavsifi;
2. Qat’iy markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlik tizimidan xo’jalik
yuritishning bozor munosabatlariga o’tishning eng muhim printsiplari;
3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning aniq yo’nalishlari.
Bundan tashqari I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta tamoyil
mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:
1. Iqtisodiyotning
siyosatdan
ustuvorligi,
ham
ichki
ham
tashqi
munosabatlarning mafkuradan xoli bo’lishi;
2. Davlat bosh islohotchi va respublikada amalga oshirilayotgan demokratik
o’zgarishlarning bosh tashabbuskori ekanligi;
3. Qonunchilikning, huquqning ustuvorligini ta’minlash;
4. Fuqarolarni ijtimoiy himoyalash siyosatini olib borish;
5. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tib borish.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri, shubhasiz, uning
ijtimoiy ishlab chiqarishni demokratlashuvini, aholi bandligini ta’minlashi, biznes
va tadbirkorlikka keng yo’l ochish bo’lib hisoblanadi.
Biznes atamasi ingliz tilidagi “bisiness” so’zidan olingan bo’lib, “ish”
ma’nosini anglatadi. Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilarni “biznesmen”, ya’ni –
“ishbilarmonlar” deb yuritiladi.
Agar biznesning asosiy sharti biron bir foydali ish qilish bo’lsa, biznesning
o’zi bozor iqtisodiyotining asoslaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |