.1 ilova
2.1 ilova
2.2 ilova
3 ilova
“Blits-so’rov”
T/r
|
Savollar
|
Javoblar
|
1
|
Mathcad haqida tushuncha bering.
|
|
2
|
Avto Cad haqida tushuncha bering.
|
|
3
|
Mathcadda animatsiyalar qanday bajariladi?
|
|
4
|
Mathcadda qo`shimcha ma`lumotlar olish tartibi qanday?
|
|
5
|
Avto Cadda qo`shimcha ma`lumotlar olish tartibi qanday?
|
|
6
|
Mathcad haqida tushuncha bering.
|
|
7
|
Avto Cad haqida tushuncha bering.
|
|
8
|
Mathcadda animatsiyalar qanday bajariladi?
|
|
5 ilova
“FSMU” texnologiyasi yordamida “Sizning kasbiy faoliyatingizda MathCad dasturini qanday o’rni bor, bu dastur qanday maqsadlarda ishlatiladi”
Savol
|
“Sizning kasbiy faoliyatingizda Math Cad dasturini qanday o’rni bor, bu dastur qanday maqsadlarda ishlatiladi”
|
F- fikringizni bayon qiling;
|
|
S- fikringizni bayoniga sabab ko’rsating;
|
|
M- korsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring;
|
|
U- fikringizni umumlashtiring;
|
|
Mavzu: Mathcad dasturlari va ular bilan ishlash asoslari.
Rega:
Mathcad haqida tushuncha.
Mathcadda animatsiyalar.
Mathcadda qo`shimcha ma`lumotlar olish.
Tayanch iboralar: Avto Cad, Mathcad, grafika o`lchovlari.
Bu mavzuda mathcad dasturi, uning dizayni va interfeysi haqida umumiy ma`lumotlar beriladi. Dasturning imkoniyatlari, afzallik tomonlari hamda ,isollar keltiriladi.
Mathcad o`zi nima? Mathcad – universitet professor-o`qituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar, texnik injenerlar, fiziklar, qolaversa barcha kasb egalari uchun hisoblash ishlarini bajaruvchi dastur ta`minoti hisoblanadi. Bu dastur ta`minoti bilan turli kasb egalari o`z sohasi bo`yicha masalalarni hal etishi va kerakli grafiklarni, diagrammalarni olishlari mumkin. Mathcad dasturini, boshqacha qilib aytganda, dasturlash tili deb aytish mumkin
Mathcadda matematik tenglamalar qog`ozga qanday yozilsa, ekranga ham shunday yoziladi. Bir vaqtning o`zida natijalarni ham olish mumkin. Foydalanuvchi bemalol tenglamalariga ham izoh yozishi, 2 va 3 o`lchovli grafiklarni ham chizishi mumkin. Mathcadning afzal tomonlaridan biri murakkab hisoblashlarni bajara olishi imkoniga egaligidir. Foydalanuvchi masalasini, maqolasini, qolaversa barcha ilmiy ishlarini tayyorlashda ularni formatlash va chiroyli ko`rinishga keltirishida Mathcad ko`p imkoniyatlar yaratib beradi.
Mathcad yuzdan ortiq o`zgaruvchili va konstantali chziqli va chiziqsiz tenglamalar sistemasi, matritsa va vektorlar ustida amallar, algebraik hisoblashlar, Laplas, Fur`e integrallari, massivlar, oddiy differentsial tenglamalar, chegaraviy shartlar, xususiy hosilali differentsial tenglamalar, polimonlarni tushuna oladi, ular ustida hisoblash ishlarni bajaradi.
Mathcad ilmiy ishlarning natijalarini grafiklar bilan visual qarashga imkon beradi. Foydalanuvchi funksiyalarini osongina 2 va 3 o`lchovli grafiklarda turli ranglar, tumanli ko`rinishida, tekislikda tasvirlash imkoniga ega bo`ladi. Mathcad Help oynasidan foydalanishda ancha qulayliklar yaratilgan, bu ma`lumotlardan kerakli ma`lumotlarni osongina qidirib topish mumkin.
Ikki o`lchovli grafikni chizish. Misol uchun sin x ning grafigini chizish mumkin. Funksiyaning, ifodaning, x va y ga bog`liq berilganlarning grafigini chizish uchun Mathcad oynasidagi biror joyga “sichqoncha” ko`rsatkichini olib borib, chap tugmasi bosiladi, natijada bu joyda kursor “+”ko`rinishga o`tadi. Insert menyusini tanlab, Graph vertikal menyudan X-Y grafik bo`limini tanlanadi. Ekranda quyidagi ramka hosil bo`ladi.
Bu ramka ichida kursor turgan joyga funksiyaning o`ng qismiga sin x yoziladi. Enter klavishi bosilgandan so`ng dastur avtomatik ravishda quyidagi funksiyaning grafigi chiziladi.
Grafikning o`lchamini o`zgartirish uchun “sichqoncha”ning ko`rsatkichini grafik ustiga olib borib, chap tugmasi bosiladi. Grafikning hamma tomonlarida ramka va uning chetlarida qora kichkinagina kvadratlar paydo bo`ladi. Shu kvadratlar ustiga sichqonchaning ko`rsatkichini olib boorish kerak, birdaniga ko`satkichning ko`rinishi o`zgaradi. So`ngra esa “sichqoncha”ning chap tugmasi bosiladi va tugmani qo`yib yubormay, grafikning o`lchamini o`zgartirish mumkin. Yozgan va chizilgan grafiklarni ixtiyoriy joyga olib boorish uchun “sichqoncha” ko`rsatkichini ular ustida bosilsa, ko`rsatkich odam qo`li shakliga o`zgaradi. Yana chap tugmani bosib kerakli joyga olib borib qo`yiladi.
Yana bir misol sifatida bir hujjatda bir necha funksiyalarning grafiklarini chizishni ko`ramiz. Ekranga funksiyalarni oldindan yozib olish kerak. So`ngra esa Insert menyusidan Graph bo`limi tanlanadi, grafiklardan x va y koordinatalar (2 o`lchovli) bo`yicha grafik ishga tushiriladi va ekranda koordinatali grafik hosil bo`ladi. Ramkaning ichidagi kursor turgan joylarga x,y funksiyalar yoziladi va enter klavishi bosiladi. Birinchi grafik hosil bo`ladi. Yana Insert menyusidan Graph bo`limiga o`tib grafiklardan qutb bo`yicha grafik ekranga chiqariladi va funksiya oldingidek yozilsa, quyidagi grafik hosil qilinadi.
Uch o`lchovli grafikni chizish. 2 o`zgaruvchili va 3 o`zgaruvchili funksiyalarning grafiklarini turli xil ko`rinishda chizish mumkin.
Misol sifatida 2 o`zgaruvchili funksiyaning grafigini chizishni ko`raylik. M ni 20 gacha tenglab, x va y lar uchun i va j larni 0 dan M gacha deb olinadi. So`ngra x va y larni, sin(x,y) ni qiymatlarini M matritsaga ekranga yoziladi. So`ngra esa Insert menyusidan Graph bo`limi tanlanadi va grafiklardan 3 o`lchovli grafik ishga tushiriladi. Ekranda 3 o`lchovli koordinatali ramka hosil bo`ladi. Kursor turgan joyga M ni yozish orqali quyidagi rasmda ko`rsatilgan grafikni hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |