1.1-jadval
O‘rnatilgan tizim sinfi
Bozor
|
O`rnatilgan tizim
|
Avtomatika
|
O`t oldirish sistemasi
|
Motor nazorati
|
Tormoz tizimi
|
Istemoldagi elektronika
|
Raqamli va analog televideniya
|
DVD,VSR
|
PDA
|
Oshxona jihozlari
|
Avtomobillar
|
O`yinchoqlar/o`yinlar
|
Telefon
|
Kamera
|
GPS
|
Sanoat nazorati
|
Robotlar va nazorat sistemalari
|
Tibbiyot
|
Infeksiya nasoslari
|
Tashhisli qurilmalar
|
Kardiogramma monitorlari
|
Ijtimoiy tarmoqlar
|
Routerlar
|
Hublar
|
Kirish tizimi
|
Ofis avtomatikasi
|
Faks
|
Fotonusxalash
|
Printerlar
|
Monitorlar
|
Skanerlar
|
1.2. O‘rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish
Har xil turdagi murakkab texnik tizimlarni ishlab chiqishning eng zarur shartlaridan biri hisoblash mashinalarini qo‘llash orqali ularning loyihalash usullarini keng tadbiq qilish va rivojlantirishdir.
Avtomatik dasturlash deganda, fizik jarayonlarga bog‘liq bo‘lmagan ob’ekt modellarini qo‘llab murakkab tizimlarni ishlab chiqishda hisoblash mashinalarini qo‘llash tushuniladi.
- mashinalarni dastur yordamida boshqarish ( tank, samalyot, robotlar boshqaruvi ham mana shu asosda ishlaydi);
- elektron qulf (mahsus kodlar yordamida qurilmalarni ishga tushurish, zamonaviy binolarni bularsiz tasavvur etib bo'lmaydi );
- pult yordamida masofadan boshqarish (masofadan moshqarish tehnikaning eng katta yutug'i hisoblanadi);
- motor va relelarni avtomatik boshqaruvi(ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish insoniyat ishini benihoya osonlashtiradi);
-va boshqa hali "O'z vaqtini kutayotgan ixtirolar".
Har qanday loyihalash jarayoni o‘z strategiyasi va texnologiyasiga ega.
Loyihalash strategiyasi – bu qo‘yilgan masalani echish uchun loyihachi tomonidan ketma-ketlikdagi operatsiyalarni aniqlash va izlab topishdir. Strategiya loyihalashda ishlatiladigan algoritmlar va usullarni qarab chiqadi.
Muhandislik sistemalari nuqtayi nazaridan o‘rnatilgan tizimlar arxitekturasi loyihasini tuzishda bir necha modeli mavjud bo‘lib, bu modellarga o‘rnatilgan tizim loyihasi siklini ifodalashda murojat etiladi. Bu modellarning ko‘pchilik qismi quyida keltirilgan rivojlantirish modellari kombinatsiyasiga asoslangan:
• Big-bang modeli, bu modelning muhimlik jihati shundaki, bunda rejalashtirish va jarayonni oldindan va sistema rivojlanish davrida amalga oshirish shart emas.
• Sode-and-fix modeli, bu modelda mahsulot resurslari ko‘rsatib o‘tiladi, ammo rivojlanish boshlanguncha rasmiy jarayonlarda ko‘rsatilishi shart emas.
• Waterfall modeli, bunda rivojlanishning bosqichma-bosqich amalga oshish jarayoni ko‘rsatilib, natijalar keyingi bosqichlarga zamin yaratadi.
• Spiral modeli, bu modelda rivojlanish jarayoni turli bosqichda amalgam oshiriladi va erishilgan fikr-mulohazalar jarayon mobaynida birlashtiriladi.
Quyidagi 1.1 - rasmdagi model O‘rnatilgan tizimlar loyihasi va Lifestayle Model Rivojlantirish modeli berilgan. Bu model Waterfall va Spiral modellari kombinatsiyasiga asoslangan. Qachonki muvaffaqiyatli loyihalar investitsiyalashtirilganda va tahlil qilinganda, yillar davomida ishga oid detal, ma’lumotlar yig‘iladi va yaroqsiz yoki texnik yoki resurs jihatdan muammoli loyihalar ajratiladi. Xulosa qilish mumkinki, muvaffaqiyatli loyihalarda kamida bitta yaroqsiz proektlarda uchramaydigan umumiy faktor mavjud bo‘ladi.
Bu faktorda kechgan jarayon 1.1 - rasmda ko‘rsatilgan va bu modelning tanishtirilishining sababi bu o‘rnatigan tizim loyihasini tushunishning muhim jihatlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |