I mamadaliyevaning



Download 8,32 Mb.
Sana01.06.2022
Hajmi8,32 Mb.
#626514
Bog'liq
57- I.MAMADALIYEVA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
DANG’ARA TUMANI 57-DAVLAT MAKTABGACHA
TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORI
I.MAMADALIYEVANING

BOSHLANG’ICH TAʼLIMGA TAYYORLOV GURUHLARNI TASHKIL ETISHDA JAMOA TASHKILOTLARI BILAN HAMKORLIK
MALAKAVIY LOYIHA ISHI
2022- YIL

Reja:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga asosan 2018/2019 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida, Farg‘ona viloyatining Furqat tumani va Quvasoy shahrida hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi tajriba-sinov tariqasida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Tajriba-sinov doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida tashkil etilgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarining (keyingi o‘rinlarda — tayyorlov guruhlari) 494 ta guruhida 11 103 nafar bola tayyorlovdan o‘tdi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash bo‘yicha dastlabki loyihaning ijobiy tajribasini boshqa hududlarda ham tatbiq etish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli o‘quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimini to‘liq joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni amalga oshirish borasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantirish;
tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni oshiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar hamda o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
tayyorlov guruhlarini tashkil etishda maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini keng joriy etish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktabgacha ta’lim sohasida ham ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa davlat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
3. Belgilansinki:

tayyorlov guruhlarida o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 09/22/66/0114-son)
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) rejimida tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida tayyorlov guruhlari uchun xonalarni tayyorlash, zarur bo‘lganda, yangi binolar, xonalar qurish yoki mavjudlarini kapital ta’mirlash, suv va elektr energiyasi hajmini o‘lchaydigan hamda hisobga oladigan alohida moslamalar o‘rnatish choralarini ko‘rsin.
5. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va ta’lim-didaktik materiallar bilan jihozlash normativlari 3-ilovaga muvofiq;
Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
a) tayyorlov guruhlari xonalarini ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq mebel, anjomlar, o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlasin;
b) bir oy muddatda:
tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda tayyorlov guruhlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan, shuningdek, boshqa tashkilotlarda tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari faoliyatining monitoringini olib borsin.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT
Download 8,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish