Ы маамммтттттngy s,,,,,,,,,,,C, xf


Ma’lumotlarni manipulatsiya qilish tili



Download 11,59 Mb.
bet199/339
Sana30.12.2021
Hajmi11,59 Mb.
#192718
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   339
Bog'liq
Informatika.Oqitish-materiallari-toplami — копия

Ma’lumotlarni manipulatsiya qilish tili


Munosabatlar algebrasi yoki hisoblab chiqiladigan munosabatlar yordamida oddiy va ixcham manipulatsiya tilini ko’rish mumkin. Notekis tuzilmali ma’lumotlar uchun manipulatsiya tili foydalanuvchiga asossiz (dalilsiz) murakkab hosil bo’ladi yoki imkon boricha chegaralangan bo’ladi.

Yaqqollik. Ma’lumotlar asoslari rivojlanishining tub maqsadi - unga hamma tavsiflovchi atributlarni kiritish. Misol uchun kompaniyaning faoliyati. Ma’lumotlar asoslarining o’sishi bog’lanishlar sonining shunday ko’payishiga olib keladiki, ularni ko’zlangan maqsad bog’lanishlarini tuzimda yetarlicha aniq aks ettirmoq mumkin emas. Lekin, normallashtirilgan tuzilmali ma’lumotlardan foydalanish, asoslarining o’sishi uchun hamma talablarga javob beradi.

Keyingi vaqtlarda har xil informatsion izlanishlarda, ma’lumot beradigan va boshqa tizimlarda relatsion munosabatlar asoslari keng tatbiq etilmoqda. Relatsion yondashish ma’lumotlarni ikki o’lchovli jadvallarda tasavvur etishiga asoslangan, ular quyidagi qoidalar bo’yicha qurilgan; bitta ustundagi ma’lumotlar birjinsli, ya’ni ustunlar bir xil nomlangan; jadvalning har bir qatori noyob, jadval elementi balki bog’lanishi operatori yordamida faylning boshqa atributlariga qo’shib qo’yiladi.

Jadvalning ustun va qatorlariga murojaat ixtiyoriy holda amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni manipulatsiya qilish tili relatsion modelning hamrohi (yo’ldoshi) bo’ladi. Qoidaga ko’ra, bu tillar «munosabatlarni hisoblash» bazasida yoki «munosabatlar algebrasi» yordamida qurilgan.

MBBT lar tarkibiga boshqa tillar ham kirishi mumkin, ya’ni SQL (StructuredQueriLanguage- tarkiblashgan talab qilish tili) QBE (Query by Example -namuna bo’yicha talab qilmoq). Relatsion model qator ajralib turadigan xossalarga ega : ma’lumotlarni bir xillik saqlashni ta’minlaydi, jadvallar orasidagi bog’lanishlarni maydon kalitlari bo’yicha amalga oshiradi, ma’lumotlarni manipulatsiya qilishdagi relatsion to’la tilni kiritadi, ma’lumotlar asoslarini yengil hosil qilish va boshqarishni ta’minlaydi va munosabatlar darajasida ma’lumotlarni himoya qiladi.

MBBT foydalanuvchining ma’lumotlar bilan o’zaro aloqasini tashkil qiladi, bazalarga ma’lumotni kiritishni amalga oshiradi, ularni saqlanishini tartibga soladi va asoslardan ma’lumot olishga yordam beradi. Proyektlash tilining va ma’lumotlarni manipulatsiyalash soddaligi, foydalanuvchining shu turdagi tizim bilan aloqa qilish qulayliklari bilan hozirgi MBBT ni yana ham ommabop, tushunarli qiladi; dasturiy tizimlarni tanlashda «do’stona» interfeyslarni barpo qiladi. Dunyoda har xil MBBT lar mavjud. Ma’lumotlar asoslarini boshqaruvchi tizimlar ayrim mahsulot sifatida, integrallashgan paketlar tarkibiga yoki proyektlash tizimlariga kirishi mumkin. Ko’pchilik ma’lum bir joyga xos hisoblash tarmoqlarida ishlashi mumkin va «mijoz-server» turdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni ta’minlaydi. Tabiiyki qaysi MBBTni tanlash savoli tug’iladi. Ko’p narsa rahbariyat fikricha, mutaxassislar maslahatiga va berilgan firma, kompaniya, foydalanuvchilarning malakasiga, kompyuterlarning texnikaviy tavsiflariga va boshqalarga bog’liq.

Foydalanuvchilarning hamma talablarini qondiradigan MBBT ni tanlash nihoyatda qiyin. Ko’p hollarda bu narsa MBBT da har xil odamlar ishlashi bilan tushuntiriladi. Foydalanuvchilarning piramidasi bazasida amaliy dasturlar buyurtuvchilarning ko’p sonli sinfi turadi, piramida markazida esa - MBBT da interaktiv holatda ishlaydiganlar, cho’qqisida esa amaliy dasturlarni yaratuvchilar.

Hozirgi zamon MBBT o’z tarkibida, bir tomondan qudratli muloqot asboblari bularga ekran formasidagi hisob generatori va shunga o’xshash, ichki tomondan dasturlarni proyektlashning yaxshi vositalariga ega.

Bizga ma’lumki, xilma-xil so’roq va baholashlarga mumkin qadar ehtiyotlik bilan qarash kerak, negaki yechilishi mumkin bo’lgan masalani sizdan yaxshiroq taqdim etolmaydi, siz uchun dasturlar ishlab chiqadigan dasturlashtiruvchilarning tajriba va malakasini ham hisobga olish kerak.

MBBT ishlash tezligining mavjud testlari juda ham umumlashgan baho beradi, lekin bu yoki boshqa masalani yechishga MBBT ning kerakligi to’g’risida uzil kesil yo’l qo’ymaydi.

Chet el so’roqlarda hujjatlar sifati ingliz tilini biladigan foydalanuvchilar tomonidan baholanadi. Ko’pchilik dasturlashtiruvchilar bu tilni yetarli darajada bilmaydilar, tarjima qilingan hujjatlar esa qoidaga ko’ra oxirgi yillarda bu yo’nalishda katta o’sish bo’lsa ham, ingliz tilidagi variantdan farq qiladi.

MBBT ni tanlashda shunday parametrlarni hisobga olish kerakki, bular dastur tuzilishining soddaligi va ma’lumotlar asoslarini kiritish foydalanuvchi bilan interfeysning «ahilligi» va nihoyat tez harakatchanligidir.Ma’lumotlarni tashkil etishning uch turi

Ma’lumotlarni tashkil etishning uch turi mavjud: tashqi, global mantiqiy va fizikaviy tashkil etish. Ular qoidaga ko’ra, bir-biridan keskin farq qiladilar. Tashqi tashkil etish ma’lumotlarning shunday tasavvuri bilan bog’langanki, amaliy dasturlashtiruvchilar yoki oxirgi foydalanuvchilar qanday tushunadilar.

Misol uchun, dasturlashtiruvchi o’ziga shunday tasavvur qilishi mumkinki, fayllar - bu bosh yozuv bo’lib, hamma bo’ysungan tafsilot yozuvlari bilan birgalikda u amaliy dasturdagi fayllar to’g’risidagi tasavvurni bayon etadi.

Global mantiqiy ma’lumotlarni tashkil etish - bu umumiy tashkil etish yoki ma’lumotlar bazasining konseptual modeli, bular bazasida har xil tashqi tashkil etuvchilar mumkin qadar olinadi. Bunday ma’lumotlarni mantiqiy tasavvur etish ma’lumotlarni fizikaviy tashkil etishga nisbatan to’laligicha bog’liq emas. U ma’lumotlarni tasvirlash tilida to’lib ketish oblastlarining borligi va yangi yozuvlar qo’shish va eskilarini olib tashlash elementlarining borligi bilan dasturning bir qismi bo’ladi.  

Fizikaviy tashkil etish - bu ma’lumotlarni fizikaviy tasavvur qilish va eslab qolish tuzilmalarida joylashtirish. U ishlatiladigan fizikaviy qidiruv indikatorlarga, ko’rsatkichlarga, zanjirlarga va boshqalarga bog’liq va administrator tomonidan aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasi tuzilishini loyihalashda va xizmat ko’rsatishda yangi tushuncha-ma’lumotlar bazasi administratori kiritiladi.Ma’lumotlar bazasi administratori

Ma’lumotlar bazasi administratori - bu muassasa ma’lumotlarini yoki uning tizimi bilan bog’liq bo’lgan biror qismini himoya qiladigan javobgar shaxs. U barcha ma’lumotlar tuzilishi nazoratini amalga oshiradi. Shuni esda tutmoq lozimki ma’lumotlarni himoya qilish va ularga egalik qilish bir narsa emas. Bank boshqaruvchisi bankka qo’yilgan narsalarga himoyachi bo’ladi, lekin qimmat baho narsalarga ega bo’lmaydi. Boshqarma yoki ayrim shaxs ma’lumotlar egasi bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasi administratori ma’lumotlar saqlanishiga javob beradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ma’lumotlardan ularni foydalanishga ruxsat olgan shaxslargina foydalanishi mumkin.

Shuni ta’kidlab o’tmoq lozimki administrator ma’lumotlar bazasini boshqaruv funksiyalarini bajarib turib uning ichida nima yozilganligini bilmaydi. Unga ma’lumki, misol uchun to’lov yozuvi tarkibida ish haqi ma’lumotlari elementi bo’lsin, lekin u bu elementda yozilgan ma’lumot kattaligini bilmaydi. Bu elementni o’qimaslik uchun, u maxsus usullar bilan himoya qilishi mumkin. Agar ish haqi ma’lumotlar elementining o’lchami (kattaligi) ni 6 raqamdan 7 raqamgacha ko’paytirish kerak bo’lsa, bunday o’zgarishni faqat ma’lumotlar bazasi administratori qilishi mumkin.

Agar amaliy dasturlashtiruvchi yozuvning yangi turini yaratmoqchi bo’lsa, yo bo’lmasa eski yozuvga yangi ma’lumotlar elementlarini qo’shish yo’li bilan, yoki element kattaligini ko’paytirish yo’li bilan modifikatsiya (zamonalashtirish) qilsa u albatta ma’lumotlar bazasi administratoriga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishi shart. Administrator ma’lumotlar tuzilishini modifikatsiya qilishda butun tizim uchun eng yaxshi hisoblangan tegishli harakatlarni qiladi. Amaliy dasturlashtiruvchiga yoki bitta qo’llanma bilan ishlaydigan tizimli analitik ma’lumotlar umumiy tuzilishini o’zgartirishga ruxsat etmaydi.

Faqat tizim uchun javobgar administrator yoki doimiy ishlovchilar ma’lumotlar va tuzilishi bilan ish ko’rishi mumkin. Tez-tez ma’lumotlar bazasi administratoriga ma’lumotlarni tashkil qilishda global tushunchaga ega bo’lgan shaxs sifatida murojaat qilishadi. O’z-o’zidan ma’lumki, ma’lumotlar bazasi administratori - bu bitta odam emas, balki bo’lim yoki odamlar guruhi bo’lib, ma’lumotlar bazasining tabiatini chuqur tushunish, ularni tashkil qilish, iqtisodiy ishlov berish mezonlari va ko’p sonli foydalanuvchilarning juda ham keng talablari doirasini tushunishi zarur.



Download 11,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish