I-laboratoriya mashg‘ulot



Download 1,37 Mb.
bet1/21
Sana29.12.2021
Hajmi1,37 Mb.
#83725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Lab javoblar

I-Laboratoriya mashg‘ulot


Mavzu:Zamonaviytashkiliytexnikavositalaribilanishlash Kirish

Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to’siqlarga duch keladi va shu to’siqlarga yengib o’tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma’lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so’zsiz kompyuterning XX asr ning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko’ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo’lgan informatika sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmokda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuq va o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o’zgartirdi.Tasavvur qilib ko’ring, yaqin-yaqinlargacha biror masalani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu natijani tahlil qilishni talab qilar edi.Bu ishni faqat mutaxassislargina amalga oshirar edilar.Ammo bu sohada mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko’payishi jamiyat oldida ma’lum qiyinchiliklarni tug’dirdi.Bu kabi masalalarni Windows operasion tizimi hal qiladi.Agar sizga matn muharriri kerak bo’lsa, Windows sizni u bilan ta’minlaydi, siz hisob-kitob qilmokchimisiz, marhamat, Windows sizga elektron jadvalni taklif etadi.Ayniqsa, bu tizimda, Internet, elektron pochta (e-mail) kabi imkoniyatlarining mavjudligi, WIndows ning roli beqiyosligidan dalolat beradi. Bu sistemaning tarkibida xizmat qilishning yuzlab turlari mavjudki, ularni o’rganish va foydalanish jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, talabalar uchun juda muhimdir. Kompyuter faqatgina DOS buyruqlarni tushunadi.DOS bilan kompyuter orasidagi interfeys matnli bo’lib, barcha buyruqlar qo’lda klaviaturada kiritiladi.Axborot texnologiyasi-bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo’lib, ular yordamida biz ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan hayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan hayotdagi turli-tuman masalalarni hal etamiz.Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri-iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma’lumotdan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashqilotlar bilan, korxonalar va boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir. Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikasiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.

Informatika fan nomi lotin tilidan axborotlarni tushuntirish va tahlil qilish ma’noni bildiradi, bu fan axborotlarni jamlash va qayta ishlash usullarini, axborotlash jarayonini qonuniyatlarini o’rganadi. Informatika atamasi XX asrning

60 yillarida paydo bo’lib ishlata boshlandi. Informatikani yuzaga kelish va rivojlanishida hisoblash texnika va boshqa texnik vositalarning o’rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi ko’magida qayta ishlanadi va bu fan o’zining xususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga yegadir. Demak, informatika bu inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, tuplash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.

Informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanining asosiy tushuncha sifatida qabul qilingan. Axborot o’zi nima? Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko’rinishda bo’ladi. Xabar - bu informasiyaning so’zlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma’lumotlar va h.k. ko’rinishdagi turidir. Inson tashqi ta’sir natijasida sezgi organlar orqali axborotlarga yega bo’ladi. Bular: ta’m bilish, hid sezish, eshitish, ko’rish, teri- badan sezgisi.

Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositalarga bo’lgan ehtiyoji juda katta. Uzatish vositalari – sun’iy yo’ldosh, televizor, radio, magnitafon, video, telefon va h.k. To’plash va tashuvchi vositalar deb kitob, gazeta, kasseta va dikslarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish jarayoni - axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasini asosiy texnik vositasi bu kompyuter.



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish