4-rasm. Matematik simvollarni WORDda yozish.
Matematik formulani yozishga misol:
Formulaga o’zgartirish kiritish uchun unda «sichqoncha» tugmachasi ikki marta bosiladi.
Rasmlar va kartinkalar bilan ishlash. Foydalanuvchi matnga kompyuter xotirasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy rasm yoki kartinkani hamda boshqa grafik muharrirlarda tayyorlangan rasmlarni joylatirishi mumkin. Bu ish quyidagi tartibda bajariladi:
- kursor rasm qo’yilishi kerak bo’lgan joyga keltiriladi;
- menyuning Вставка bo’limidan Рисунок buyrug’i tanlanadi.
Ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi (5-rasm).
5-rasm.
Undan kerakli kartinka yoki rasmli fayl tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |