Formulalar bilan ishlash. Kompyuter foydalanuvchisi matnli ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida matematik, fizik va boshqa turdagi formulalarni yozishga to’g’ri keladi. Buning uchun menyuning Вставкаbo’limiga kirib, kerakli Символ bandi tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Matnda lozim joyga kursor keltiriladi va kerakli simvol ko’rsatkich orqali tanlanadi hamda Вставить tugmachasi bosiladi. Daraja va indekslarni yozish uchun uskunalar majmuasidagi belgilardan foydalaniladi.
Matematik va boshqa turdagi formula va munosabatlarni yozishda klaviaturada mavjud bo’lmagan simvollarni kiritishda uskunalar majmuasi qatoridagi belgidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur belgi ustiga ko’rsatkich keltirilib, “sichqoncha” chap tugmachasi bosiladi. Natijada 4-rasmdagiga o’xshash holat ekranda paydo bo’ladi. Kerakli matematik (fizik, kimyoviy va hokazo) formulalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |