80.Xlor kumush elektrodi.
Kumush xlorli elektrod. Bu elektrod KC1 ning to‘yingan eritmasiga
tushirilgan AgCl tuzi bilan qoplangan kumush sim yoki plastinkadan
iborat. Bu elektrodning elektrokimyoviy sxemasi quyidagicha yoziladi:
Ag | AgCl | KC1. Kumush xlorli elektrodning potensiali xlor ionining
faolligiga bog‘liq. Xlor ionining faolligi aCl . = 1 bo‘lganda va 25 °C
temperaturada kumush xlorli elektrod potensiali +222 mV ga teng.
81. Vodorod elektrod. Vodorod elektrod qaytar tabiatli birinchi tur elektrodlarga mansub
bo‘lib, u faqat eritmadagi bitta ionga — vodorod ioniga nisbatan
qaytardir. Bu elektrod eng oddiy holda bir tomoni yopiq bo‘lgan
idishga platina bilan qoplangan platina plastinkadan iborat boiib, u
vodorod ionlari faolligi 1 ga teng bo‘lgan konsentratsiyasi 1 m o l//
sulfat kislota eritmasiga tushirilgan. Bu eritmadan 1 atm (101,325 kPa)
bosim ostida o‘ta toza vodorod o‘tkazilganda gaz yuqoriga ko‘tariladi
va platinada adsorbsiyaVodorod elektrodi juda aniq va sezgirligi juda yuqori bo‘lgani
sababli, va uni tayyorlash va ishlatish texnik qiyinchiliklarga olib
kelgani bois ko‘p hollarda boshqa elektrodlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |