«ZIF TEHTILE» ma’suliyati cheklangan jamiyati faoliyati to‘g‘risida
(Faoliyatining erkin tarzdagi ta’rifi)
Korxona 2018-yil 14 dekabrda Termiz shahrida o‘z faoliyatini boshlagan.
Korxonada bugungi kunda 1000 nafardan ziyod ishchilar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 950 nafari ya’ni 95% xotin-qizlar, 5% foizini erkaklar tashkil etadi.
Hozirgi kunda ishchilarning ish tajribasi quyidagicha baholanmoqda:
30 nafari 5 – toifali tikuvchilar
52 nafari 4 – toifali tikuvchilar
225 nafari 3 – toifali tikuvchilar
296 nafari 2 – toifali tikuvchilar
397 nafari 1 – toifali tikuvchilardir.
Korxonada 3 xil turdagi to‘qima, jinsi, trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi.
Korxonani tashkil etilishidan asosiy maqsad;
1.Viloyat hududida istiqomat qiluvchi xotin qizlarning ish izlab xorij mamlakatlariga chiqib ketishiga barham berish va ish bilan ta’minlash;
2.Mahalliy bozorni arzon, sifatli va xaridorgir mahsulotlar bilan ta’minlash;
3.Raqobatbardosh, arzon, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan dunyo bozoriga chiqish orqali chet el valyutasini viloyatga olib kirish.
Korxonada mahsulotlar INDENIM logotipi asosida chiqarilmoqda.
Trikotaj va tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4 qavatli binoda ishchi xizmatchilarga barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. YUqoridagi rejalarni amalga oshirish uchun korxona o‘z mag‘lablari hisobidan 6.6 mln AQSH dollari va Mikrokredit banki Termiz filialidan 10.0 mln AQSH dollari miqdorida bank kreditlari jalb qilindi. SHundan 10.0 mln AQSH dollariga xorijdan uskuna va jihozlar olib kelib o‘rnatildi. 4 mln AQSH dollariga qurilish ishlari amalga oshirildi. 2 mln AQSH dollariga xomashyo va mato materiallar xarid qilingan.
Bichim, kiyimlarga naqsh tikish va tasvir tushirish, tikuv va bo‘yash sexlari Turkiya va Xitoydan xarid qilingan “SIRUBA”, “MINGLIA“, “MED”, “DMT”, “CUTTER” avtomatik ikki boshli naqsh tikuv mashinkalari va boshqa zamonaviy tikuv, bichuv va bo‘yash uskunalari bilan jihozlangangan.
Hozirda korxonada “INDENIM” zamonaviy kiyim markaziga taxminan 150 turdan ortiq har xil yoshdagi erkaklar, xotin-qizlar va bolalarga mo‘ljallangan jinsi va trikotaj matolaridan mavsumiy kostyum-shim, kurtkalar, ko‘ylaklar va bolalar kiyim-kechaklari tikilib “CORONATO” brendi ostida etkazib berilmoqda.
Korxonaning kelgusidagi rejalarining 1-bosqichi O‘zbekiston bo‘yicha o‘z savdo do‘konlari tarmog‘ini ochib mahsulotlar tarqatish, 2-bosqichi O‘rta Osiyo va MDH davlatlarida o‘z tarmoqlariga ega bo‘lish va mahsulotlarini eksport qilish orqali viloyatga valyuta olib kirish.
Hozirgi vaqtda birinchi bosqich rejalarining qariyb 50% i bajarilgan, ya’ni O‘zbekiston bo‘yicha 20 ga yaqin do‘konlar faoliyat yuritmoqda.
MDH ga chiqish uchun deyarli barcha marralar zabt etilmoqda.
Keyingi bosqich Osiyo va Evropa davlatlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan iborat.
Hozirda O‘zbekistonda kam rivojlangan soha jinsi bilan to‘qima kiyim-kechaklar tikishdir. Bu bo‘yicha o‘zimizda mahalliy kadrlar tayyorlash uchun Turkiya davlatidagi mashhur “ZARA” firmasida ishlagan bir qator mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, ular Turkiya va Evropaning ko‘zga ko‘ringan firmalarida ishlab tajriba orttirganlar.
Bugungi kunda jinsi kiyim-kechaklar tikish bo‘yicha 300 ga yaqin xotin-qizlarga hunar o‘rgatildi.
Mavsumiy kiyim-kechaklar bo‘yicha 500 nafarga yaqin xotin-qizlarga tikish sirlari o‘rgatilmoqda.
Trikotaj kiyim-kechaklari bo‘yicha 200 dan ortiq xotin-qizlar eksport darajasida kiyim-kechk tikish sirlarini o‘rgangan.
Korxonada ishlab chiqarish jahon standartlariga moslashtirilgan. Har bir mahsulot tikish jarayonida va keyin 2 marotaba maxsus nazoratdan o‘tkaziladi.
Hozirga kunga qadar korxona tomonidan 1 155 640 AQSH dollari (12 milliard so‘m) miqdoridagi 50 ga yaqin kiyim-kechaklar qo‘shni Respublikalarga eksport qilingan.
Korxona o‘zining ishchi-xizmatchilarini doimiy ravishda moddiy va ma’naviy qullab-quvvatlab keladi, ularga qulayliklar yaratish maqsadida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tibbiy mutaxassis va zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. Bundan tashqari barcha ishchilarga bir maxal umumiy issiq ovqat, kechgi smenada ishlovchilarga esa uch maxal issiq ovqat bilan ta’minlangan va ishchilarning uylariga borib-kelishlari uchun muntazzam transport xizmati bepul tashkil etilgan.
Ishchi-xizmatchilarning 35% dan ortiqrog‘i maxalliy temir daftarlarga kirgan fuqarolardir. Ishga qabul qilish chog‘ida xam asosiy e’tiborni malakasi bo‘lmasada kam ta’minlangan va muxtoj fuqarolarni birinchi galda ish bilan ta’minlashga qaratiladi. Ushbu ishchilarning malakasini oshirish uchun bepul, korxonaning o‘zida o‘quv-o‘rgatish uchun maxsus bo‘limlar tashkil qilingan va malakali mutaxassislar ajratilgan.
Bundan tashqari ishchi-xizmatchilarning turmush sharoitlarini yaxshilashga yakindan kumak berib borilmoqda. Bunga misol qilib mexribonlik uyidan chiqqan ishchilarga uy-joy bilan ta’minlashda va ularning birinchi tulovlarini tulab berishda va ishchilarning nogiron farzandlarini operatsiyalari va davolanishlari uchun mablag‘lar ajratilib kelinmoqda. Eng ilg‘or tikuvchilar muntazzam taqdirlanib borilmoqda.
Aholining iqtisodiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qullab-quvvatlash maqsadida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Bunga misol Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan fuqarolarga 1 milliard sumdan ortiq kiyim-kechak va boshqa anjomlar bilan ta’minlandi. Surxondaryo viloyati Termiz shaxridagi 156 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlariga 70 million sumdan ortiq issiq ust-bosh bilan ta’minlash orqali beg‘araz kumak bergan.
“ZIF TEXTILE” MCHJ: ISHLAB CHIQARISH QUVVATI BOSQICHMA-BOSQICH OSHIRIB BORILADI
Termiz shahridagi “ZIF TEXTILE” mas’uliyati cheklangan jamiyati tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Joriy yil iyun oyida faoliyat boshlagan korxonani barpo etish uchun loyiha tashabbuskorlariga 2017 yilda qurilishi tugallanmagan to‘rt qavatli bino 16 milliard so‘m investitsiya majburiyatlari kiritish sharti bilan “nol” qiymatda berilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu erda yirik hajmda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Germaniya, Italiya, Turkiyadan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib o‘rnatildi. Ishchilarning samarali faoliyati va dam olishi uchun zarur qulayliklar yaratildi.
Yirik loyihani ishga tushirish uchun 16,6 million dollar sarflandi. Uning 10 million dollari tijorat bankining kredit mablag‘idir. Loyiha amalga oshgach, 1000 ta ish o‘rni yaratildi. Korxona joriy yilda 29,4 million dollarlik bolalar va kattalar kiyimlari, jinsi shim kabi tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarib, 8,8 million dollarlik raqobatbardosh mahsulotni xorijga eksport qilishni rejalashtirgan. Kelasi yili esa 38,2 million dollarlik mahsulot tayyorlanib, uning qariyb yarmini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallangan
Do'stlaringiz bilan baham: |