I. Kirish Maʼlumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning "katalizatori" boʻlib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot boʻlmaydi
Maʼlumki, kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning “katalizatori” boʻlib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot boʻlmaydi.
Oʻzbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy boʻlsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻit ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Qurilish materiallari, farmatsevtika, tekstil, mashinasozlik kabi tarmoqlar uchun zarur boʻlgan murakkab polimerlar, katalizatorlar, reagentlar va sintetik tolalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan. Kimyo fani ham boshqa fanlar qatori, odamlarning amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan. Kimyoga doir dastlabki bilimlarni o‘rganish dastlab qachondan boshlanganligi noma'lum, lekin Misrda, Xitoyda, Hindistonda, Yunonistonda bunday fikrlar jamlangan. Misrliklar rudalardan temirni suyuqlantirib olish, rangdor shisha hosil qilish, teri oshlash, o‘simliklardan dori darmonlar, buyoqlar va xushbo‘y moddalar ajratib olishni, sopol buyumlar yasashni bilishgan. Xitoy va Hindistonda kimyo korxonalari bundan ilgariroq vujudga kelgan.
Eramizdan oldingi VII asrda F. Miletskiy barcha moddalar suvdan, VI asrda Anaksimen havodan, V asrda yashagan Geroklit esa olovdan hosil bo‘lgan deydi. Eramizdan oldingi V asrda yashagan Demokrit va Levkiplar moddalar atomlardan hosil bo‘lgan degan fikrga kelganlar. Eramizdan 3 asr ilgari yashagan yunon faylasufi Aflotunning shogirdi Arastu (384-422) moddalar materiyadan tuzilgan deb tushuntirdi. Bu ta'limot XVIII asrgacha hukm surdi.
Buning oqibatida har yili 1,5 milliard dollarlik kimyo mahsulotlari import qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan fosfor va kaliyli mineral oʻgʻitlar ham mavjud talabning faqat uchdan birini qoplaydi, xolos. Ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotidagi o’z o’rnini topish jarayoni tezlashdi va jamiyatda mustaqil fikirlovchi erkin shaxsning shakillanishiga olib keldi. U jamiyatinizning potensial kuchlar ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma’mur-menejerlarini tayyorlashni yo’lga qo’yish yangi sharoitlarida, yangi zamonaviy texnologiyalarida ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarini tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlari 60-70 foizga eskirgani energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi, kimyo mahsulotlari tannarxining asossiz oshishiga olib kelmoqda. Oʻtgan yildan boshlab, mineral oʻgʻitga talabni qondirish uchun 3,1 milliard dollarlik 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshirila boshlandi. Bundan tashqari, kimyo sanoati mahsulotlarini diversifikatsiya qilish maqsadida 2025 yilgacha 4,2 milliard dollarlik yana 17 ta loyiha hayotga tatbiq etiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda azotli oʻgʻitlarga talab 73 foiz, fosforli oʻgʻitlarga - 20 foiz taʼminlanmoqda. Azotli oʻgʻit ishlab chiqarish quvvatlarining oʻrtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli oʻgʻit boʻyicha - 77 foizni tashkil qiladi. Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kelasi 5 yilda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar boʻlgan 9 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlib, buning natijasida mineral oʻgʻit va sulfat kislotasi ishlab chiqarish hajmi 2 barobar koʻpayadi. Azotli va kaliyli oʻgʻitlarga talab toʻla qoplanadi, fosforli oʻgʻitlarga talabni qondirish darajasi bir necha barobar oshiriladi.
Ayni paytda tabiiy gazning bor-yoʻgʻi 14 foizi, jumladan kimyo tarmogʻida 5 foizi chuqur qayta ishlanmoqda. Kremniy kaolin va gips xomashyosidan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish eʼtibordan chetda qolmoqda.
Maʼlumotlargan koʻra yurtimizda ishlab chiqarilayotgan oʻgʻit mahsulotlar asosan polietilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 100 milliard dollardan ortiq hajmda ehtiyoj mavjud. Bu esa biz uchun yaxshi imkoniyat.
Shu sababli kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun organik moddalar ishlab chiqarish boʻyicha 15 ta va noorganik moddalar boʻyicha 8 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Mamlakatimizda uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlab, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha katta salohiyat bor. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada 1 milliard 355 million dollarlik 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Shundan qariyb 60 million dollarlik 8 ta loyiha joriy yilda ishga tushiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarda 11 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtiriladi. Yiliga 450 milliard so‘mlik tovarlar ishlab chiqarilib, 15 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hamda qariyb 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Ushbu korxonalarda 260 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, ayni paytda umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollardan ziyod bo‘lgan 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Umumlashtirib aytganda, bu yilgi va istiqboldagi barcha loyihalar natijasida 3 millard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi, tarmoqning eksport salohiyati 1 milliard 300 million dollarga yetadi. Yangi korxonalarda 3 ming 500 ga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi.
Yana bir muhim jihati, ushbu korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, tabiiy gazni chuqur qayta ishlab olinadigan yangi mahsulotlar qiymati 2 milliard 100 million dollardan oshadi. Ya’ni, qo‘shilgan qiymat 14 barobar ko‘payadi.
Kimyoviy xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida “Navoiyazot” va “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta yirik texnologik klasterni barpo etish rejalashtirilgan.
Xususan, “Navoiyazot”da umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollarlik 16 ta loyiha, “Farg‘onaazot”da jami 334 million dollarlik 4 ta loyiha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida salkam 687 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oshiriladi. Bugun ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanib bormoqda, shu bilan bir qatorda oziq-ovqat sanoatida ham sohani rivojlantirish va shu turdagi mahsulotlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, savdo hajmini oziq-ovqat qo’shilmalari hisobiga oshirish sanoatning asosiy mavzusi hisoblanadi.
Hozirda ko‘pincha yegulik va ichimliklarning ta’mini sun’iy ravishda yaxshilash va saqlanish muddatini uzaytirish va odamlarni o’ziga tortadigan darajada ko’rinishga keltirilmoqda. To‘g‘ri, bu kabi qo’shilmalar oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni buzilishdan saqlovchi va unga rang beruvchi qo‘shimchalar keng foydalanish ko’p yillardan buyon davom etib keladi.
Qayd etilishicha, mamlakatda uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlab, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha katta salohiyat bor. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada 1 milliard 355 million dollarlik 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Shundan qariyb 60 million dollarlik 8 ta loyiha 2021-yilda ishga tushiriladi. Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarda 11 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtiriladi. Yiliga 450 milliard so‘mlik tovarlar ishlab chiqarilib, 15 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hamda qariyb 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Ushbu korxonalarda 260 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, ayni paytda umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollardan ziyod bo‘lgan 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Davlat rahbari ishlab chiqarish va ilm-fan o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish masalasiga doim alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda Toshkentning Ulug‘bek shaharchasida ilmiy kimyo klasterini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, 60 gektar maydonda ma’muriy va o‘quv binolari, laboratoriyalar, O‘zbekiston—Koreya ilmiy markazi, ilmiy xodimlar uchun turar joylar, yotoqxona, amfiteatr, bog‘ va quyosh elektr stansiyasi barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu yerda 8 ming nafar talaba tahsil olishi ham mumkin bo‘ladi.