8-modda. O‘rmon fondi yerlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi. O‘rmon fondi yerlarining chegaralari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmon fondi yerlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlariga, davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanishga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 76-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizom.
9-modda. Davlat o‘rmon fondi uchastkalari
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ular davlat o‘rmon kadastrida ko‘rsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan eriga, huquqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar]
2-bob. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasini tartibga solish
10-modda. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
davlat nazoratini amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
11-modda. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari davlat o‘rmon xo‘jaligi organlaridir.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
davlat o‘rmon fondini tasarruf etadi;
o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilaydi;
o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilaydi;
davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |