MAVHUM QAYNASH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
2.1. Mavhum qaynash jarayonlari va ularning turlari
2.2.Mavhum qaynash soni.
2.3. Mavhum qaynash qatlamining turlari.
2.4.Oqimchali mavhum qaynash va ularni avtomatlashtirish
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Kimyo va oziq - ovqat texnologiyasi jarayonlarida ayrim elementlardan tarkib topgan qo’zg’almas qatlam materiallari orqali tomchili suyuqlik yoki gazlar oqib o’tadi.
Biror qatlam zarrachalarining o’lchami bir xil yoki turlicha bo’lishiga qarab, donador qatlamlar monodispers yoki polidispers bo’lishi mumkin.
Donador qatlam orqali suyuqlik harakati davrida qatlam zarrachalari orasidagi bo’shliqlar suyuqlik bilan to’lib turadi. Bunda, suyuqlik qatlamning zarrachalarini, elementlarini yuvib va noto’g’ri shaklli kanallar orqali oqib o’tadi. Bunday harakat gidrodinamikaning aralash masalasini tashkil etadi.
Mavhum qaynash qatlamlari va ularning gidrodinamik holatlarining tavsifi
Moddaning gaz holatiga o’tish hodisasiga bug’ hosil bo’lishi deyiladi. Bu jarayon suyuqlikning bug’lanishi yoki qaynashi yo’li bilan amalga oshishi mumkin.
Suyuqlikning erkin sirtidan har qanday temperaturada bug’ hosil bo’lishi jarayoniga qaynash deyiladi.
ASOSIY QISM
2.1. Mavhum qaynash jarayonlari va ularning turlari
Mavhum qaynash yoki real qaynash jarayonini tajribada tekshirish asosida quyidagi qonuniyatlar aniqlangan:
1) Qaynash suyuqlikning erkin sirtida hosil bo’ladi va suyuqlik sirti ortishi bilan qaynash ham kuchayadi.
2) Qaynash har qanday temperaturada ham yuz berib turadi va temperatura ko’tarilgani sari kuchaya boradi.
3) Qaynash bug’ molekulalarining tarqalib ketish surati ortishi bilan tezlashadi, masalan, shamolda, ventilyator ta‘sirida qaynash kuchayadi.
4) Qaynash tezligi bosimga teskari proporsional, yani bosim kamayganda qaynash kuchayadi.
5) Qaynash tezligi suyuqlikning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Masalan, efir, spirt suvdan tezroq qaynaydi.
Suyuqlik tashqaridan issiqlik olmasdan qaynaganda ichki energiyasi kamayadi, binobarin, suyuqlik soviydi. Yana bir misol, sopol ko’zaga quyilgan suv sopoldan sizib chiqib, sirtini ho’llaydi va bug’lanadi. Natijada idishdagi suvning sovushi sababli issiq kunda ham «muzdek» bo’lib turadi.
Qaynash deb suyuqlik ichidagi to’yintiruvchi bug’ning bosimi suyuqlik erkin sirtidagi tashqi bosimga teng bo’ladigan temperaturadagi intensiv bug’lanish jarayoniga aytiladi.
Suyuqlik qaynash jarayonining sodir bo’lishini qarab chiqaylik. Har qanday sharoitda suv va suyuqliklarning ichida havo pufakchalari mavjuddir. Shunday qilib, suyuqlikning qaynash hodisasi, pufakchalarining suyuqlik ichidagi harakati sababi suyuqliklarning kuchli ajralishidan yoki konveksiyalanishidan iboratdir. Binobarin, suyuqlik hajmi bo’yicha temperatura bir xil va to’yingan bug’ning bosimi tashqi bosimga teng bo’lganda qaynash boshlanadi. Suyuqlik to’yingan bug’ning bosimi tashqi bosimga teng yoki katta bo’lgan temperaturaga qaynash temperaturasi deyiladi.
Suyuqlikdagi pufakchalar bug’lanish markazidan iborat bo’lganligidan, bu markazlar bo’lmasa qaynash jarayoni boshlanmaydi. Shuning uchun bug’lanish markazlari bo’lmagan suyuqliklarin qaynash temperaturasidan ham yuqori temperaturada isitish mumkin. Masalan suvning ichidagi gazi chiqarib yuborilgandan so’ng, suvni 1100С gacha isitilsa ham u qaynamaydi. Tajribadan ma‘lumki suyuqlikning qaynash temperaturasi eritilgan moddalarga ham bog’liq. Eritmaning qaynash temperaturasi sof erituvchining temperaturasidan ham orta boradi, masalan toza destirlangan suv 1000С temperaturada qaynasa 6,6% tuz eritmali sho’r suv 1010С da 25,5 % namakob esa 1050С temperaturada qaynaydi.
Suyuqlik ichidagi to’yingan bug’ning bosimi tashqi bosimga tenglashgan sharoitdagi temperaturada qaynash jarayoni boshlanganligi uchun, suyuqlikning qaynash temperaturasi tashqi bosimga bog’liq. Har qanday suyuqlikning qaynash nuqtasida to’yingan bug’ining bosimi normal atmasfera bosimiga, ya‘ni R=760 mm sim ust =1,0132*105 Pa (N/m2) teng bo’lishi kerak.
Ba‘zi suyuqliklarning qaynash temperaturasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
-
Modda
|
tк 0 С
|
Modda
|
tк 0 С
|
Aseton
|
56,2
|
Simob
|
357
|
Benzin
|
150
|
Etil spirti
|
78
|
Suv
|
100
|
Etil efir
|
35
|
Tashqi bosim kamayganda suyuqlikning qaynash temperaturasi kamayadi, aksincha tashqi bosim ortganda suyuqliklarning qaynash temperaturasi ortadi.
O’lchashlarning ko’rsatishicha 10 atm tashqi bosimda suvning qaynash temperaturasi +1800С bo’lsa, 33 atm tashqi bosimda esa suvning qaynash temperaturasi +2400С ga tengdir. Atmasfera bosim ostida ochiq idishdagi suyuqlikni qaynatilganda o’nga tushirilgan termometrning ko’rsatishi, suyuqlik to’liq bug’lanib ketmaguncha o’zgarmasdan qoladi. Suyuqlikning bug’lanish isiqligi ham moddaning erish issiqligi singari massasiga proporsionaldir.
.
L-proporsionallik koeffisenti.
Solishtirma bug’lanish issiqligini quyidagicha ta‘riflash mumkin:
Solishtirma bug’lanish issiqligi deb, qaynash harorati massasi bir birlikka teng suyuqlikni to’liq bug’ga aylanishi uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga son jixatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi. Berilgan suyuqlik uchun solishtirma bug’lanish issiqligi harorat ortishi bilan kamaya boradi. Bunda issiqlik balansi tenglamasini tuzish uchun quydagilar aniqlanadi:
Qaynash temperaturasidagi bug’ning kondensasiyalanishidan ajralgan issiqlik miqdori :
Bug’dan hosil bo’lgan qaynash temperaturasi tб dagi suyuqlikning 0 temperaturagacha soviganda ajralgan issiqlik miqdori:
3. Kalorimetr va suvning boshlang’ich tб temperaturadagi 0 gacha isiganda olgan isiqlik miqdorlari mos ravishda quydagiga teng bo’ladi:
4. Energiyaning saqlanish qonuniga binoan tekshirilaetgan suyuqlikning chiqargan Q1 Q2 issiqlik miqdorlari kalorimetr va suvning olgan Q3, Q4 issiqlik miqdoriga teng
Nihoyat bunday suyuqlikning solishtirma bug’lanish issiqligi quydagiga teng bo’ladi:
Amalda suyuqlikning solishtirma bug’lanish issiqligi ko’pincha tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Hozirgi kunda ko’pgina dolzarb muxandislik muammolarni hal etish turli muhitlarda gaz oqimchalari (tizillagan oqimlar) ning tarqalishi bilan uzviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |