I. Kirish. II. Asosiy qism


Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli



Download 50,42 Kb.
bet4/4
Sana11.02.2022
Hajmi50,42 Kb.
#442193
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu1

3. Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli.
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi. Sobiq Sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, otabobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va qonun o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, uning asosida eng avvalo dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur. Bu haqda konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsada, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatida dindorlarning huquqiy maqomi va davlat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda diniy konfessiyalar haqidagi qonunlarning hayotga tatbiq etilishidek ikki muhim jihat ham bor. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z yechimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida, jumladan, shunday deyiladi:
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”4. Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan, dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish, diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish, diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati, dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish. Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi. Xuddi shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan. O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki, konstitutsiyaviy dunyoviy ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun. Ushbu qonun 1991-yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993-yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998-yilga qadar amalda bo‘lib keldi. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hеch qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro o’zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta'lim olishga o’z munosabatini bеlgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo’l qo’yilmaydi. Voyaga yеtmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdеk ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o’qitishga yo’l qo’yilmaydi. Dinga e'tiqod qilish yoki o’zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina chеklanishi mumkin. Chеt el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari bilan tеng ravishda vijdon erkinligi va diniy e'tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda bеlgilangan tarzda javobgar bo’ladilar.
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va qonun o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiy ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.  Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, otabobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. Qur’oni Karim va Sunani sharif bulardan boshqa ezgu qadriyatlarga ham da’vat etadiki, turli
asr olimlari ularni sharhlashga juda ko’p kuch sarflaganlar. Ularning mehnati samarasi o’laroq hadislarning inson fitrati (tabiati) fe’l atvorini o’nglashga xizmat qiluvchi ibratli bayonlar berilganki, u bugungi kun uchun ham 
g’oyat qimmatlidir. Bozor munosabatlari asosida mamlakatimizda rivojlanish jarayoni 
ketayotgan ekan, kishilararo ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy munosabatlarda ana shu hadis talablariga rioya etish har bir ongli insonni o’zi umrguzaronlik qilayotgan jamiyat va xalq oldida insoniy burch hamda mas’uliyatini teran anglashga olib keladi. Ayniqsa, jamiyatimizda alohida soha vakillari, muayyan kasb 
egalarining o’z faoliyatida, xususan, savdo-tijoratchilik faoliyatida shariat ahkomlari, halol va haromga munosabatlarining me’yorda
shakllanishida hadislar, turli pand-nasihatga oid risolalar, mutafakkirlarning ma’naviy-axloqiy, diniy tasavvufiy qarashlarida asoslangan fikrlari bu kasb egalari uchun nihoyatda ibratlidir.
Sir emaski, hozirgi o’tish davrida savdogarlar, ishbilarmonlar orasida salbiy hatti-harakatlar, musulmonchilikka to’g’ri kelmaydigan ishlar, axloq va xulq-odobga zid muammolar uchrab turibdi. Bular xaridorning haqiga xiyonat qilish, tarozidan 
urib qolish, aldamchilik, firibgarlik, hiylakorlik, dehqonning molini arzon bahoda aldab sotib olish va hokazolardir.
Inson hayoti davomida yaxshi xulqli va fazilatli insonlardan, inson ruhiyatini ziynatlaydigan voqyelikdan, tabiatdagi uyg’unlikdan, ajdodlar merosidagi ma’naviyatdan ibrat olish
orqali pokdomonlik va komillik zinasiga ko’tariladi hamda g’azab, nafrat, kibr-havo, hasad, badnafslik kabilardan bo’lib boradi. Bu xususda H.Hafziy shunday yozadi: «Dardu baloga yo’liqqanlar ibrat bo’lsin. O’z vaqtida sodir bo’ladigan ziyonni bevaqt kelgan foydadan afzal biling. Odamlar bilan
murosai madora qiling. Do’st-yoronlar bilan inoq bo’ling, o’z andozangizdan tashqari oyoq qo’ymang»Islom qadriyatlari va ma’rifatida shaxs ma’naviyatiga munosabat
ko’proq shaxsning axloqiy dunyoqarashi hamda dinu diyonat, adolat, xalqparvarlik, insonparvarlik g’oyalarida alohida ko’zga tashlanadi. Xususan, tasavvuf ta’limotining
ko’zga ko’ringan namoyandasi, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband merosidan bunga ko’plab asoslar keltirish mumkin. Bu tariqatning ikki tomoni bor: Birinchisi – axloqiy jihati: u zamindan, xalqdan, mehnatdan uzilib qolmaslikka, ma’rifatga erishishga va jaholatga, zulmga qarshi kurashishga, biron bir kasbning boshini tutishga, o’zgalarga axloqiy namuna bo’lib yashashga chaqiradi.
Ikkinchisi ilohiy jihati: u axloqiy qismatga da’vat etadi. Bu tariqatning yana «Xilvatda shuhrat, shuhratda ofat» degan aqidasi ham diqqatga sazovor. Xilvatda faqat o’zini o’ylab, ertadan kechgacha ibodat qilishda ham g’araz bor: bu, birinchidan, kishining jannatdan eng avvalo o’z o’rin olishi uchun tirishib tirmashishi bo’lsa, ikkinchidan, xudoga xudbinlik orqali yaxshi ko’rinish va, uchinchidan,
odamlar ko’ziga o’zini zo’r qilib ko’rsatish, ya’ni shuhrat orttirishdir. Shuningdek, bu tariqat
avvalo ziyolilarga juda katta mas’uliyat yuklaydi.Uning «Agar mamlakat xarob bo’lsa, shohdan xafa bo’lma, haqiqat ahli nazdida bu darveshlarning ziyolilarning, ilm ahlining gunohidir», «Hyech kimdan xafa bo’lma va hyech kimni xafa qilma», «O’lik sherdan tirik mushuk afzal» singari hikmatlar ham hyech qachon o’z kuchini yo’qotmaydi. Shu o’rinda Muhammad Muso al-Xorazmiyning fikrlarini keltirmoqchimiz: «O’tmish davrlarda o’tgan odamlar fanning turli tarmoqlari sohasida asarlar yozish bilan o’zlaridan keyingi keladiganlarni nazarda tutganlar. Ulardan biri o’zidan avvalgilaridan qolgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi uni o’zidan keyin keluvchilarga meros qoldiradi, boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini 
sharhlaydi, bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi va o’zi qilgan ishidan avlod uchun mag’rurlanmaydi». Bu so’zlar barcha olimlar, ma’rifatli kishilar uchun ibrat manbai bo’lishi zarur. Ajdodlarimiz merosini, ular yaratgan qadriyatlarni chuqur anglab, kelgusi avlodga yetkazish hozirgi
avlodning axloqiy burchidir. Shu ma’noda har bir alohida inson har qanday jamiyatning mavjudligi va barhayotligini ta’minlab turadigan asosiy ijtimoiy 
unsurdir. Bu insonning individual shaxsiy xatti-harakati, ya’ni biror guruh, qatlam, qavm, elat, xalq va millat doirasidagi, oila va turmushdagi, muayyan jamiyat miqyosidagi faoliyati, yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklari, avvalo, o’ziga va o’zgalarga nisbatan munosabati orqali namoyon bo’ladi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, diniy qadriyatlar o’ziga xos milliy xususiyatlari uzoq tarixiy 
jarayon asosida shakllanib, shaxs ma’naviy kamolotida muhim o’rin tutadi. Aytish 
mumkinki, diniy va dunyoviy qadriyatlar sifatida tan olingan ahillik, bag’rikenglik, mehr-oqibat, millatararo do’stlik va hamjihatlik, sabrlilik kabi insoniy fazilatlar kamol topishiga
xizmat qiladigan tushunchalar diniy qadriyatlarning milliy hususiyatlarini o’zida aks ettiradi. Markaziy Osiyo xalqlari o'z tarixiy taraqqiyoti jarayonida mintaqada yashagan barcha xalqlarga mansub bo'lgan ularni birlashtirib turishga qobil bo'lgan milliy qadriyatlarni yaratdi, tug'ilgan ota makon va ona yurtga ehtirom his-tuyg'ularining kuchli bo'lishi, ajdodlarni xotirlash, ular qoldirgan qadriyatlarga sadoqat tuyg'ularining mavjudligi,yoshi ulug' mo'ysafidlarning obro'-e'tiborini joyiga qo'yish, yoshlarga g'amxo'rlik qilish va ularga izzat ko'rsatish; insoniy muomala va munosabatlarda ma'naviy qadriyatlarga qat'iy amal qilish, ajdodlardan meros bo'lib qolgan hayo, andisha, og'ir vazminlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va ularga amal qilish. Demokratik qadriyatlarning rivojlanishi faqat zamonga emas, balki makon va kengliklar, ulardagi taraqqiyot bosqichlariga ham bog'liqdir. Ular shakil jihatdan muayyan kengliklarda rivojlanadi. Masalan, ularning rivojlanishi uchun muayyan kengliklarga zarurat tug'iladi.Mahalliy, milliy, mintaqaviy, ularda shakllangan mahalliy, milliy va mintaqaviy qadriyatlar rivojlanib borgani sari umuminsoniy ahamiyat kasb etib boradi. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan keng foydalanishdan tashqari diniy qadriyatlarni tiklanishiga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Chunki, aksariyat diniy qadriyatlar milliy qadriyatlar sifatida namoyon bo'lishi tabiiy bir holdir. Milliy qadriyatlar ham, diniy qadriyatlar ham fozil jamiyat qurishni, farovonlikni, komil insonni shakllantirishni, ijtimoiy adolat o'matishni, tinchlikni, millatlararo ahillikni oliy qadriyatlar sifatida e'tirof etadi. Demokratik qadriyatlaming shakllanishi bir necha pog'onalar va ularning o'zaro aloqadorligi, o'zaro uyg'unlashuvi natijasida sodir bo'ladi. Tarixiy jarayonlar bu qadriyatlaming mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon bo'lishini ko'rsatdi. Tarixiy rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligisiz barpo etib bo'lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlaming asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o'zgartirishning muhim omili sifatida rivojlandi. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligi inson ma'naviy kamolotining eng muhim omili sifatida e'tirof etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Mahmudov T. Avesto haqiqati. T., 2009, 84-bet.
2. Boboyev X., Gofurov Z. Milliy istiqlol mafkurasi va taraqqiyot. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. –B. 45. 
3. Sattiyev I.M. Imom Al-Buxoriyning «Al-Jomi’ As-Sahih»i-musulmonlar hayotining yo’lchi yulduzi. Zamonamiz ulamolari. – Toshkent, 2001. – B. 52-53.
Download 50,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish