I. Kirish. II. Asosiy qism


O‘zbekiston – bebaho qadriyatlari bilan azaldan olamni o‘ziga maftun etib kelgan munavvar diyor



Download 50,42 Kb.
bet3/4
Sana11.02.2022
Hajmi50,42 Kb.
#442193
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu1

2. O‘zbekiston – bebaho qadriyatlari bilan azaldan olamni o‘ziga maftun etib kelgan munavvar diyor.
Qadriyat so‘zi alohida e’tibor va e’zozga ega bo‘lgan odat ma’nosini anglatar ekan, u bir xalq ichida emas, barcha xalqlar tomonidan e’tirof etilsa, oliy maqom kasb etadi. O‘zbekiston zaminida yashovchi xalqlarga mansub kattayu kichikka birdek salom berish, keksalarni e’zozlash, qo‘shniga hurmat, qarindoshga oqibat, bolaparvarlik, mehmonni ikrom etish, dini va millatidan qat’i nazar bir xil. Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonga ko‘chirilgan kattayu kichikka ko‘rsatilgan mislsiz mehr-oqibat tillarda doston bo‘lgan. Ona xalqimiz yetimlarni bag‘riga bosib, ular bilan bir burda nonini baham ko‘rib, minglab insonlarning hayoti va hayotdagi munosib o‘rnini saqlab, yaxshilikning oliy namunasini namoyon qilgani ma’lum va mashhur haqiqat. Yetim so‘zi arab tilidan tarjima qilganda “Yolg‘iz”, degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z urush yillarida yurtimizda o‘z ma’nosidan uzoqlashdi. Manbalarga ko‘ra, O‘zbekistonga urush o‘choqlaridan ko‘chirilgan 200 ming murg‘ak bolaning barchasi oilali, boshpanali bo‘ldi. Islom dini ko‘rsatmalarida yetimlarga mehr ko‘rsatish jannatiy fazilat sifatida e’tirof etilgan. Hadisi sharifda Muhammad alayhissalom: “Men va yetimga kafillik qiluvchi, ya’ni yetimga g‘amxo‘rlikni o‘z zimmasiga oluvchi jannatda yonma-yon bo‘lamiz”, deya ikki barmoqlarini juftlashtirib ko‘rsatdilar. Qo‘limizdagi ikki barmoq bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, yetimni bag‘riga bosuvchilar ham olamlar sarvari bilan jannatda shunchalar yaqin turar ekanlar. Islom dinining asrlar davomida bashariyatni ezgulikka, ma’rifatga chorlab kelayotgan, yillar davomida hayotbaxsh ma’nolari kishilar qalbidan o‘rin olib, tarixning turli murakkab onlarida ham benazir hamdam, dillarga malham bo‘lib, hazrat Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, turmushiga ro‘zg‘or safoligini, dunyoqarashiga hidoyat ziyosini olib kirayotgan tushunchalarini diniy qadriyatlar, deb ataymiz. Bu qadriyatlar imon, e’tiqod, vijdon, diyonat, ma’naviyat kabi o‘lmas va yengilmas tuyg‘ular samarasidir. Bu qadriyatlar oliy darajadagi odob-axloq, bilim va ma’rifatning asosidir. Ularda tinchliksevarlik, haqsevarlik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik hamda bunyodkorlik kabi umuminsoniy, deya e’tirof etilgan, jahon tamadduni taraqqiyotiga bemisl ulush qo‘shgan an’analar hosilasi mujassam. Kezi kelganda milliy va diniy qadriyatlarimiz o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketganini, ularni bir-biridan ajratish mushkulligini ta’kidlash joiz. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyat, turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelmoqda. Zero, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. Sir emaski, qadriyat masalasi islomda ibodat darajasiga ko‘tarilgan. Ibodatlar mohiyatida esa qadriyatlarni muhofaza qilish yotadi. Masalan, Qur’oni karim va hadisi shariflarda ota-onaga yaxshilik qilish ta’kidlangan. Bu qadriyat savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi. Shoir ta’kidlaganidek, “Otang bilan onang qalbi o‘tar Ka’ba tavofidin, Alar ko‘nglini shod etsang bu xizmat ham ibodatdir”. Islomdagi besh asosning mohiyatiga e’tibor qaratilsa, ularning barchasi insoniyat uchun qadriyat hisoblangan ezguliklarga chorlashi ma’lum bo‘ladi. Masalan, imonning eng kichik belgisi yo‘ldan kishilarga ozor beradigan narsani olib tashlash, deyiladi. Islom asoslari insoniyatni yomon va buzg‘unchi ishlardan qaytarishi qayd etilgan. Savob uchun ochlik va tashnalikni iroda qilsayu yomonliklardan tiyilmasa, bunday mashaqqatdan hech qanday manfaat yo‘qligi, savob uchun ulug‘ ziyoratga borsayu ammo tilini buzuq so‘zlar, o‘zini fisqu fujur ishlardan tiymasa, hatto uzoq davom etgan safaridan ham foyda bo‘lmasligi ta’kidlangan. Daromadining qirqdan birini ehtiyojmand kishilarga beraman desayu, bu daromad nopok yo‘llardan kelgan bo‘lsa yoxud nopok yo‘llarga sarflansa, savob qilaman, deb gunoh va jinoyatga botib ketishi haqida ogohlantirilgan. Demak, islomda savob va qadriyat tushunchalari o‘zaro chambarchas bog‘langan. O‘zini imonli, deb hisoblovchi har bir inson atrofdagilarga faqat ezgulik ulashib, kishilarga ozor beradigan ishlardan o‘zini tiyishi lozim. Bu borada Alisher Navoiy insoniyatga ibratdir. So‘z sultonining umrini buyuk ishlarga bag‘ishlashiga sabab bo‘lgan tuyg‘u komil imon edi. Shuning uchun hazrat: “Naqdi jon chiqqanda imon gavharin ko‘nglimg‘a sol, aylagil jondin judo, lek etma imondin judo”, deya munojot qildi. Qadim-qadimdan zaminimizda ulug‘langan qadriyatlardan biri bu kattaga hurmat, rahbarga itoat, qonunga rioyatdir. Har bir imonli inson yoshi ulug‘larni e’zozlashi, rahbarlarga bo‘ysunishi, davlat va jamiyat qonun-qoidalariga amal qilishi o‘ta muhim. Ayni paytda islom olamining ba’zi nuqtalarida yuz berayotgan parokandalik va ziddiyat, ixtilof va adovat, halokatning asosiy sabablaridan biri aynan shu kabi tushunchalarning barbod bo‘lganidandir. “Kattalarimizni hurmat, kichiklarimizga shafqat qilmaganlar bizdan emas”, “Baraka kattalaringiz bilan birga”, “Bir qavmning mo’tabar kishisi kelsa siz ham uni izzat-ikrom qiling”, “Kim sultonni xorlasa, Alloh uni xorlaydi” mazmunidagi hadislar mazkur fikrlarga isbot bo‘ladi. Milliy va diniy qadriyatlarimizdan yana biri halollik hisoblanadi. Buyuk bobokalonimiz Bahouddin Naqshbandning “Ibodat o‘n qism bo‘lsa, shundan to‘qqiz qismi halollikni talab qilish, qolgan bir qismi boshqa ibodatlardir”, degan o‘gitlari halollik maqomi qanchalar yuksak ekanini ko‘rsatib beradi. Halollik har tomonlama poklikni ifodalaydi. Shu o‘rinda yana Navoiy o‘gitlari yodga keldi. Buyuk mutafakkir barkamollik namunasi bo‘lgan Farhodni tavsiflab, “Demangkim, ko‘zi poku ham so‘zi pok, Dili poku, tili poku ham o‘zi pok”, deydi. Halollikning eng muhim jihatlaridan biri o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, firibgarlik, davlat mulkini talon-taroj qilish kabi bu kishilar mulkiga tajovuz va xiyonat qilishdan tiyilish sanaladi. Halollikning muhimligidan, unga olib boruvchi vositalarning barchasi, ayniqsa, mehnat qilish, kasbu hunar bilan shug‘ullanish ham islomiy qadriyatlar orasida alohida o‘rin tutadi. Kishilar haqiga ko‘z olaytirish, tama’girlik muqaddas dinimizda qoralanadi. Hadisi sharifda “Inson o‘z qo‘li bilan ishlab topgan luqmasidan shirinroq ne’mat yo‘q”, ekanligi ta’kidlangan. Shuning uchun diyorimizdan o‘tgan buyuk alloma va mutafakkirlar kasbu hunar bilan shug‘ullangan. Masalan, Toshkentning Hastimom – Hazrat Imom dahasiga nomi qo‘yilgan Abu Bakr Shoshiy qaffollik, ya’ni qulfsozlik qilgan. Abu Sa’id Xarroz kosiblikni, Abu Hafs Haddod temirchilikni kasb qilgan bo‘lsa, Bahouddin Naqshband matoga gul solganlar. Diyorimiz musulmonlari amal qiladigan hanafiy mazhabi asoschisi – Imoi A’zam No’mon ibn Sobit tijorat bilan shug‘ullangan. Xalqimiz mehmondo‘stligi olamga mashhur. Dunyoda o‘zidanda mehmonini izzat qiladigan kam sonli millatlardan biri. O‘zbek xonadonlarida hamisha to‘satdan kelib qoladigan mehmon uchun zaxira hozirlangan. Agar unday imkon bo‘lmasa, qo‘shnidan yordam olib bo‘lsada mehmonga taom hozirlangan. Bu esa mehmondo‘stlik milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligining yorqin ifodasidir. Hadisi sharifda qayd etilgan “Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, mehmonini ikrom qilsin”, degan tamoyilga amal qilish ajdodlarimizdan bizga yetib kelgan go‘zal an’ana hisoblanadi. Shu sabab o‘lkamizga tashrif buyurgan sayyohlar qadim-qadimdan bu yerdagi go‘zal urf-odatlarga maftun bo‘lgan. O‘z ehtiyojidan boshqalar ehtiyojini ustun qo‘yuvchilar Qur’oni karimda Hashr surasi 9-oyatida malh qilinganlar. Mazkur oyatda “iysor qiluvchilar” maqtaladi. “Iysor” so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda ustun qo‘yish ma’nosini anglatadi. Ya’ni, o‘z ehtiyojidan boshqalar ehtiyojini yuqori qo‘yib, nafsini baxillikdan saqlagan kimsalar najotga erishishi bayon qilingan. Bu esa go‘zal islomiy qadriyatlardan biri sanaladi. Bu o‘tgan payg‘ambarlar, aziz avliyolar, ulug‘ mutafakkirlar, buyuk allomalarga xos bo‘lgan yuksak fazilat. O‘zbekistonda hali hanuz mazkur fazilat ko‘zga tashlanadi. Yemay yedirish, kiymay kiydirish kabi xislatlari bilan mehmon, musofir, keksa, qo‘shni, qarindosh, bola, yetim-yesir, beva-bechorani e’zozlagan yurtimiz zamini qadim-qadimdan fayzu barakaga boy o‘lka sifatida dovruq qozondi. Mazkur qadriyatlar yangi O‘zbekistonni barpo qilishda hayotimiz ko‘rkiga aylanib, uchinchi Renessans poydevori uchun tamal toshi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ustozlar, ota-onalar, ziyolilar o‘zaro chambarchars bog‘lanib ketgan milliy va diniy qadriyatlarimiz mohiyatini xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazishlari bugunning dolzarb vazifasidir.

Download 50,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish