ZAMONAVIY TA’LIMDA O’QITUVCHINING TYUTORLIK, SUPERVIZORLIK VA MODERATORLIK FAOLIYATINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Ilm o‘rgatish- bu faqat boshqalarni o‘qitish va tarbiyalashgina emas, balki o‘z-o‘zini shakllantirish hamdir. Har qanday jamiyat o‘z-o‘zini shakllantiruvchi ilmga intilish faoliyatini ta’kidlovchi paradigmaga o‘tishga mahkumdir. Bunday o‘tishning yuzaga iqishidagi asosiy shartlar quyidagilardir: yangi kompyuter va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz egallab borish asosiga qurilgan mo‘‘tadil ishlaydigan iqtisodiyot; zaruriy qo‘llab-quvvatlashlarga ega bo‘lgan jamiyat va samarali ishlaydigan ilmiy ijtimoiy institutning mavjudligi, bu institut o‘zining barcha asosiy maqsad va vazifalarini turli tizimlar va tizimostilar orqali kasbiy ta’limgacha vaqtda va kasbiy ta’lim vaqtida o‘rgatishni amalga oshirishga qaratadi; rivojlangan demokratik institutning mavjudligi; huquqiy normalarning haqqoniyligi.
Asosiy masala shundan iboratki, ijtimoiy institutning tarkibiga kirgan va elementlari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy siyosatini va butun sistemasini puxta muvofiqlashtirish va yo‘naltirish bilan yuqoridagilarning hammasi o‘z-o‘zini shakllantirish samaradorligini oshirsin. Bu samaradorlikning mezoni va natijasi esa o‘z-o‘zini shakllantirgan inson bo‘lishi kerak, aslo o‘rganish sistemasi asosiy maqsad emas.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. SHu nuqtai-nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim - tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.- deb ta’kidlaydi.
AQSHda o‘qituvchi masalaci o‘rganish uslubini, o‘zi qo‘ygan muammoning echim yo‘llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko‘rsatadi va tushuntiradi. YA’ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Shaxs Kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish avvalo ta’limning paradigmasini o‘zgartiradi. Shu paytga qadar mavjud ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik - o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi mavqega ega bo‘lib, uning vazifasi eng avvalo yoshlarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. Pedagog bunday maqsadlarda, o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash kerakki, ular yoshlarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlarni yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.
Kadrlar tayyorlashga ijtimoiy buyurtma, mutaxassisning shaxsiy va kasbiy sifatlari hamda amaliy kasbiy kompetentligini ta’minlashning tarkibi va mazmuni tahlil qilgan holda zamonaviy pedagogni shakllantirishga qo‘yiladigan talablar, hamda ushbu talablarni tuzilmasini aks ettiruvchi model ishlab chiqildi. Bunda biz pedagog shaxsini amaliy kasbiy kompetentlikka ega, yuksak darajada madaniyatli, yondash fanlar sohalarini tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish metodlarini puxta egallagan va mutaxassisligi bo‘yicha amaliy faoliyat yuritadigan, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tavsifladik.
Zamonaviy pedagog shaxsi modeli ta ’lim tizimini modernizatsiyalash va taraqqiy ettirish borasida yuzaga keladigan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlovchi, ma’lum sifatlarni ta’riflovchi hamda mutaxassisning
o ‘z-o ‘zini rivojlantirib borishini aks ettiruvchi tamoyillarni belgilashga xizmat qiladi. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:
pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv- pedagogning faoliyat turlari: o‘quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.
Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |