1.2 Qoraqalpoqlarning XVIII-XIX-asrlardagi qo'shni xalqlar bilan savdo.
Bexistun yozuvlarida miloddan avvlgi VI asrda hozirgi Qoraqalpogiston hududida saka tigraxauda (choʼqqi kigiz qalpoqli) qabilalari yashab oʼtganligi haqida maʼlumot beriladi. VI-VIII asrlarda Orol dengizi atroflarida bijanak va oʼguz etnik guruhlari shakllandi. Аna shu bijanaklar qoraqalpoqlarning ajdodi hisoblanadi. VIII-X asrlarda qoraqalpoq halqi tashkil topa boshlagan davrda, Orol atrofi Kerder viloyati deb atalgan.
1221 yilda Chingizxon qoʼshinlari Urganchni egallab, Аmudaryo toʼgonini buzib tashladi. Endi Аmudaryo Kerder viloyati tomon emas, garb tarafga oqa boshlagan: ekin yerlarining qurib qolishi sababli qoraqalpoqlarning bir boʼlagi Volga va Yoyiq daryolari boʼylariga, Qora dengiz qirgʼoqlari, Sirdaryo yoqalari sari kuchayib ketganlar.
XII-XIII asr rus yilnomalarida qoraqalpoqlar «chernie klobuki», sharq manbalarida «qora boʼrkli» tarzida tilga olinadi. XIV asr oxirlarida qoraqalpoqlar Volga va Yoyiq daryolari oraligida tashkil topgan Noʼgoy (Mangit) xonligi tarkibida boʼlganlar. Noʼgoy xoni Idigu (Edigey) 1419 yilda oʼldirilgach, taxt talashishlar natijasida xonlik kuchsizlandi.
Noʼgoy xonligida mangitlar tarkibida yashagan qoraqalpoqlar oʼtroq va yarim koʼchmanchi halq edi. Noʼgoy xonligini qoraqalpoqlar boshqargan. XVI asr oxirida Noʼgoy xoni Ismoil avlodlari oʼrtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Shu kurash davomida Oʼrmambetbiy oʼldirilgach, XVII asr boshlarida Tinaxmadning avlodi Eshtarak Mirzo hokimiyat tepasiga keladi. Uning davrida ham oʼzaro urushlar toʼxtamadi. Ulug Noʼgoy oʼrdasi Аzov va Kuban, Kaspiy va Terek daryolari oraligida koʼchib, oʼtroqlashib turadi. 1613 yili Noʼgoylar Xo Urluk boshchiligidagi qalmoqlarning hujumiga duchor boʼladi. XVII asrning 30 yillarida qalmoqlar Volga va Oʼrol daryolari quyi oqimlarini egallagach yaylovlaridan ajralgan noʼgoylar garbga Qrim tarafga koʼchishga majbur boʼladi. Noʼgoylarning Olti ul ulusi Sharqqa, Orol dengizi boʼylariga kelib oʼrnashadi. XVII asr oxirida qoraqalpoqlar Sirdaryo boʼyiga koʼchib kelganlar.
1714 yilda Sirdaryo boʼylarida qoraqalpoqlar Eshimxon (EshMuhammad) ni xon koʼtarganlar. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga boʼyi qalmoqlari, Boshkurt ulusi va qozoq xonlari bilan chegaradosh boʼlgan. 1722 yilda qoraqalpoqlar Jungor qalmoqlari hujumiga duchor boʼldilar. 1723 yili Jungor qalmoqlari qozoqlar yurtiga bostirib kirdilar. Qozoqlar uch tarafga boʼlinib koʼchib ketdilar. Sirdaryo qoraqalpoqlari ham qozoqlarga qoʼshilib, bir guruhi Orol tarafga, ikkinchi boʼlagi Sirdaryo boʼylab yuqoriga-Toshkent tarafga jilishga majbur boʼladi: Fargona vodiysiga kelib oʼtroqlashdi.
Qoraqalpoq xonligiga Orol boʼylari ham qaragan. Eshimxon Qoraoʼzak tumanida Eshimyop kanalini qazdirgan. 1715 yili Xiva taxtiga Shergozi oʼtirgach, Orol boʼylarini oʼziga boʼysundiradi. 1723 yili qoraqalpoqlar Shohtemir boshchiligida xonga qarshi qoʼzgolon koʼtaradilar va shunda Shergozi oʼldiriladi. XVIII-XIX asrlarda Аmudaryoning sharqiy tarafidan oqib, Orol dengiziga quyilgan Koʼkoʼzak daryosi boʼyidagi koʼpsonli qoraqalpoqlar bilan orollik oʼzbeklarda dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik gullab yashnagan. Mazkur daryo boʼyida Oqyoqish nomli qabilalar uyushmasi vujudga keladi. Oqyoqish oti bilan mashhur boʼlgan hozirgi Taxtakoʼprik tumani hududida saqlanib qolgan qalʼani halq Oydoʼst qalʼa deb ataydi.
Hujjatlarda XVII-XVIII asrlardagi qoraqalpoq xonlari orasida Kuchukxon, Taburchak sulton boʼlgani eslatiladi. 1709 yili Taburchak sultonning oʼgli /oyib sulton Iris Muhammad qoraqalpoq hukmdori boʼlgan. 1747-1748 yillari Аbulxayrxon qoraqalpoqlar ustiga chopovul yasagan: ularning bir qismini Talas daryosining boʼyiga koʼchirib keltirib, dehqonchilik bilan shugullanishga majbur qilgan. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi Yangidaryo va Quvondaryo boʼylarida dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik qilib kun kechirishgan. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini markazlashgan, iqtisodiy kuchli davlatga aylantirish maqsadida Yangidaryo boʼyidagi qoraqalpoqlar ustiga qoʼshin tortgan, qoraqalpoq zodagonlarini oʼz tarafiga ogdirishga harakat qilgan. Shuningdek natijasi oʼlaroq qoraqalpoq biyi Oydoʼstbiyning Yangidaryo boʼyidagi qoraqalpoqlarni Orol boʼyiga koʼchirib keltirishga yordam bergan.
Аmudaryo etaklarida yashovchi qoraqalpoqlar ham Xiva xonligi qaramogiga oʼtgan. XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy oʼzgarishlar yuz bera bordi. Bu oʼzgarish avvalo ularning endi koʼproq dehqonchilik bilan shugullana boshlashida namoyon boʼldi. Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda baliqchilarning qishloqlari vujudga keldi. Sol ustiga qurilgan suzib yuruvchi uylar paydo boʼldi. Bu davrda hunarmandchilik maʼlum darajada qaddini rostlab bormoqda edi. Qoraqalpoqlar endilikda olacha, dagal ip gazlama mato, gilam toʼqiy boshladilar, yogochdan turli buyumlar yasay boshladilar, teri pishirdilar, egar, yugan, ayil, kigiz tayyorlash bilan shugullandilar. XIX asrning oʼrtalarida bir boy qoraqalpoqning qoʼrgoni atrofida bozor paydo boʼldi, keyinchalik bu yerda Chimboy shahri barpo etildi. Oʼzining qulay geografik holati tufayli shahar maʼmuriy markazga aylandi.
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug-qabilachilik anʼanalari ustun edi. Yerga jamoa egaligi hukmron edi. XIX asr boshlarida qoraqalpoq yerida yangi-yangi uruglar vujudga keldi. Masalan, 1810 yilda el qabilasidan chiqqan kiyotli qoraqalpoqlar biyi Ekinlikning 400-500 oʼtoviga koʼnqirot va mangitlardan 200 oʼtov qoʼshilgan. Bunday holat boshqa oʼtovlarda ham sodir boʼlgan. Natijada 14 ulus deb nom olgan yirik uruglararo birlashma tashkil topgan. XIX asr oʼrtalaridan boshlab qoraqalpoq yerida ham urug qabilachilik munosabatlarida oʼzgarish boshlandi. Аyni paytda yerga jamoa boʼlib egalik qilish ham barham topa boshladi. Endilikda uning oʼrnida yirik zamindorlik qaror topdi. Ular orasida 15 ming tanobgacha yerga egalik qiluvchilar ham bor edi.
XIX asr boshlaridan boshlab Xiva xonligi qoraqalpoqlarni oʼziga tobe etish uchun kurash boshladi. 1803 yilda xon Eltuzar qabilalararo nizodan foydalandi va qoraqalpoqlarning xitoy qabilasini boʼysundirdi.
1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibiga kirganlar. Xon qoraqalpoqlar yerida qalʼalar qurdira boshladi. Qoraqalpoqlar endi xon uchun harbiy majburiyat oʼtaydigan boʼldilar. Urush davrida qoraqalpoqlar 1000 nafardan 2000 nafargacha navkar yetkazib berish majburiyatini oldilar. Bundan tashqari, urush paytida har bir xoʼjalik qozon soligi degan soliq toʼlashga, sugorish inshootlarini qurish va taʼmirlash ishida ishtirok etishga duchor etilganlar. Qoraqalpoqlar 1827 yilda xonga qarshi qoʼzgolon koʼtardilar. Qoʼzgolonga qoraqalpoqlarning eng badavlat toifalariga mansub Oydoʼstbiy rahbarlik qilgan.
Muhammad Rahimxon I davri (1806-1825) da Oydoʼstbiy yuqori mansabga koʼtarilib, saroyga yaqinlashgan. Muhammad Rahimxon taxtga oʼtirgan kuni unga zarbof toʼn, oltin sopli xanjar sovga qilingan. U barcha qoraqalpoq halqining biyi darajasiga koʼtarilgan. Oʼshanda Orol, Qoʼngirot eli Toʼramurod soʼfi boshchiligida mustaqil boʼlishga harakat qilgan. Bu harakat oldidan Oydoʼstbiy xondan yordam soʼragan. Xiva xoni yordamida Oydoʼstbiy Oqyoqish boʼyida (Hozirda Taxtakoʼprik tumanida) ulkan qoʼrgon qurdirgan. Qoʼzgolon oldidan qoraqalpoqlar orasida soliq yigish uchun Gadoyniyoz mahram yuborilgan. U qoraqalpoqlarning xitoy qabilasi boshligi Bekpoʼlatbiydan qoʼzgolon tayyorlanayotgani toʼgrisida eshitadi. Shundan keyin mahram qoʼngirot qabilasi boshligi Choʼnqorabiyning oʼgli Qobilbiy huzuriga keladi. Uning uyida qolib, odamlarini Xivaga joʼnatadi. 1827 yil 25 iyulь kuni xon Oydoʼstbiy boshchiligidagi tayyorlanayotgan qoʼzgolon haqida eshitadi. Xon Oydoʼstbiy qoʼzgolonchilarini yoʼqotish uchun mahsus qoʼshin toʼplab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qoʼmondon tayinlaydi va Xoʼjayli shahriga joʼnatadi. Shahar atrofida askarlar oʼrnashadi.
Oydoʼstbiy qoraqalpoq kadxudo va biylarni toʼplab, Orol dengizi boʼyida Sori atov degan mavzuda mashvarat qiladi. Yigilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar joʼnatib, shunday buyruq beradi: «Hamma bola-chaqasi bilan qoʼzgolonga yigilsin. Kimda-kim bosh tortsa, u dushman hisoblanadi». Natijada barcha qoraqalpoqlar toʼplanib qulay yerda xandak qazib, shoh-shabbalar va aravalar bilan mudofaa toʼsigi qurishgan. 29 iyulda Oydoʼstbiy oʼzining ikki oʼgli Rizo va Toʼrani 300 botirga bosh qilib, Qoʼngirot qoʼrgoniga chopovulga yuboradi. Oʼshanda Qoʼngirot hokimi Muhammad Yaʼkub Mushrif qoʼrgon mudofaasini uyushtirgan. Urush peshingacha davom etgan. Oydoʼstbiy askarlarining bir qanchasi nobud boʼlgan. Baʼzilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, Toʼra ham bor imkoniyatni ishga solsalar-da, yengilganlar.
Xoʼjayli shahri atrofida turgan Muhammad Nazar inoq hamda Muhammad Rizo qushbegi uchun ham xonning qoʼzgolonchilariga qarshi qoʼshin yuborish haqidagi farmoni keladi. Ular yovmut va shavdor qabilalaridan askar toʼplab, Suyinbiy, Doʼsimbiy, Muhammad Niyoz yasovulboshilar boshchiligida qoʼzgolonchilarga qarshi joʼnatadi. Bular orasida qoraqalpoqlardan yigilgan odamlar ham bor edi. Jumladan, Davlatnazarbiy boshchiligida askarlar Oydoʼstbiy odamlarining yengilganini yeshitib, oʼziga yaqin odamlari bilan Sori otovni tashlab ketishga majbur boʼladi va Qoʼqon tarafga yoʼl oladi. Muhammad Nazar inoq uning habarini eshitib, Oydoʼstbiy odamlari orasidan saralangan qoʼshin joʼnatadi. Qoʼshin ikki kun deganda Chirikrabot mavzeida Oydoʼstbiy odamlarini oʼrab oladilar. Natijada qoʼzgolonchilar maglubiyatga uchradilar.
Qoraqalpoq halqining madaniyati. Chimboy, Qoʼngirot, Xoʼjayli shaharlarida qoraqalpoq hunarmandlari koʼpchilikni tashkil qilgan. Masalan, temirchi, duradgor, kigiz bosuvchilar, zargarlar, boʼyoqchi, kulolchi, toʼqimachi kabilar. Ustaxonada 3-4 odam ishlagan. Shogirdlar 12-13 yoshdan qabul qilingan. Orol dengizi boʼyi Terbenbes ovulida Аrzimbet zargarning ishlari tarixiy asarlarda taʼkidlanadi. U qoraqalpoq ayollarining sevimli bezagi savkalani moxirona ishlagan. Sirga, bilaguzuk, uzuk, haykal, oʼngirmunchoq, zebigardon tumorchalar ham yasagan. Аyniqsa, qoraqalpoq yigitlari qiyadigan choʼgirmalarini tikish yuksak mahorat talab etgan.
Yana boʼrk tikib kiyishgan. Uni qoraqalpoqlar quroch deb atashadi. Аyollar, qizlar kiyimlari orasida ham asrlar osha qadri tushmay kelayotganlari bor.
Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qoʼngirot, Qipchoq kabi shaharlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud boʼlgan. Mazkur shaharlarning eng yirigi Qoʼngirot boʼlib, u Orolliklar markazi boʼlgan. Xoʼjayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi boʼlib, bojxona shu shaharda joylashgan. Yana Mangit, Chimboy, Janga qalʼa, Oydoʼs qalʼa, Ernazar qalʼa, Koʼk oʼzak, Eshon qalʼa shaharlari qoraqalpoq halqi tomonidan yaratilgan madaniy va meʼmorchilik yodgorligi markazlari hisoblanadi.
Qoraqalpoq yoshlari Buxoro va Xiva shaharlarida oʼqiganlar. Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum Eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oybit eshon, Eshonqalʼa va boshqa mavzelarda madrasalar boʼlgan. Qoraqalpoqlar oʼz toʼy-maʼrakalarini qoʼshiqsiz, dostonlarsiz, tarixiy xangomalarsiz oʼtkazmaydilar. Ularning halq ogzaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folьklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular oʼz soʼz ustalari boʼlgan chechanlarni, jirov-baxshilarini qattiq sevdi. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.
Oʼzbeklarning afandisi boʼlsa, ularning Oʼmirbek laqqasi bor. Qoraqalpoqlarning qaxramonlik dostonlari qadimdan maʼlum. Ulardan «Qirqqiz», «Аlpomish», «Koʼblan», «Mastpodsho» dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Qoraqalpoqlarning halq qoʼshiqlarida el yoʼlboshchilari, qahramonlari Maman botir, Esangeldi mahram, Oydoʼstbiy, Ernazar biylar uluglanadi. Qozoq maʼrifatparvar olimi Choʼqon Valixonovaning «Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qoʼshiqchilar, shundan keyin qirgizlar ham turkmanlar», degan soʼzlari bejiz aytilmagan.
Qoraqalpoq halqi ogzaki ijodi janr jihatidan lirik va epik asarlarga boʼlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |