3. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda mahalliy Soliq siyosatini tartibga solish amaliyoti.
Bugungi kunda davom etayotgan va tobora jiddiylashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan izchil iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‘ymoqda. Bunda samarali iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o‘rinni egallamoqda. Shu bilan birga umumiy iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga yo‘naltirilgan yaxlit davlat budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‘liq bo‘lmoqda.
Soliq tushumlari muhim makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy jarayonlar ko‘lami va ulardagi rivojlanish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan, moliyaviy oqimlarni boshqarishda davlatning muhim instrumenti hisoblandigan davlat budjetini mablag‘ bilan ta’minlaydi. Zero, oxirgi yillarda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bo‘layotgan jarayonlar va birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez o‘zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning ko‘plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va o‘sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Shundan kelib chiqib 2015 yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati 108 foiz darajasida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu borada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 6 foizga ko‘payishi belgilanmoqda. Bugungi kunda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga berilayotgan e’tibor, xususan, yaratilayotgan soliq imtiyozlari va preferentsiyalar sohaning ravnaq topishida, uning iqtisodiyotdagi ulushining ko‘payishida namoyon bo‘lmoqda. 2005 yildan boshlab amalda bo‘lgan, soddalashtirilgan tartibdagi yagona soliq to‘lovi tadbirkorlarga katta qulayliklar yaratdi. Agar yagona soliq to‘lovining avvalgi tartibi bo‘yicha 1996 yilda soliq stavkasi 38 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2012yilga kelib yagona soliq to‘lovi 5 foizni tashkil qildi yoki 1996 yilga nisbatan 6,3 marta qisqardi. 2012 yildan esa sanoat sohasidagi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizni tashkil qildi. Yagona soliq to‘lovi stavkasining bu qadar tushirilishi korxonalar tomonidan olinadigan foyda miqdorini sezilarli ravishda oshirdi. Bunga birgina misol, 2013 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 6 foizdan 5 foizga kamaytirilishi natijasida qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ korxonalarning o‘zida qoldi. Bu esa ushbu mablag‘ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda korxonalar foydasini ham oshirdi
2022 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
O‘tgan yilda mamlakatimizda soliq yuki sezilarli darajada pasaytirilganiga qaramasdan, davlat budjetining daromadlar qismi bo‘yicha ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilgani, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foizni tashkil etdi (2.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |