2.Mahalliy budjet-soliq siyosati yaxlitligining mazmuni, mohiyati vazifalari Budjet-soliq siyosati iqtisodiy siyosatning yadrosi hisoblanadi hamda o‘zida jamiyat institutlari va aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Budjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikning bosh omilidir. Davlat budjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromadlari va xarajatlaridir. Bularning bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin.
Budjet siyosatining bilvosita usullari bo‘lib, soliqlar va soliqsiz to‘lovlar orqali iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarining o‘zgarishi, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to‘lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatish mumkin, bunda soliq to‘lovlarning moddiy qiziqishlari budjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Budjet siyosatining bevosita usullariga esa budjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatish kiradi.
Zero, prezidentimiz ta’kidlaganidek, “2010 yilda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasiga muvofiq demokratik va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, davlat va ijtimoiy institutlar hamda sud tizimini isloh etish borasidagi vazifalarni izchil amalga oshirish eng ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidlash lozim.”
Davlat budjet-soliq siyosatining strategik vazifasi - davlat mablag‘larini tuzilmaviy qayta qurishni, iqtisodiy mustaqillikni va oxir-oqibatda aholi farovonligining oshishini ta’minlash uchun rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti va uning infratuzilmasiga maqsadli ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirishdan iborat. Bu erda budjet-soliq siyosati deganda, davlatning budjet daromadlarini optimal
shakllantirish va davlat xarajatlarini ratsionalizatsiya qilish uchun soliq olishni takomillashtirish sohasidagi siyosati tushuniladi. Zero, “2015 yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati 108 foiz darajasida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu borada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 6 foizga ko‘payishi belgilanmoqda.”4
Ayni paytda budjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni o‘stirishga va uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Prezidentimiz aytganlaridek, “Joriy yilda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish mo‘ljallanmoqda. Xizmatlar ko‘rsatish hajmini 15,6 foizga oshirish va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54,5 foizga etkazish nazarda tutilmoqda.”5
Budjet-soliq siyosatining hususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta’minlash va kelib tushgan pul mablag‘larini xarajat qilish, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, aholining optimal bandligini ta’minlashi zarur.
Budjet-soliq siyosati tor ma’noda makroiqtisodiy barqarorlik va mustahkam iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni va bosqichma-bosqich valyuta bozorini erkinlashtirish, aholining barqaror moddiy farovonligini ta’minlash va aholining ijtimoiy himoyasini oshirish kabi umumdavlat makroiqtisodiy vazifalarni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet-soliq siyosatining asosiy vazifalari iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi. “Ayni paytda inflyatsiya darajasi 5,5 – 6,5
shakllantirish va davlat xarajatlarini ratsionalizatsiya qilish uchun soliq olishni takomillashtirish sohasidagi siyosati tushuniladi. Zero, “2015 yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati 108 foiz darajasida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu borada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 6 foizga ko‘payishi belgilanmoqda.
Ayni paytda budjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni o‘stirishga va uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Prezidentimiz aytganlaridek, “Joriy yilda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish mo‘ljallanmoqda. Xizmatlar ko‘rsatish hajmini 15,6 foizga oshirish va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54,5 foizga etkazish nazarda tutilmoqda.”Budjet-soliq siyosatining hususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta’minlash va kelib tushgan pul mablag‘larini xarajat qilish, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, aholining optimal bandligini ta’minlashi zarur.
Budjet-soliq siyosati tor ma’noda makroiqtisodiy barqarorlik va musthkam iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni va bosqichma-bosqich valyuta bozorini erkinlashtirish, aholining barqaror moddiy farovonligini ta’minlash va aholining ijtimoiy himoyasini oshirish kabi umumdavlat makroiqtisodiy vazifalarni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet-soliq siyosatining asosiy vazifalari iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |