12
2.Bob. JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI KASBIY
TAYYORGARLIK JARAYONLARI
Talabalar sog‘ligini mustahkamlashga, organizmni chiniqtirishga, ularning
xar tomonlama jismoniy
rivojlanishiga yordam berish; Talabalarning jismoniy
madaniyat darslarida olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish
xamda kengaytirish; Talabalarni yaxshi dam olishlarini tashkil etish; talabalarda
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga ishtiyoq uyg‘otish.
Sinfdan tashqari ishlarga talabalarni yoppasiga jalb qilish uchun
mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishning xilma-xil shakllaridan foydalanish
lozim. Bunda ularning yoshi, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinadi.
Talabalar bilan amaliy ish olib borish uchun to‘garaklar tuziladi. Birinchi
navbatda butun yil davomida ishlaydigan umumiy jismoniy tayyorgarlik
to‘garaklari tashkil etiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik to‘garagiga iloji
boricha ko‘proq talabalarni,
shu jumladan, jismoniy rivojlanishda bir oz
oqsayotgan bolalarni ham jalb etish lozim. Sport to‘garaklarining rahbarlari
muayyan sport turining mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslubiyatini, bolalar bilan olib
boriladigan mashg‘ulotlarning o‘ziga xosligini yaxshi bilishlari kerak.
Sayrlar, ekskursiyalar va yurishlar katta ta’lim va tarbiya ahamiyatga
molik. Chunki bu jarayonda bolalar tabiat, jonajon o‘lka va uning diqqatga
sazovor joylari bilan tanishadilar. Bu tadbirlar yurish, yugurish va o‘yin
malakalarining takomillashishiga
yordam beradi, organizmni chiniqtiradi va
bolalar sog‘ligini mustahkamlaydi hamda yurish-turish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish,
joyni mo‘ljalga olish va xokazo ko‘nikmalarni egallashga imkon yaratadi.
Shuningdek, ular bolalar jamoasini qaror toptirish va mustaxkamlashda, do‘stlik,
o‘rtoqlik hissini tarbiyalashda bebaho rol o‘énaydi.[11.28.48]
O‘éinlar. Ko‘ngil ochishlar. Talabalar bilan olib boriladigan sinfdan
tashqari ishning eng oddiy va ommaviy, shakli o‘yin hamda ko‘ngil ochishlardir.
O‘yinlar talabalarning kichik guruhlari bilan ham, ikki-uchta sinf talabalarining
katta guruhlari bilan ham uyushtiriladi. Guruh qanchalik katta bo‘lsa, o‘yin
13
tashkilotchilari va o‘yinboshi talabalar unga shunchalik yaxshi tayyorlangan
bo‘lishlari kerak.
Sport musobaqalari Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiyaga oid sinfdan
tashqari ishning eng qiziqarli shakllaridan biridir. Ular talabalarni uyda va
jismoniy madaniyat jamoalaridagi doimiy jismoniy mashg‘ulotlarga jalb etishga
yordam beradi, talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, bolalar jamoasini
mustaxkamlaydi.
Musobaqalar, sinfdan tashqari ishning boshqa turlari qatori,
Ta’lim muassasalariíing umumiy yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yilining
boshida musobaqalarni o‘tkazish muddati, qoidalari va dasturlari aniq belgilab
olinadi. Bu muddatlarni hisobga olgan holda musobaqalarga oldindan
tayyorgarlik ko‘riladi. Har bir musobaqa muayyan nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
Nizomda musobaqaning maqsadi va vazifalari, vaqti va o‘tkazilish joyi,
qatnashuvchilar, dasturi, o‘tkazilish sharti va hisobga olish,
eng yaxshi
ishtirokchilarni va komandalarni mukofotlash tartibi, arizalar shakli va ularni
taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
Jismoniy tarbiyaga oid ta’lim muassasalaridan tashqari ishlarga Bolalar va
O‘smirlar Sport Ta’lim muassasalariè, Olimpiada Zaxiralari Sport Ta’lim
muassasalariè, Sport Mahoratini Oshirish Ta’lim muassasalariëarida sport turlari
bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari kiradi. Bu muassasalarda talabalar sport
turlari bo‘yicha maxsus tayyorgarliklar o‘tadilar. Sport turlari bo‘yicha
ixtisoslikka erishadilar. Shuningdek, jismoniy tarbiyadan ta’lim muassasalaridan
tashqari ishlarga ta’lim muassasalariëar o‘rtasidagi har xil sport musobaqalari va
bayramlardagi bellashuvlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari kiradi. Yashash joylarida
hamda Oilada jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish
ham shu soha vazifasi
hioblanadi.
Jismoniy tarbiyaga oid ta’lim muassasalaridan tashqari ishlarga ta’lim
muassasalari direktori, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda
ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya jamoasi rahbari boshchilik qiladilar. Ular
har bir talabaíi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil
etishlari va nazorat qilib borishlari hamda rag‘batlanitirib turishlari shart.
14
Jismoniy tarbiya mutaxasisslari tayyorlashda quyidagi talablarga amal
qilinadi. Hozirgi vaqtda Oliy ta’lim tizimida muhim tarixiy vazifani amalda
to‘laroq hal etish-mamlakatimiz xalq xo‘jaligiga yuqori malakali va bilimdon
mutaxassislar etkazib berish masalasi hal etilmoqda.
bu sohada mutaxassislar
tayyorlashni rejalashtirishda yaxshi tajribalar orttirilgan, hozir xalq xo‘jaligining
hamma sohalarini fan, madaniyat va san’at mutaxassislari bilan ta’minlash rejali
ravishda amalga oshirilmoqda. Oliy ta’lim va xalq xo‘jaligining o‘sib
borayotgan talabini va kelajagini hisobga olib ish ko‘rmoqda. Buning uchun
Oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari tarkibi ta’limining to‘rt shartiga;
o‘z fanini a’lo darajada bilish, o‘z kasbini jonu-dilidan sevish va talabalarda ham
shu fanga muhabbat uyg‘otish, sinab ko‘rish va amaliy ishlarni hozirgi davr
talablari asosida uyushtirish, chuqur bilimga ega bo‘lishga rioya qilib
kelmoqdalar. Endigi asosiy vazifa tayyorlanayotgan mutaxassislarning‘ sifatini
yanada yaxshilashga, ularni ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor mutaxassislar qilib
tarbiyalashga erishishdan iboratdir. Bu o‘z navbatida talabalarni ta’lim berishni
talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: