I. Kirish II. Asosiy qisim 3d studio max dasturi haqida umumiy tushunchalar 3d maxda animatsiya yaratish



Download 0,92 Mb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#779396
  1   2   3   4
Bog'liq
Kamp grafikasi mustaqil ish


Mavzu: 3DS-MAX dasturida animatsion effektlardan foydalanish
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qisim
1. 3D Studio MAX dasturi haqida umumiy tushunchalar
2. 3D Maxda animatsiya yaratish
3. 3D Studio Max dasturida ob’yektlar yaratish
III.Xulosa
XXI asr «Axborot texnologiyalari» asri deb bejizga aytilmagan. Kundalik turmushimizning har bir jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buning natijasida, 0 ‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari deganda, multimediya, internet, WEB -texnologiya, elektron virtual kutubxona, masofadan turib taiim berish, taqdim etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi. Bu esa, bugungi kunda pedagog kadrlardan nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha, balki zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham m aium bilimlarni chuqur egallashni va ulami yoshlarga, ayniqsa o‘quvchi hamda talabalarga o‘rgatishni talab qiladi. Shu bois umumtaiim maktab, KHK va 0 0 ‘Yularida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir professoro‘qituvchilar zimmasiga zamonaviy grafik dasturlardan foydalanib grafik tasvirlami kompyuterda bajarishga o‘rgatish vazifasini yuklaydi. Hozirgi kunning talabidan kelib chiqadigan bo'lsak, muhandislik grafikasi fanlari ocqituvchilari asosiy zamonaviy grafik dasturlar, ya’ni PhotoSHOP, CorelDRAW, Macromedia Flash, 3ds MAX, va AutoCAD dasturlari kabilardan dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va ulardan foydalanib chizmaning primitiv-elementlarini kompyuterda loyihalashni bilishlari lozim. Chunki, har qanday zamonaviy elektron animatsiyali o‘quv ishlanma va videolavhalami ishlab cliiqishni bu dasturlarsiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, elektron o‘quv ishlanmalami mukammal yaratish uchun chizmachilik o‘qituvchilaridan yuqorida keltirilgan grafik dasturlar to'g'risida dastlabki tushunchalariga ega bo‘lishi hamda juda bo‘lmaganda bittasini to‘liqroq bilishni taqazo etadi. Shu bois darslikning birinchi bobida PHOTOSHOP, CorelDRAW, Flash, 3ds MAX va AutoCAD dasturlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berilgan. Ikkinchi bobida esa, loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan xalqaro dastur hisoblangan AutoCAD dasturida 2D va 3D formatlarda grafik tasvirlarni qurish algoritmlari batafsilroq bayon qilingan.
Bugungi kun talablari va zamonaviy sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda “3D texnologiyalar” fani ko‘pgina sohalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu sohalardagi jarayonlarning kechishini bevosita uch o‘lchovli modellarini qurish va ularni animatsiya ko‘rinishida kuzatuvchilarga taqdim etishlar sababli unga bo‘lgan talab tobora o‘shib borayotganligini kuzatish mumkin. Oxirgi yillarda ta’lim tizimida zamonaviy 3 D texnologiyalaridan foydalanishga, xususan, multimediaga asoslangan texnologiyalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi ta’lim tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan, uni tashkillashtirishning asosiy vositasiga ham aylandi.Bunga misol eng tez rivojlangan va yuqori samara ko‘rsatgan ta’lim texnologiyalari axborot-kommunikatsiyalar asosida tashkillashtirilganidir. Masalan, Cloud Computing, Mobile Learning, Tablet Computing, Open Content Learning, Analytic Learning, Virtual and Remote Laboratories. XXI asr ta’lim tizimi bevosita 3 D dunyo va multimedia texnologiyalari bilan bog‘langan. Oxirgi o‘n yillikda internet tarmog‘ida juda yuqori samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, multimedia texnologiyalari va 3 D texnologiyalarining keskin rivojlanishi va internet bilan integrallashuvi uning imkoniyatini yanada boyityapti. Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun tegishli sharoitlarni yaratish ta’lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyalarga asoslangan muhit tashlkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalari va kompyuter grafikasidan foydalanish dars jarayonini interfaol shaklda olib borishga imkon beradi. 5 “3 D texnolgiyalar” hozirgi kunda eng rivojlanayotgan va yosh sohalardan biri bo’lib, kundalik hayotimizda zamonaviy, dizaynga ega loyihalar yaratishda eng qulay texnologiyalardan hisoblanadi. 3D-modellashtirish o‘zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanib, 3D-modelni (yoki uch o‘lchovli obyekt ko‘rinishidagi karkas model) ishlab chiqish tartibini ifodalaydi. Uch o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o‘zaro bog‘langan ko‘pgina nuqtalar yordamida yaratiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda. U quyidagi: o‘yinlar, ya’ni realistik personajlarning modellashtirilishi amalga oshirilishi; tibbiyot — inson tanasi organlarining alohida modellarining yaratilishi; muxandislik — transport vositalari, yangi qurilma va inshootlar modeli ishlab chiqilishi; kinomatografiya — turlicha maxsus effektlar va xayoliy personajlar yaratilishi kabi soxalarni qamrab olmoqda. Shuningdek, reklama soxasida ham 3D-modellashtirishdan yetarlicha foydalanib kelinmoqda. “3 D texnologiyalar” fanining asosiy maqsadi talabalarni yangi zamonaviy talablar asosida kompyuter grafikasidan foydalangan holda uch o’lchovli o’byektlarni modellashtirish, animatsiyalash, kameralar bilan ishlash, yorug’lik manbaalari, uch o’lchovli grafikaning asosiy uskunalari va ularning imkoniyatlari to’g’risida talabalarga bilm, malaka va ko’nikmalar berish. Qo‘llanma materiallari murakkablik darajasining ortishi tartibida tuzilgan



  1. 3D Studio MAX uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin.3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o’lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo’ladi. Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o’zgartirgan holda ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo’ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko’rinishida komp’yuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish