I kirish: I. Bob: O’zbekiston estrada musiqasi rivojlanishi


II.BOB: O‘ZBEKISTONDA MUSIQA ESTRADASI RIVOJLANISHINING ASOSIY OMILLARI



Download 92,66 Kb.
bet6/10
Sana14.06.2022
Hajmi92,66 Kb.
#671482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
II.BOB: O‘ZBEKISTONDA MUSIQA ESTRADASI RIVOJLANISHINING ASOSIY OMILLARI
2.1. O’zbekistonda estradaning rivojlanishining ko’rinishlari
Estrada (ispancha — taxtasupa), estrada sanʼati — 1) keng maʼnoda — koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor maʼnoda — sahnaviy professional sanʼat turi. Rossiya va boshqalar baʼzi mamlakatlarda E., Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. E.ning kelib chiqishi xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq boʻlsada, u muayyan (tijoratommabop) sanʼat turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. E.ning asosiy shakli — maxsus joylarda, muntazam ravishda oʻtkaziladigan E. konsertidir. U bir nechta (yoki yakka) artist (soʻz ustasi, xonanda, raqqos, aktyor va boshqalar)ning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat boʻlib, ifoda vositalarining loʻnda va yorqinligi, oʻziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda boʻlishi bilan ajralib turadi. E. tomoshalari baʼzan konferansye birlashtirgan mavzuli dastur asosida tuziladi. Yevropada E. tomoshalari dastlab kafe va restoranlarda, keyinchalik moslashtirilgan teatr binolari va boshqalar joylarda oʻtkazilgan. Ularda soʻz ustalari, qoʻshiqchilar, raqqos va raqqosalar, shuningdek, akrobat, koʻzbogʻlovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, felyeton, hajviy hikoya kabi nutq janrlari, E. (milliy, bal va boshqalar) raqsya, kuplet va E. qoʻshigʻi, koʻpgina sirk turlari (akrobatika, jonglyorlik, fokus va boshqalar), teatr miniatyurasi, qoʻgʻirchoqbozlar chiqishlari, pantomima va boshqalar mavjud.
Oʻzbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida boʻlgani kabi) E.ning rivojlanishi quyidagi koʻrinishlarda boʻlgan: bir tomondan unda anʼanaviy sanʼat namunalari sahna talablariga moslashtirib oʻzgartirilgan (mas, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziq\shsh askiya anʼanalariga asoslangan konferansyelik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turgʻunboyeva Usta Olim bilan birgalikda ijod qilgan "Paxta", "Pilla" kabi ommaviy sahna raqslari). Ikkinchi tomondan Oʻzbekiston E.si chet el sanʼati shakl va uslublari (mas, jaz, estrada orkestri, myuzikxoll)ni oʻzlashtirishi bilan boyidi. 1956-yildan Oʻzbek estrada teatri, keyinchalik Oʻzbek davlat estrada birlashmasi (1996-yilgacha) faoliyat koʻrsatgan.
Hozirda Oʻzbekistonda E. sanʼatini rivojlantirish, E. jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar "Oʻzbeknavo" birlashmasiga yuklatilgan. E. oʻquv yoʻnalishi sifatida maxsus taʼlim tizimiga kiritilgan. 1996-yildan Toshkent estrada kolleji, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va boshqalar sanʼat (musiqa) oʻquv yurtlarida E. ftlari faoliyat koʻrsatmoqda (yana q. Miniatyuralar teatriOmmabop musiqa).
Jamiyatimizning eng muhim vazifalaridan biri o‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni voyaga yetkazishdir. Ana shu tarixiy vazifani hal qilishning asosiy omili murakkab va ko‘p qirrali tarbiya tizimidan iborat. Mazkur tizimda yosh avlodni musiqa ta’limi orqali tarbiyalash muhim ro’l o‘ynaydi.Musiqa ta’limi yosh avlodning milliy ma’naviyati va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Yosh avlodni tarbiyalashda musiqa ta’limining o‘rni katta ekanligiga yurtboshimiz ham alohida e’tibor qaratmoqdalar. Prezident I. Karimov musiqa san’atining inson hayotidagi o‘rni va ro’liga baho berar ekan shunday ta’kidlaydi: “SHarq musiqasi – sharq falsafasi – sharq dunyosining uzviy bir qismidir. Sharq musiqasining jahon merosida tutgan o‘rni benihoya buyuk... Bu musiqa ming – ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda. O’zining yuksak jozibasi bilan dunyo madaniyatiga ozuqa berib, umumbashariy qadriyatlarga munosib hissa qo‘shmoqda” deganlari bejiz emas.
Oʻzbekistonda musiqa asosan xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq musiqasida lapar, terma, yalla, qoʻshiqlarning turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqa), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar mavjud. Oʻzbek musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin ( Buxoro-Samarqand musiqa uslubi,
Xorazm musiqa uslubi, Fargʻona — Toshkent musiqa uslubi, SurxondaryoQashqadaryo musiqa uslubi). 20-asrda oʻzbek va Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa merosini yozib olish va oʻrganish boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari nashr etildi. Bastakor, xofiz va sozandalar oʻzbek musiqa merosi durdonalari (Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg’ona-Toshkent maqom yoʻllari) ni keng targʻib qilibgina qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining mualliflari boʻlishdi. 1930—40- yillarda Oʻzbekistonda avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik musiqa, kamer musiqa) kabi musiqa janrlari yuzaga keldi. Ayniqsa, 1950—60- yillardan boshlab Oʻzbekiston kompozitorlari ijodi keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy musiqaning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “2009-2014 yillar davomida san’at maktablarini rivojlantirish va moddiy texnika ba’zasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi farmonida yosh avlodning o‘zbek madaniyati va san’ati boy merosidan bahramand bo‘lib, zamonaviy san’at maktablarida ilg‘or jahon andozalari asosida bilim olishini ta’minlash hamda ushbu sohada o‘qituvchilari, ijtimoiy-ijodiy xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, shuningdek, respublikada madaniyat va san’at bilim yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida olib borilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalar ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Hozirgi kunda musiqa ta’limi va musiqa bilim dargohlari takomillashib bormoqda. O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk musiqa dargohlarini Buxoro musiqa maktablari, Samarqand musiqa va xoreografiya institutlari bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, hozirda musiqa ta’limiga naqadar katta e’tibor qaratilayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Bilamizki, musiqa insonning tarbiyasida juda muhim o‘rin tutish shakshubhasizdir. Musiqa tarbiyasi bo‘yicha xalqaro jamiyatning IX konferensiyasida uqtirilganidek, musiqa insonning ma’naviy dunyosiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi va unga o‘zining har qanday faoliyat sohasida, har qanday kasb-korida zarur bo‘ladigan ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishda yordam beradi.
Ma’lumki, har bir xalq yuksak axloqiy va estetik ideallarning yaratuvchisi hamda davomchisi hisoblanadi. Yoshlarni tarbiyalashda o‘zbek xalqining musiqa madaniyati namunalaridan foydalanish muammosini hal qilish g‘oyat muhimdir. Binobarin, yosh avlodni xalq musiqasi vositasida tarbiyalashning asosiy prinsiplari hamma vaqt ham zarurdir. Demak, barcha sohalarda bo’lgani kabi musiqa pedagogikasida ham tub islohotlar izchil davom ettirildi, o’quv dasturlari, darsliklar mazmuni xalqimizning milliy madaniy yutuqlari, jahon musiqa ilmi va ta’limida erishilgan ilg’or tajribalar asosida shakllantirildi, Shu munosabat bilan Sharq musiqa madaniyatining, shu o’rinda eng mukammal tarixiy ildizlariga ega bo’lgan o’zbek xalq musiqasi hamda musiqa ma’rifatining taraqqiyoti, uning ayrim sohalari, janrlari, musiqani ta’lim-tarbiyaviy jihatlari yoritilgan ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Amaldagi ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari uchun darsliklarning yangi avlodi yaratildi va ularni uzluksiz ravishda takomillashtirish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Biz esa musiqa ta’limi jarayonida xalqimizning milliy qadriyatlari, urfodatlari, an’analari, o‘zbek milliy musiqa merosi va qo‘shiqlaridan keng foydalanishimiz zarur. Yoshlarni axloqiy va estetik ruhda tarbiyalashda xalq musiqa madaniyatidan foydalanishimiz zarurligini ana shu bilan izohlashimiz mumkinki, xalq tarixni harakatlantiruvchi kuchdir, san’atning barcha turlarini, shu jumladan musiqa san’atini ham ta’minlaydigan hayotdagi donolikning, axloqiy poklikning jonli manbaidir.
Shunday ekan, musiqa ta’limining yangi prinsiplarini, dars usullarini ishlab chiqishda xalq qo‘shiqlariga aloxida e’tibor qaratish lozim.
Biz O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk musiqa dargohlarini ularning uslublarini, holatini o‘rganish bilan bir vaqtning o‘zida mustaqil O‘zbekistonimizning musiqa ta’limning takomillashuvini o‘rganishimiz va uni rivojlantirishning yangi uslub va vositalarini ishlab chiqishimiz lozim. Bu-albatta, musiqa o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
O‘qituvchilar, xususan, musiqa o‘qituvchilari yosh avlodni vatanparvarlik hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashlari, bunday boy milliy ma’naviy merosimiz, hozirgi zamon ijodiy yutuqlarimiz, shuningdek, umuminsoniy
qadriyatlarni hurmat qilish, o‘rganish va o‘zgartirish ishlarini yanada yaxshilash choratadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshirishlari, umuman olganda, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashlari lozim. Zero, musiqa ta’limini takomillashtirish, unga e’tibor qaratilishining asosiy sababi ham ana shunda.


Download 92,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish