Mundarija:
I. Kirish 3 va ularning turlari 6
2.1 EXCEL electron jadval elementlari. 7
2.2 To’rt xil electron jadval programmasi. 8
2.3 Ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari. 9
III. Microsoft Excel dasturini ishga tushirish 11
3.1 Microsoft Excel dasturini bir necha usu bilan ishga tushirish mumkin. 11
3.2 Elektron jadval hisoblagichni ahborotlar ombori
sifatida ishlatish. 12
3.3 Excel dastur oynasining asosiy elementlari. 16
IV. Ilovalar darchasining asosiy elementlari 24 5.1 Yacheykadagi ma’lumotlarni tahrirlash 28
V. Sonlarni kiritish va ular bilan ishlash 26
VI. Formulalar haqida qisqacha ma’lumot 30
VII. Oylik maoshini hisoblash 32
VIII. Xulosa 39
I. Kirish.
Insononiyatning tabiyatni o’zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to’plashi axbrotni o’zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon infosferaning paydo bo’lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo’lishi axborotni o’rganish bilan bog’liq ekan.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutahasislarning roli benihoya kattadir. Prezidenditimiz ta’kidlaganlaridek: “Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy fikrga ega bo’lgan yuksak malakali mutahsislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlri, zamonaviy ma’daniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutahasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda.
Ma’lum vazifalarni hal etish natijasida yangi ma’lumotlar – bilimlar, ya’ni tizimlashtirilgan haqqoniy yoki sinovdan o’tgan xabarlar paydo bo’ladi. Ular qonunlar, nazariyalar hamda tasavvur va qarashlarning boshqa jamligi sifatida umumlashgan bo’lgan. Keyinchalik bu bilimlar o’zga vazifalarni hal etish yoki oldingisini aniqlashtirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar tarkibiga kiradi.
Axborot lotincha information so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqida ma’lumot ma’nosini anglatadi.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o’z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarligi, barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir:
axborotning reprezentativligi – obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir.
axborotning mazmundorligi – semantic (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
axborotning yetarliligi (to’laligi) – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetatlitarkibga (ko’rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To’g’ri qaror qabul qilish uchun to’liq bo’lmagan, ya’ni yetarli bo’lmagan, huddi shuningdek, ortiqcha bo’lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.
axborotning aktualligi (dolzarbligi) – axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinmikasi hamda ushbu axborot paydo bo’lgan vaqtdan buyon o’tgan vaqt oralig’Iga bog’liq bo’ladi.
axborotning o’z vaqtidaligi – uning avvaldan belgilab qo’yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
axborotning aniqligi – olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hakazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
axborotning ishonarliligi – axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish hususiyati bilan belgilanadi.
Axborotning barqarorligi – axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o’zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, hususiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot – insonlar o’rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.
Axborot texnologiyasi – bu axboriy ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malika ma.nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.Texnologiya obyektining dastlabki, boshlang’ich holatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi.
Xisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari xayolga ham keltirib bo’lmaydigan hajm va tezkorlikda yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish, ya’ni avtomatlashtirilgan haolda ishlov betish imkoniyatini yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi dunyo siviliziatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma’naviy qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham behad kengaymoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning yuqori darajada axborotlashgan bo’lishini talab etadi.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmag’I lozim.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarsi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellect, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oily shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalgam oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika bo’yicha Davlat Qo’mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo’yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |