O’z asarlarida kimyoviy idishlarni, eksperimental tajribalarning bajarish tartibini, boshqa laboratoriya jihozlari, tarozi, laboratoriya usullarini batafsil yozib qoldirgan
*a) Abu Bakr Roziy
b) Abdurahmon Xaziniy
c) Forobiy
d) al-Kindiy
Qaysi olim “Alkimyoga oid 12 kitob” asarida ma’lumot yozib qoldirgan ?
*a) Abu Bakr Roziy
b) Abdurahmon Xaziniy
c) Forobiy
d) al-Kindiy
Umumiy o’rta ta’limi muassasalarida kimyo o’quv fani chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari Kimyo fanini o’rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasini to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
*a) A2+
b) A1+
c) A2
d) A1
O’quv-metodik majmualarga nimlar kiradi?
*a) Darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua
b) Darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma
c) O’qituvchi uchun metodik qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua
d) O’qituvchi uchun metodik qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma.
Dars nima?
*a) Dars - bu sinfda aniq o’quv maqsadlariga erishish uchun belgilangan (odatda 45 minut) vaqt oralig’ida o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar bilan olib boriladigan, mazmuni mantiqan butun va yaxlit bo’lgan asosiy ta’lim-tarbiya jarayonidir.
b) O’qituvchining har bir o’quvchi bilan yakka tartibda ishlashi jarayoni
c) Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan aniq muddatda olib boriladigan jarayon
d) Dars ta’limning asosiy shakli
Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat:
*a) Yangi mavzuni o’zlashtirish darsi, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash darsi, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni takrorlash darsi, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni tizimga solish va umumiylashtirish darsi,o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni nazorat va baholash darsi, aralash (kompleks) dars.
b) Individual, frontal, guruhiy, jamoaviy.
c) Yangi mavzuni o’rganish darsi, mustahkamlash (refleksiya), yangi mavzuga oid amaliy ko’nikmalarni shakllantirish darsi, umumlashtirish.
d) Individual, frontal, guruhiy, jamoaviy, mustahkamlash (refleksiya).
Motivasiya bu-
*a) Ta’lim olishga undov, o’quvchilarni yangi mavzuga qiziqtirish, mavzuni dolzarblashtirish, mavzuga oid muammoni vaziyatni keltirib chiqarish
b) Yangi mavzuni yoritish
c) Umumlashtirish
d)O’quvchilarning mustaqil bilim olishi
Do'stlaringiz bilan baham: |