Foydalaniladigan intеrfеys
turi bo`yicha avtomatlashtirilgan axborot
texnologiyasini foydalanuvchining axborot va hisoblash rеsurslariga kirib borish
imkoniyati nuqtai nazardan ko`rib chiqish mumkin.
Shunday qilib, paketli avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi, axborotni
qayta ishlash avtomat tarzda amalga oshirilayotgan paytda foydalanuvchining unga
ta'sir ko`rsatish imkoniyatini yarata olmaydi. Bu shu bilan izohlanadiki, axborot
qayta ishlashni tashkil etish operatsiyaning dasturiy jihatdan ketma-ketligi
bajarolishiga bog`liq. Dialogli avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi paketli
avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasidan farqli ravishda, tizimda saqlanadigan
axborot rеsurslaridan ma'lum bir vaqt davomida foydalanish bo`yicha cheksiz
imkoniyatlar yaratib bеradi. Ayni paytda tеgishli masalalarni yechish va qaror qabul
qilish uchun zarur bo`lgan barcha axborotga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |