M .Imomnazarov, M .Lapasov, M .Sobirova M A’NAVIYaTSHUNOSLIK (Teoriya i istoriya natsionalьnoy duxovnosti)
ko’rsatmoqda. Ayniqsa, ―Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch‖ asari bu sohaning
mustahkam oyoqqa turishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Mustaqillik yillarida, birinchi navbatda, Prezidenti I.A. Karimovning
tashabbusi tufayli, bu mavzuga O’zbekiston ijtimoiy fan vakillarining e’tibori ham
kuchaydi. Qator risolalar, o’quv qo’llanma va dasturlar chop etildi
9
. Matbuotda
kun sayin bu mavzuda katta-kichik maqolalar e’lon etilmoqda. Ushbu kitob va
maqolalarda har kim aqli yetganicha ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berishga,
hech bo’lmaganda, munosabat bildirishga urinib kelmoqda. Ba’zan bir kishining
o’zi bir maqolaning ichida turli ta’riflarni keltirgan holatlar ham uchraydi.
Ma’naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo’lganligidan bunga hayron
bo’lmasa ham bo’ladi. Undan tashqari keltirilgan ta’riflarni barchasini
dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul noto’g’ri deb baholash ham insofdan emas,
chunki ularning ko’pchiligida masalaning qaysidir qirrasi o’z aksini topgan bo’lishi
mumkin.
Ammo, bir achchiq haqiqatni tan olish kerak, hanuzgacha ko’pchilik ilm ahli
masalaga jiddiy yondoshishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko’rib chiqilmagan
inson va jamiyat hayotidagi muhim yo’nalish, hassos bir sohaga kamoli e’tibor
bilan razm solishga muvaffaq bo’la olmayotirlar. Sababi, ko’pchilik ijtimoiy fan
vakillari hanuz 70 yil davomida onglariga singdirilgan begona nazariyalar, asossiz
metodologik qoliplardan xalos bo’lishlari qiyin kechayotir. Yana bir sabab -
ularning ko’pchiligi o’z vaqtida ajdodlar ma’naviy merosidan benasib
qoldirilganliklari tufayli bugungi kunda ham milliy ma’naviyatimiz mohiyatini
to’g’ri anglab yetish imkonini topa olmayotirlar. Faqat bu emas. Inson ruhida
shunday ojizlik ham bor-ki, nazarida oson yo’l turganda, qiyinroq, mashaqqatliroq
yo’lni tanlashga erinadi. Uning ustiga tirikchilik tashvishlari, kundalik mayda-
chuyda yumushlar. Xullas, jiddiy nazariy tadqiqotga na fursat bor, na bilim, na
havsala. Natijada, topshiriqni qanday qilib bo’lsa ham tezlik bilan bajarish
zaruriyati ustun kelib nazariy jihatdan nihoyatda no’noq va chuqur mulohaza qilib
ko’rilmagan ta’riflar qog’oz yuziga tusha beradi, muallif o’zi yaxshi anglab
yetmagan mavzuda dadil kitoblar yozib nashrga topshira beradi. Ba’zi misollar
keltiramiz: ―Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotda
sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot
tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.‖ Ikkinchi bir kitobda
shunday ta’rif keltiriladi: ―Ma’naviyat ko’proq insonning ichki, botiniy, yashirin
dunyosini aks ettirishdir....ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o’z-o’zini
anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go’zallik
9
E. Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T., ―Universitet‖,1998, 184 sah.; S.Otamuratov, J.
Ramatov, S.Xusanov. Ma’naviyat asoslari (Ma’ruzalar matni). T. 2000, 228 sah.; B. Ziyomuhammadov,
S. Ziyamuhammedova, S. Qodirova. Ma’naviyat asoslari. T., ―O’zbekiston milliy entsiklopediyasi‖,
2000, 192 sah.
bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-
zakovatini, yuksak maqsad va g’oyalarni qo’ya bilish, ularni amalga oshirish
uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir...‖
Do'stlaringiz bilan baham: