BIZ KELAJAGIMIZNI O’Z QO’LIMIZ BILAN QURAMIZ T om 7. 1999. 52b.
M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova «Ma’naviyatshunoslik» (Teoriya i istoriya natsionalьnoy
Ma’naviyat insonga insoniylik mazmun-moxiyatini beradi, uni akli raso, tafakkuri
kuchli, akl-idroki utkir, xar bir ishni oldindan uylab, rejalashtirib, okibatini
oldindan bilib, sezib amalga oshiradiganmavjudotga, Alloxning eng kudratli
bandasiga aylanishiga, chuksiz olkishlaru ofarinlarga sazovor bulishiga sabab
buladi. Ma’naviyat-bu insonga xos fazilatdir.
Inson ma’naviyat bilan tirik. Insщn suvsiz, xavosiz yashay olmaganidek,
ma’naviyatsiz, madaniy-ma’naviy bщyliklarsiz xam kun kura olmaydi.
Ma’naviyat insonga mщxiyatgina emas, balki muayyan maksad, kelajakka
ishonch bilan borish uchun katta umid, kuch-kudrat xam baxsh etadi. Inson akli,
goya, kobiliyat, iste’dod sifatida shakllangan ma’naviyat yotadi.
41
Siyosat va iqtisodning manbasi ham, maqsadi ham ushbu foniy dunyodan
tashqarida emas. Inson zoti bu sinov dunyosiga kirib kelar ekan, undagi moddiy
vujud iqtisodiy ehtiyojni tug’diradi, har bir tirik zot tug’ilgandan keyin kun
kechirish tashvishiga tushadi. Siyosat jamiyatga oid tushuncha, insonlar jamiyati
shakllangan ekan, unda turli shaxslar, toifalar manfaatlarini qaysidir bir usulda
muvofiqlashtirib turish ehtiyoji mavjud. Ushbu ehtiyoj siyosatni paydo qiladi.
Ma’naviyat ham shu moddiy olamda mavjud, undan tashqarida emas.
Ammo uning o’ziga xosligi shundaki, kelib chiqish manbasi ham, oldiga qo’ygan
maqsadi ham bu foniy dunyo bilan cheklanmaydi, boqiylik, abadiyat bilan
tutashadi. SHu ma’noda ma’naviyat asli baqoning fanoda zuhur etishidir.
Ma’naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham, siyosiy zarurat ham emas, lekin
moddiy ehtiyojlarni ham, siyosiy munosabatlarni ham mo’’tadil bir meyorda
ushlab turadigan buyuk qudrat. Jamiyat hayotida ma’naviyatga e’tibor susaysa,
iqtisod sohasida ham, siyosat sohasida ham o’pirilishlar yuz berishi, hayotiy
mezonlarga putur yetishi mumkin. Ma’naviyat, avvalo, insonning o’z mohiyati
oldidagi mas’ulligidir. Uning mohiyati esa Borliq abadiyatiga daxldor.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’zining yuqorida tilga olingan yangi
kitobida ma’naviyatga shunday ta’rif beradi: ―Ma’naviyat – insonni ruhan
poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir‖
Do'stlaringiz bilan baham: