I jahonning global muammolari haqida tushuncha


Kurs ishining dolzarbligi



Download 52,04 Kb.
bet2/12
Sana01.07.2022
Hajmi52,04 Kb.
#725055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Globa iqtisodiy muammolar

Kurs ishining dolzarbligi. Jahonning iqtisodiy global muammolarini tahlil qilish orqali ularning salbiy va ijobiy jihatlarini o’rganish va kelgusidagi makroiqtisodiy rivojlanishning samaradorligini oshirish yo’llarini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi. Jahonning global muammolarini tahlil qilishdan iborat. Shundan kelib chiqib kurs ishi davomida hal qilinishi lozim bo`lgan quyidagi vazifalar belgilandi:
- Iqtisodiyotning global maqsadlari;
- Insoniyatning global muammolari va ularni zamonaviy dunyoda hal qilish usullari;
- Inson- jamiyat tizimidagi global muammolar;
- Hozirgi bosqichda iqtisodiy rivojlanishning global muammolari ;
- O’zbekistonda barqaror bandlikni, muammolari va yechimlari ;
- Umumiy muammolarni bartaraf qilishning chora tadbirlari .
I BOB. JAHONNING GLOBAL MUAMMOLARI HAQIDA TUSHUNCHA
1.1 Iqtisodiyotning global maqsadlari
Jahon iqtisodiyotida XX-XXI asrlar boʼsagʼasida yangi – globallashuv degan
tushuncha paydo boʼldi. Globallashuv muammolari tarixchilar, iqtisodchilar, texnologlar, faylasuflar va koʼplab mamlakatlarning hukmron doiralari hamda jamiyat vakillari tomonidan bahs-munozaraga sabab boʼlmoqda. Globallashuv tarafdorlari va unga qarshi boʼlganlarning mavjudligi ushbu tushunchaning turlicha
talqin qilinishini anglatadi. Globallashuv tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy oʼsishni ragʼbatlantiradi, aholi faravonligini oshiradi, yangi ish oʼrinlari yaratilishiga imkon beradi. Globallashuvga qarshi boʼlganlar esa, u rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jinoyatlarning ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining oshishi va h.k.), ishlab chiqarishning atrof-muhitni ifloslantirishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bogʼliq muammolarning kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Umuman olganda, nima boʼlganda ham globallashuv jarayonini toʼxtatib boʼlmaydi. Tahlilchilar globallashuv jahon iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendentsiyalarga qanday taʼsir koʼrsatishini oʼrganishlari lozim.
“Globallashuv” tushunchasi ilk bora amerikalik olimlar tomonidan kiritilgan. T.Levit “Bozorlarning globallashuvi” nomli maqolasida globallashuvni ilgarilari tassavvur qilib boʼlmaydigan darajada koʼp koʼrsatkichlarga ega boʼlgan isteʼmol tovarlari standartlashishi uchun globalbozorlar paydo boʼlishi bilan bogʼliq yangi tijorat voqeligi deb atagan.
Iqtisodchi N.Trift globallashuvning quyidagi jihatlarini ajratib koʼrsatadi:
- moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablagʼlari shakllantiriladi, kreditlar beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi oʼrnatiladi;
- axborotlar ahamiyatining oshishi;
- global oligopoliyaning toʼxtovsiz kengayishi;
- tarnsmilliy korporatsiya (TMK)lar sonining ortishi;
- transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.
Kaliforniya universiteti professori M.Kastelьs globallashuv jarayonini “yangi kapitalistik iqtisodiyot” deb atab, unda axborot, bilim va axborot texnologiyalari ishlab chiqarish va raqobatbardoshlik oʼsishining asosiy manbai ekanligini taʼkidlaydi. Rossiyalik olima I.G.Vladimirovaning fikricha, globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalminallashuvining eng yuqori bosqichidir.V. Krivosheevaning taʼkidlashicha, globallashuvdan yashirinib boʼlmaydi. Global jarayonlar tobora mahalliy va hatto tuproq sharoitlariga taʼsir qilmoqda. Biroq, aniq qarshilikka qaramay, har bir kishi maʼlum darajada global tizim bilan bogʼliq. Аgar biz globallashuvning paydo boʼlishining oʼziga xos tarixiy bosqichi haqida gapiradigan boʼlsak, u ancha oldin paydo boʼlgan, u faqat boshqacha nomlangan. Shunday qilib, agar globallashuvning keng maʼnosida biz xalqlarning iqtisodiy yaqinlashishi, integratsiya, yagona jahon iqtisodiy makonining shakllanish jarayonini nazarda tutsak, globallashuv insoniyat tarixi davomida sodir boʼlgan, deb taʼkidlash mumkin, garchi bu jarayon doimo barqaror boʼlmagan.
Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda jahon iqtisodiyotining oʼzaro bogʼliq turli soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xoʼjaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorining asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsiya uyushmalarining iqtisodiy faollikka intilib, savdo va investitsiya toʼsiqlarini olib tashlash, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo boʼladi. Undan tashqari globallashuv jarayoni davlatlararo xoʼjalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi oʼzaro kelishuvlarni ham qamrab oladi.Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo buladi. Koʼpgina yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) global miqyosda harakat qiladi: ular chegarasi va milliy egaligidan qatʼiy nazar isteʼmolchilarning talabini qondirishi kerak. TMK (asosan koʼpmilliy va global) uchun ichki bozorga nisbatan koʼpincha tashqi iqtisodiy faoliyat muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladigan boʼlsak, ular globallashuv jarayonining subʼekti boʼladi. TMK globallashuvning asosi, uning harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir.Shu oʼrinda globallashuvning ijobiy va salbiy oqibatlari toʼgʼrisida ham toʼxtalib oʼtsak.
Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari quyidagicha:
- globallashuv natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv chuqurlashib boradi. Maʼlum bir davlat maʼlum bir sohaga ixtisoslashib boradi. Bunda mablagʼ va resurslar samarali sarflanadi;
- globallashuv jarayonining asosiy ustunliklaridan biri, xarajatlarning qisqarishi, narxlarning pasayishi va barqaror iqtisodiy oʼsishga olib keluvchi ishlab
chiqarish miqyosidagi tejam hisoblanadi;
-globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri erkin savdodan keladigan yutuq
barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
-globallashuvda raqobatning kuchayishi yangi texnologiyalar yaratilishi va mamlakatlar oʼrtasida keng tarqalishini taʼminlaydi. Ushbu sharoitda xorijiy toʼgʼri investitsiyalar surʼatining oshishi jahon savdosining oʼsishiga olib keladi. Globallashuvning yana bir afzalligi xorijiy davlatlarning ilgʼor ilmiy-texnikaviy,
texnologik va malakali darajadagi qisqa muddatda va nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy qulaylikka erishishidir;
- globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qoʼshiladi. Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida eng avvalo isteʼmolchilarga qulay, bunda raqobat ularga narxlarni pasaytirish va tanlashimkoniyatini beradi;
- globallashuv ilgʼor texnologiyalarning tarqalishi va global miqyosdagi ishlab chiqarishning ratsionallashuvi natijasida mehnat unumdorligi oshishiga olib kelishi, shuningdek jahon miqyosidagi innovatsiyalarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etishi mumkin;
- globallashuv davlatlarga moliyaviy resurslarning asosiy qismi aylanishini taʼminlashga keng imkoniyat beradi;
- globallashuv jahon hamjamiyati birlashishining turli sohalardagi harakatlarni
faollashtirishni talab qiluvchi insoniyat uchun umumiy boʼlgan muammolar, eng avvalo ekologik muammolarni hal qilish uchun jiddiy asos yaratadi.Umuman olganda, koʼpchilik mutaxassislar, globallashuvning natijasi jahondagi mamlakatlarda farovonlik oshishiga olib keladi, deb umid qiladilar.Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonga nafaqat olimlar, mutaxassislar va ekspertlar, balki turli mamlakatlarning fuqarolari ham turlicha munosabat bildirmokdalar. Globallashuv jarayonlari rivojlangan mamlakatlarda xayrixohlik bilan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa xavotir bilan qabul qilinmoqda. Buning sababi shundaki, globallashuv jarayonining afzalliklari barcha mamlakatlarga teng taqsimlanmaydi. Shuning uchun globallashuvdan kim foyda koʼradi, degan savol munozaralarga sabab boʼlayotgan eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi.Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qoʼshimcha afzalliklar beradi. Halqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi past rivojlangan mamlakatlar mavqeini salbiy oʼzgarishiga sabab boʼlib, ularni globallashuv jarayonining subʼektlariga emas, balki obʼektlariga aylantirishi mumkin.Demak globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy taʼsirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan oʼrniga bogʼliq. Аmalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatlarga yoki individlarga tegadi.Globallashuv sharoitida markazlashtiruvchi kuchlarning markazlashishi bilan bogʼliq boʼlgan buzgʼunchilik taʼsiri yuzaga chiqishi mumkinki, bu mamlakat ichidagi anʼanaviy aloqalarning uzilishi, ijtimoiy muammolarning kuchayishi, mazkur jamiyat uchun begona boʼlgan salbiy oqibatlar tufayli barcha mamlakatlarda yuzaga keladigan muamolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- globallashuvdan keladigan afzalliklarning milliy iqtisodiyotningalohida tarmoqlari oʼrtasida bir xil taqsimlanmasligi;
- milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi;
- ayrim mamlakatlarda iqtisodiyotni nazorat qilishni mustaqil hukumat
qoʼlidan boshqalarga, masalan kuchliroq davlatlar, trans milliy kompaniyalar yoki xalqaro tashkilotlar qoʼliga oʼtish ehtimoli;
- moliyaviy sohaning barqarorlashuvi ehtimoli, milliy iqtisodiyotlarning jahon miqyosida oʼzaro bogʼliqligi natijasida hududiy yoki global nobarqarorlik ehtimoli bir mamlakatdagi iqtisodiy tebranishlar va inqirozlar hududiy hamda global oqibatlarga olib kelishi mumkin.Globallashuvning salbiy oqibatlari iqtisodiyoti past rivojlangan mamlakatlarga koʼproq taʼsir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning koʼpchiligi baynalminallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sigʼimi mahsulotlar (ularning baʼzilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qism va butlovchi boʼgʼinlar) yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan holda ilgʼor mamlakatlarga har tomonlama bogʼlanib qoladi va ularga nisbatan kam foyda koʼradi hamda bu foyda jahon bozorlari konʼyunkturasiga bogʼliq holda barqaror boʼlmaydi.Globallashuv bu mamlakatlarning yuqorida qayd etilgan muammolaridan tashqari quyidagi muammolarni ham keltirib chiqaradi:
- rivojlangan mamlakatlardan texnologiya sohasida orqada qolishning yanada chuqurlashishi;
- aholi asosiy qismining kambagʼallashuvi, aholi oʼrtasida turli kasalliklarning tarqalishi;
- ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuvning oʼsishi;
- kam rivojlangan mamlakatlar jahon xoʼjaligi barqarorligigabogʼliqligining yanada kuchayishi;
- milliylikka yoʼnaltirilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda trans milliy kompaniyalar tomonidan davlatning imkoniyatlarini “cheklab” qoʼyilishi.
Globallashuvning asosiy muammolaridan biri jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning oʼzaro bogʼliqligi tufayli global beqarorlikning mumkinligi hisoblanadi. Natijada maʼlum bir mamlakatda roʼy bergan iqtisodiy oʼzgarishlar yoki inqirozlar butun mintaqa yoki jahon miqyosida taʼsirini oʼtkazishi mumkin. Bu holat faqat nazariy emas, hayotiy muammodir. Buni 1997 yil yozida Tailandda
boshlanib, Janubiy-Sharqiy Osiyoga tarqalgan va hatto Janubiy Koreyaga ham taʼsirini oʼtkazgan Osiyo moliyaviy inqirozi, 2008 yilda Аmerika Qoʼshma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida roʼy bergan tanglik holatidan boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, ham tasdiqlaydi. Bugungi kunda jahondagi mamlakatlar boʼylab koronavirus pandemiyasining paydo boʼlishi, uning taʼsiri, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari toʼxtovsiz tarzda keng muhokamaga sabab boʼlmoqda.Pandemiyaning taʼsiri natijasida jahon iqtisodiyotining barcha real tarmoqlarida sanoat, qishloq hoʼjaligi, savdo, qurilish, transport, turizm va boshqa xizmat koʼrsatish sohalarida sezilarli darajada pasayish va ishsizlik kuzatilmoqda. Xalqaro ekspertlarning fikricha, pandemiyaning taʼsiri natijasida 2020 yilda jahon savdo aylanmasi 30 foizga kamayadi, jahon iqtisodiyotini oʼsishi 2,3 foizga pasayishi bashorat qilinmoqda.Globallashuvning salbiy jihatlarini koʼpincha kelishmovchiliklar bilan bogʼlashadi. Bu kelishmovchiliklarni siyosiy xarakterdagi kelishuvlar yoki yangi halqaro tashkilotlar tuzish asosida global hamkorlikni rivojlantirish yoʼli bilan hal qilish mumkin.Globallashuv mamlakatlarga nima beradi - xavf-xatarmi yoki yangi imkoniyatlar? Bu savolga amalda yagona javob qaytarish mumkin emas. Chunki salbiy va ijobiy oqibatlar nisbati doimiy ravishda oʼzgarib turadi. Аlbatta, jarayon boshlanib ketgan hohlaymizmi, hohlamaymizmi uni toʼxtatishning iloji yoʼq. Jahonda hech qaysi davlat alohida, yakkalangan holda rivojlanmaydi. Mamlakatlar globallashuv jarayonlariga toʼgʼri yondashib, yangi sharoitlarga moslashishlari va jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi yaratayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari lozim.Umuman olganda xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki, globallashuv jarayoni turli soha vakillari va jamiyat aʼzolari oldida bahs va munozaralarga sabab boʼlmoqda hamda kelajakda globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari toʼgʼrisida koʼpgina fikrlar bildiriladi.



Download 52,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish