Kelgusi rejalar
(tahlil,
o’zgarishlar).
O`qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va
darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O`z ustida ishlash. Mavzuni
hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
Talaba (yoki o’quvchi):
Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi.
O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha
materiallar topadi, ularni o’rganadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil
qilib, bir echimga kelish malakasini hosil qiladi.
O`qituvchi o’qiyotgan fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha
tuzgan texnologik xaritasi, unga fan (yoki predmet)ni yaxlit holda tasavvur etib
yondashishga, tushunishiga (bir semestr, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv
jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erilishadigan natijasini ko’ra olishiga
yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati
va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta`limning markaziga olib
chiqishga va bu bilan o’qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.
O`quv jarayonida talaba (yoki o’quvchi)larga shaxs sifatida qaralishi, turli
pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy uslublarning qo’llanilishi, talaba (yoki
o’quvchi)larni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy
yondashish, mas`uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish,
ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga va o’zi
tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini, shuningdek pedagogga nisbatan hurmatini
kuchaytiradi.
Ta`lim-tarbiya jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’tmish
allomalarimizning g’oya va qarashlaridan foydalanish talaba (yoki o’quvchi)larni
o’qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo’lishini ta`minlaydi.
Bunday natijaga erishish o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini
qo’llashni taqozo etadi. Texnologiyalar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba`zilarini tashkil
etish va ularni o’tkazish tartibi haqida to’xtalamiz. Talaba (yoki o’quvchi)larda
mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini
rivojlantirishga, raqobatbardosh, etuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga
kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradigan tavsiyalar beramiz.
Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchilar o’quv jarayonini tashkil etish uchun
havola etilgan texnologiyalarni xuddi shu tartibda o’tkazishlari shart emas. Har qaysi
o’qituvchi bu texnologiyalar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o’zlarining
dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan texnologiyalarni to’liq yoki ularning ba`zi
bir bosqichlari elementlarini ishlatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |