Xulosa yozish.
Amaliy mashg’ulot №-7
MAVZU: Shaxarlarning majmuaviy transport sxemalari (4 soat)
I.Ishdan maqsad:
Shahar yo’lovchi transportlari uzelining o’tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash bo’yicha ko’nikmalarni egallash
Reja:
1. Mavzu bo`yicha internet ma’lumotlarini oladi.
2. Yuqorida qilingan ishlar bo`yicha talabani qisqacha hisoboti.
3. Fan o`qituvchisiga amaliy ishini dars vaqtida ximoya qiladi.
4. Xulosa yozish.
Yuqorida qilingan ishlar bo`yicha talabani qisqacha hisoboti.
Shahar jamoat transporti shaxsiy avtomobillar sonining ko’payishiga qaramasdan hozirda va kelajakda ham yo’lovchilar tashishni ta’minlaydigan asosiy ommaviy transport hisoblanadi.
Shahar jamoat transporti tarkibiga: avtobus, tramvay, trolleybus va metropoliten kiradi. Avtobus – eng mobil’, yuqori manevrli, dastlabki kapital xarajatlar talab qilmaydigan transport vositasi. Uning kamchiligi – yo’lovchi tashish tannarxining yuqoriligi va atrof-muhitni ishlangan gazlar bilan ifloslantirishidir.
Elektr transporti vositalari – tramvay, trolleybus, metropoliten uy-joy- kommunal xo’jaligiga tegishlidir. Respublikaning bir qator shaharlarida trolleybus ko’p yillar davomida xizmat qildi (Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg’ona, Olmaliq, Jizzax, Nukus, Xiva va h.k.). Ammo, bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiy ko’rsatkichlari talabga muvofiq bo’lmaganligi sababli inqirozga uchradi va faoliyati yuqorida keltirilgan shaharlarda tugatildi.
Tramvay – shahar transporti vositasi, motorli vagon, kontakt sim orqali elektr energiyasini oladi va rel’slarda harakatlanadi. Tramvay xo’jaligi – bu bir kompleks bo’lib, unga: texnik vositalar – rel’sli yo’llar, avtoblokirovka tizimi, tortuvchi tarmoqlar, harakatlanuvchi vago’nlar, ekspluatatsiya xizmatiga – depo, ta’mirlash zavodlari, harakatdagi liniyalar xizmat vositalari kiradi.
Xulosa yozish.
Shuningdek tuman, xo’jaliklar markazlari bilan boglovchi avtomobil yo’llari qurilishini kengaytirish. Xarakat xavfsizligini xisobga olgan xolda yo’l qurilishi sifatini yaxshilash, yuk va odamlarni tashishning to’gri tashkil qilish, yo’l elementlari talabini avtomobil transporti muxandislari tomonidan to’gri baxolash, uni isbotlash kabi masalalar xam aniq belgilab berilgan. Avtomobil transportini ekspluatatsiya qilish darajasining o’sishi yo’l qoplamasi sifatiga ko’p jixatdan bogliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |