I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


moliya- kredit  sohasini  isloh  qilish



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

moliya-
kredit  sohasini  isloh  qilish 
alohida  o'rin  tutadi.  Moliyaviy  munosabatlarda  davlat  budjeti 
tanqisligini  kamaytirib  borish,  budjetdan  beriladigan  dotatsiyalar  va  subsidiyalarni  bosqichma-
bosqich  qisqartirish,  birinchi  darajali,  eng  zarur  umumdavlat  ehtiyojlari  uchungina  budjetdan 
mablag'  ajratish,  xalq  xo'jaligini  rivojlantirishda  investitsiya  kreditlaridan  keng  foydalanish 
islohotlarning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi. 
 
Kredit sohasidagi islohotlar bank tizimshsh takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va 
pul  muomalasi  uchun  javobgarligini  oshirishga  qaratiladi.  Shu  maqsadda  Respublikada  markaziy 
bank hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy banklardan iborat ikki bosqichli bank tizimi vujudga 
keltirildi.  Markaziy  bank  zimmasiga  federal  rezerv  tizimiga  xos  bo'lgan  vazifalar  yuklatildi. 
Ixtisoslashgan aksiyadorlik - tijorat banklari («G'alla banki», «Tadbirkor bank», «Savdogar bank», 
«Paxta bank» va boshqa banklar) shakllantirildi. 
 
Iqtisodiyotni  isloh  qilishning  eng  asosiy  muammolaridan  biri  narxlarni  erkinlashtirishdir. 
Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid 
narxlarining  amal  qilish  doirasi  qisqartiriladi  va  keyin  ichki  narxlar  jahon  narxlariga 
muvofiqlashtirib  boriladi.  Shuningdek,  narxlarni  erkinlashtirishda  xom  ashyo  va  mahsulot  ayrim 


turlarining, narx-navo bilan aholi va korxopalar daromadlari o'rtasidagi tenglikka erishishga harakat 
qilinadi. 
 
Respublikada  islohotlarni  asta-sekin  va  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  prinsipi, 
narxlarni erkinlashtirishda yondashishga ayniqsa yorqin namoyon bo'ladi. 
 
Islohotlar  boshlanishdan  oldingi  davrda  respublikada  narx-navoning  nomutanosib  tizimi 
tarkib topgan edi. Xom ashyo va qishloq xo'jalik mahsulotlari narxi pasaytirilib, ishlov beruvchi va 
qayta ishlovchi tarmoqlar tovarlarining narxi sun'iy ravishda oshirib borilgan edi. Bundan ko'rilgan 
katta zarar respublikani dotatsiya oluvchi mintaqaga aylantirib qo'ydi. 
 
Narx  belgilashdagi  nomutanosibliklar  tufayli  butun  tarmoqlar,  shu  jumladan  qishloq 
xo'jaligidagi  ko'plab  korxonalar  zarar  ko'rib  ishladi.  Xalq  xo'jalik  tarmoqlari  ko'rgan  zarar,  ayrim 
mahsulot  turlari  (don,  un  va  boshqa  oziq-ovqat  mahsulotlari)  yetishtirishga  qilingan  xarajatlar  va 
turli  ijtimoiy  imtiyozlar  berishdan  ko'rilgan  zarar  budjet  mablag'lari  hisobidan  qoplanar edi.  1991 
yil  shu  maqsadda  sarflangan  mablag'  respublika  budjeti  jami  xarajatlarining  12%  dan  ortishni 
tashkil qilgan. 
 
Bularning hammasi narxlar islohotini amalga oshirishga real vaziyatni va aholining mavjud 
turmush darajasini xisobga olib, oldindan ishlab chiqiltan dastur asosida yondashishni talab qiladi. 
 
Narxlar  islohoti  boshlangandan  1994  yilgacha  hamma  turdagi  xom  ashyo  va  mahsulotlar 
bo'yicha erkin narxlarga o'tildi, barcha iste'mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi. 
 
Isloh qilishning dastlabki davrida (1992 yil) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnik vositasi 
bo'lgan  mahsulotlar,  ayrim  turdagi  xalq  iste'mol  mollari,  bajarilgan  ishlar  va  xizmatlarning 
kelishilgan narxlari va tariflarga o'tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-
ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo'yildi. 
 
Narxlar  islohotining  navbatdagi  bosqichida  (1993  yil)  kelishilgan  ulgurji  narxlarni  davlat 
tomonidan  tartibga  solish  to'lig'icha  to'xtatildi.  Narxlarni  erkinlashtirshining  oxirgi  bosqichida 
(1994 yil oktabr-noyabr) xalq iste'mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo'yib yuborildi. 
 
Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishnint birinchi bosqichi narxlarni to'liq erkinlashtirish 
bilan tugadi. 
 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimini yaratishni talab qiladi. 
Shunga  asosan  respublikada  butun  xalq  xo'jaligini,  tarmoqlar  va  hududlarni  boshqarishning  eng 
maqbul va hozirgi davrga mos bo'lgan tuzilmalari ishlab chiqildi. 
 
Ko'plab  markaziy  iqtisodiy  organlar  va  vazirliklar  tugatildi  (Davlat  reja  qo'mitasi,  Davlat 
ta'minot qo'mitasi, Davlat narxlar qo'mitasi, Davlat agro-sanoat qo'mitasi va boshqa qo'mita hamda 
vazirliklar)  yoki  ularning  faoliyati  tubdan  qayta  qurildi.  Faoliyati  tugatilgai  ma'muriy  apparatlar 
o'rniga yangi boshqarish bo'g'inlari tuzildi. 
 
Masalan,  Makro  iqtisodiyot  va  statistika  vazirligi,  Respublika  ulgurji  va  birja  savdosi 
aksiyadorlik uyushmasi, antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish boshqarmasi kabilar shular 
jumlasidandir. 
 
Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bankining vazifalari hamda tarkibiy tuzilishi ancha 
o'zgartirildi. 
 
Masalan,  Moliya  vazirligi  zimmasiga  Respublika  budjetini  vujudga  keltirish  bilan  bir 
qatorda,  davlat  soliq  siyosatining  asosiy  yo'nalishlari  va  qoidalarini  ishlab  chiqish,  valuta  ishlarni 
boshqarish vazifasi yuklatildi. 
 
Nazorat  organlari  faoliyatini  tartibga  solish,  davlataing  yagona  soliq  va  bojxona  siyosatini 
o'tkazish  maqsadida  Davlat  soliq  qo'mitasi  va  Bojxona  qo'mitasi  tuzildi.  O'tkaziladigan  iqtisodiy 
islohot ishlarini muvofiqlashtirib turish uchun Prezident huzurida iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va 
chet el investitsiyalari bo'yicha idoralararo kengash tuzildi. 
 
Ko'p  ukladli  iqtisodiyotni  shakllantirish,  tadbirkorlikni,  qo'llab-quvvatlash,  mulkni  davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajarish uchun 
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikn qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi tuzildi. 
 
Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish va shu soha  korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirib 
turish uchun tashqi iqgisodiy aloqalar vazirligi tuzildi. 
 
Respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini boshqarish tizimida ham chuqur 
tarkibiy  o'zgarishlar  ro'y  berdi.  Tarmoq  vazirliklari  uyushmalarga,  kotssernlarga,  korporatsiyalar, 
uyushmalar  va  boshqa  xo'jalik  birlashmalariga  aylantirish  bilan  batamom  tugatildi.  Transport, 
turizm, madaniyat, kinolashtirish kabi faoliyat sohalaritsa milliy kompaniyalar tuzildi. 


 
Boshqarishning  mahalliy  darajasida  (viloyat,  tuman,  shahar)  ijroiya  —  boshqaruv 
vazifalarini  bajarish  uchun  hokimlik  joriy  qilindi.  Quyi  bo'g'in  boshqaruvida  korxona  va 
tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish uslubiga o'tdi. 
 
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga o'tib borish bilan 
yanada takomillashib rivojlanib boradi. 
 
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratshi chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda 
moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug'urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda 
kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi. 
 
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo'nalishlar bo'yicha bordi. Birinchi 
yo'nalish bo'yicha tovar-xom ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o'z navbatida, brokerlik va dilerlik 
idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo'lishiga olib keldi. 
 
Ikkinchi  yo'nalishda  kapital  bozorining  ishini  ta'minlaydigan  tuzilmalar  vujudga  keltirildi. 
Kredit  resurslari  bozori  va  valuta  bozori  vujudga  keltirildi  hamda  davlatga  qarashli  bo'lmagan 
sug'urta kompaniyalari tuzildi. 
 
Uchinchi yunalish mehnat bozorini shakllantirishdan iborat bo'lib, bu sohada 240 dan ortiq 
mehnat birjasini o'z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi. 
 
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalirga ham tegishgidir. Bu sohada islohotlarni amalga 
oshirish  borasida  respublikaning  zamonaviy  tashqi  iqtisodiy  kompleksi  mutlaqo  yangidan 
shakllantirildi,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  boshqarishning  moxiyat  e'tibori  bilan  yangi  mexanizmi 
vujudga  keltirildi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  bilan  shug'ullanishi  zarur  bo'lgan  muassasalar  (tashqi 
iqtisodiy  aloqa  vazirliga,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki,  bojxonalar  xizmati)  barpo  etildi. 
Respublikaning  barcha  vazirliklari  va  idoralari,  korxonalarvda  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  bilan 
shug'ullanuvchi maxsus bo'limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi. 
 
Tub  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  va  bozor  munosabatlariga  asoslangan 
iqtisodiyotni barpo etish asosiy maqsad emas. Barcha islohotlarning asl maqsadi  insonga munosib 
yashash  va  faoliyat  ko'rsatish  sharoitlarini  vujudga  keltirishdan  iborat.  Shu  sababli  iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo'yicha chora-
tadbirlar ko'rish obyektiv zaruriyatdir. 
 
Respublikada  aholini  ijtimoiy  himoyalash  chora-tadbirlari  quyidagi  yo'nalishlar  bo'yicha 
amalga oshirildi. 
 
Birinchi yo'nalish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanshp darajasi ortib borshpi 
munosabata bilan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshirib borish. 
 
Ikkinchi  yo'nalish  —  Respublikaning  ichki  iste'mol  bozorini  himoya  qilish  hamda  oziq-
ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish. 
 
Uchinchi  yo'nalish  islohotlarning  dastlabki  bosqichida  aholining  kam  ta'minlangan 
tabaqalarini ijgimoiy himoyalash va qo'llab-quvvatlash. 
 
Respublika uchun ijtimoiy ximoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar davomida 
qaror  topgan  ma'naviy  ahloqiy  qadriyatlari,  turmush  tarzi  va  dunyoqarash  xususiyatlari  hisobga 
olinadi. 
 
Shunday qilib, islohotlarning barcha yo'nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning  izchillik bilan 
bozor iqtisodiyotiga o'sib o'gishiga qaratildi. Bu islohotlar O'zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy 
jihatdan  ta'minlash,  uni  iqtisodiy  Xihatdan  rivojlangan  va  xalqaro  miqyosda  obro'-e'tiborli 
mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish