moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini o'z
ichiga oladi.
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida
fondlar yaratish yo'li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug'urta fondini hamda davlat mol-mulkiy
va shaxsiy sug'urtasi fondini o'z ichiga oladi. Undan tashqari moliya pul muomalasi, bank kredit
tizimini ham o'z ichiga oladi. Davlat pul mablag'larining asosiy markazlashgan fondi bo'lmish
davlat budjeti moliya tizimining asosiy bo'g'ini bo'lib xizmat qiladi.