I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


miqdoriga  qarab  beriladigan  ish  haqidir



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

miqdoriga  qarab  beriladigan  ish  haqidir. 
Mahsulot  birligi  uchun  ratsenka  (to'lov),  ta'rif 
gavkasidagi  haqni  ishlab  chiqarish  normasiga  taqsimlash  yo'li  bilan  aniqlanadi.  Haq  to'lash 
shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining nzimini tashkil qiladi. 
Chunonchi,  ishchilarning  bir  ismiga  to'g'ri  ishbay  tizimi  bo'yicha  haq  to'lanadi.  Bunda  ishlab 
chiqarish normasi qay darajada bajarilishidan qat'iy razar, ish haqi  yagona mahsulot birligi uchun 
belgilangan ratsenka bo'yicha to'lanadi. 
Ishbay-mukofot  tizimi  bir  qancha  qo'rsatkichlar  uchun  mukofot  berishni  nazarda  tutadi. 
Ishbay-progressiv  haq  go'lashda  ishchining  belgilab  qo'yilgan  norma  doirasida  ishlab  chiqargan 
mahsulotiga  uning  birligi  uchun  belgilangan  ratsenka  bo'yicha  ish  haqi  beriladi,  normadan 
yuqorisiga esa oshirilgan haq (ratsenka) bo'yicha pul to'lanadi. Ishbay-ish xaqining tizimida yakka 
tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo'llaniladigan mehnatga haq to'lash farqlanadi. Bunda olingan 
tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to'lanadi. Haq 
to'lashning  jamoa  shaklida  ish  haqi  brigada,  sex  va  boshqa  bo'linmaning  pirovard  mehnat 
natijalariga  boshiq  qilib  (qo'yiladi.  Bunda  har  bir  xodim  faqat  o'ziga  berilgan  shaxsiy 
topshiriqlargagina  emas,  balki  shu  bilan  birga  bo'linmaning  butun  ish  hajmini  ham  bajarishdan 
manfaatdor bo'ladi. 
Ishchilarning  ish  haqini  tabaqalashtirish  eng  avvalo  davlat  tarif  tizimi  yordamida  amalga 
oshiriladi. Tarif tizimi gajmui yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo'yicha, ular ichida esa 
ishlab  chiqarish  turlari,  turli  toifadagi  xodimlar  malakasi  va  mehnat  sharoitlariga  qarab  ishchi  va 
xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi. 
 
Tarif tizimi tarif-malaka spravochniklarini va ish haqiga har xil koeffitsiyentlarini o'z ichiga 


oladi. 
Tarif-malaka spravochniklari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta'rifi, u  yoki bu 
aniq  ishni  bajaruvchining  bilim  va  ko'nikmalariga  qo'yiladigan  talablardan  iborat  bo'ladi, 
shuningdek,  unda  bu  ishni  tariflash  uchun  qo'yiladigan  razradlar  ham  ko'rsatiladi.  Tarif  setkasida 
razradlardan  tashqari  ta'rif  koeffitsiyentlari  ham  bo'lib,  ular  birinchi  razradli  ishchiga  haq  to'lash 
bilan  keyingi  razradli  ishchilar  mehnatiga  haq  to'lashning  o'zaro  nisbatini  qo'rsatadi  (birinchi 
razradning tarif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng). 
Tarif  stavkalari  tegishli  razradga  ega  bo'lgan  ishchining  mehnatiga  to'lanadigan  haq 
miqdorini belgilab beradi. 
Mehnat qilish sharoiti og'ir va zararli bo'lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo'shimcha haqlar 
belgilanadi.  Tarif  stavkalariga  ustamalar  shaklidagi  haq  (razradlar  bo'yicha  farqlantirilgan) 
professional mahorat uchun belgilanadi. 
Alohida  tarmoqning  xalq  xo'jalik  ahamiyatiga  qarab  amalda  ish  haqini  va  mansab 
maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega 
bo'lgan  yetakchi  tarmoqlarga  tajribali,  malakali  kadrlarni  jalb  etish,  bu  tarmoqlarda  ishchi  va 
xizmatchilar  tarkibi  barqaror  bo'lishini  ta'minlaydigan  sharoitlarni  vujudga  keltirish  maqsadi 
ko'zlanadi. 
Respublikamizda ham ta'rif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari 
uchun  ish  haqi  to'lashning  yagona  razradlari  aniqlangan.  Narxlar  o'sishi  bilan  minimal  ish  haqi 
darajasi (1-razrad) hamda barcha razradlar ular o'rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. 
Masalan, 2000 yil 1 avgustdan boshlab Respublikamizda ish haqining minimal darajasi 2450 so'm 
qilib  belgilanib,  boshqa  razradlarga  to'g'ri  keladigan  ish  haqi  summasi  ham  shunga  mos  ravishda 
oshiriladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish