Asosiy tayanch tushunchalar
Ishchi kuchi
— insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig'indisi.
Mehnat qurollari
— insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta'sir qilishda vosita bo'lib
xizmat qiladigan narsalar: mashinalar, stanoklar, traktorlar, pluglar, qurulmalar, uskunalar va
boshqalar.
Mehnat predmetlari
- bevosita mehnat ta'sir qiladigan, ya'ni mahsulot tayyorlanadigan
narsalar (yer – suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar).
Kapital
- ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishda ishlatilib, o'z egalariga daromad
keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablag'laridir.
Yer-suv
- tuproq unumdorligi, o'tloqlar, suvlar, o'rmon, qazilma boyliklardan iborat bo'lgan
va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |