I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


-§ .  Budjet taqchilligi va davlat qarzlari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

2-§

Budjet taqchilligi va davlat qarzlari
 
 
Davlat  budjetining  daromadlari  va  xarajatlari  muvozanatda  bo'lishini  taqozo  qiladi.  Lekin 
ko'pchilik  hollarda  davlat  budjeti  xarajatlarining  daromadlardan  ortiqchaligi  kuzatiladi,  buning 
oqibatida  budjet  taqchilligi  tez  sur'atlar  bilan  o'sadi.  Bu  holning  sabablari  ko'p  bo'lib,  ularning 
ichida,  davlatning  jamiyat  hayottining  barcha  sohalaridagi  rolining  uzluksiz  o'sib  borishi,  uning 
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi. 
Budjet taqchilligining o'sishi mutloq miqdorda va uning YAPI milliy mahsulot (YAMM)ga 
iisbatida  aniq  namoyon  bo'ladi.  [999  yilda  Respublikamiz  davlat  budjetining  taqchilligi  MMga 
nisbatan (1,8) faqat 2 foizni tashkil qilgan. 
Byudjst  taqchilliganing  o'zgarishi  xo'jalik  konyukturalariga  joriy  tebranishlar,  ishlab 
chiqarishdagi  davriy  inqiroz  va  rsjalanishlarni  ham  aks  ettiradi,  krizislar  davrida  davlat  budjetga 
mablag'lari  hisobidan  iqtisodiyotning  ma'lum  sektorlari  ishlab  turishga,  umumdavlat  ahamiyatiga 
ega bo'lgan tarmoqlarda, investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi. 
Budjet  taqchilligini  moliyalashtirish  (qoplash)  ning  muhim  shroiti  davlat  krediti  bo'lib 
chiqadi.  Davlat  krediti  deganda,  mavlat  qarz  oluvchi  yoki  kreditor  sifatida  chiqadigan  barcha 
moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig'indisi tushuniladi. 
Moliyaviy  resurslarni  davlat  qarz  olishning  asosiy  shakli  bu  davlat  zayomlarini  chiqarish 
hisoblanadi.Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining 
vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi. 


Davlat  o'z  majburiyatlarini  nafaqat  xususiy  sektorda  joylashtirishi,  balki  ularni  Markaziy 
bankda  hisobga  olishi  ham  mumkin.  Bunda  bank  muomalaga  pulning  tovar  hajmining  ko'payishi 
bilan  bog'liq  bo'lmagan  qo'shimcha  massasini  chiqaradi.  Mazkur  holda,  davlat  budjeti 
moliyalashtirish  pul  muomalasiga  to'g'ridan-to'g'ri  inflyatsion  ta'sir  ko'rsatadi.  Pul  massasining 
o'sishi 
jamiyat 
haqiqiy boyligining ko'payishi bilan birga bormaydi. 
Davlat  qarzlarining  to'xtovsiz  ko'payib  borishi,  milliy  daromadni  foiz  to'lovlari  shaklida, 
tobora ko'proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
Katta  budjet  taqchilligi  va  davlat  majburiyatlari  bo'yicha  foiz  to'lovlari  o'sish  sharoitida, 
davlat  qarzlarini  to'lash  vaqtini  imkon  darajada  cho'zishga  harakat  qiladi.  Buning  uchun  turli  xil 
usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o'rta va 
uzoq  muddatli  zayomlarga  almashtiradi. U  o'zining  qisqa  muddatli majburiyatlarini,  ancha  yuqori 
foiz bo'yicha  yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga  ham sotib olish mumkin. Bunday 
turdagi  tadbirlar  qisqa  davrli  samara  berish  va  vaqtincha  davlatnin  moliyaviy  ahvolini 
yengillashtirish  mumkin,  chunki  u  odatda  kelgusida  foiz  stavkasining  oshiish  va  qarzlar  umumi 
miqdorining o'sishi bilan bog'liq. 
Xo'jalik  hayoti  baynalminallashuv  jarayonlarining  tez  o'sishi,  xalqaro  kreditning  jadal 
rivojlanishi natijasida davlat o'ziga zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun, bo'sh pul 
mablag'larining  milliy  chegaradan  tashqaridagi  manbaalaridan  faol  foydalanadi.  Buning  natijasida 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish