Ixtiyoriy ishsizlik
tabiiy ishsizlik turi bo'lib, bunda mehnatga layoqatli kilishilarining
mehnat faoliyatidan o'z xohishi bo'yicha chetlashgan, ya'ni ishlashni xoxlamaydigan qismi
tushuniladi.
Institutsional (muassasaviy) ishsizlik
ham tabiiy ishsizlikning navbatdagi turi hisoblanadi.
Ishsizlik bu turini mehnat bozori infratuzilmasi amal qilishi hamda shu bozorda talab va taklifni
o'zgartiruvchi omillar keltirib chiqaradi.
Texnologik va hududiy
ishsizlik majburiy ishsizlik turlari hisoblanadi.
Texnologik ishsizlik
ishlab chiqarishning amal qilishida texnologik usullar bir-birining
o'rniga kirib kelishi bilan birga boradi. Ularning ichida asosiylari mexanizatsiya, avtomatlashtirish,
robotlashtirish va informatsion gexnologiyani qo'llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik
tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy — psixologik
xarakterdagi bir qator kompleks omillar bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |