I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova


  Tashqi  muhit  va  tabiatni  muhofaza  qilishning  huquqiy  asoslari



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

4.  Tashqi  muhit  va  tabiatni  muhofaza  qilishning  huquqiy  asoslari
O'zbekiston  mustaqillikni  qo'lga  kiritgandan  so'ng  u  xalqaro  iqtisodiy 
va  siyosiy  tizimlar  bilan  integratsiyani  kuchaytirdi  va  natijada,  har  qanday 
ekologik  muammolami  yechish  uchun  sharoit  tug'ildi.  Hozirgi  kunda 
tashqi  muhitni  muhofaza  qilish  respublikamizda  bo'layotgan  iqtisodiy  islo- 
hotlarning  bir bo'lagi  bo'lib qoldi.
0 ‘zbekistonning  ijtimoiy va  iqtisodiy siyosati,  uning  integratsiyasi  ish- 
lab  chiqarish  bilan  tashqi  muhitning  o'zaro  muvoflqligi  asosida


o ‘tkaziimoqda.  Bu  siyosat  xalqimiz  va  davlatimiz  oldida  turgan  ekologik 
muammolaraing  naqadar jiddiy ekanligini  sezgan  holda olib borilmoqda.
Hoziigi  kunda  aholining  ekologik  xavfsizligi  0 ‘zbekiston  Respubliasi 
Konstitutsiyasi  bilan  kafolatlangan.  Bundan  tashqari,  mustaqillik  davrida 
tabiatni  muhofaza  qilish  va  ekologik  muammolami  odilona  yechishga 
bag'ishlangan  100  dan ortiq hujjatlar qabul qilingan.
Ekologik  munosabatlami  taitibga  solib  turuvchi  asosiy  hujjatlardan 
biri  —  respublikamizda  1992-yil  9-dekabrda  qabul  qilingan  «Tabiatni  mu­
hofaza  qilish  Qonuni»dir.  Bu  qonun  tashqi  muhitni  muhofaza qilish,  tabiiy 
resurslardan  to ‘g‘ri  (ratsional)  foydalanish,  ekologik  sistemalar,  tabiiy 
komplekslar va  ayrim  biologik  obyektlami  asrashning  huquqiy,  iqtisodiy va 
tashkiliy  negizini  aniqlab  beradi.  Inson  uchun  toza  va  qulay  muhit 
yaratishni  kafolatlaydi.  U  tashqi  muhitni  asragan  holda  respublikamizni 
stabil  rivojlanishiga  qaratilgan  bo‘lib,  biologik  turli-tumanlikni,  inson 
salomatligini va madaniy merosimizni saqlab  qolishga  imkon yaratadi.
1992-yil 
3-iyulda 
respublikamizda 
«Davlat 
sanitar 
nazorati 
to ‘g‘risida»gi  Qonun  qabul  qilindi.  Mazkur  qonun  xalqimizning  ekologik 
xavfsizligini tartibga  sohb,  insonning  toza tashqi  muhitga ega  boiish  huqu- 
qini  mustahkamlaydi,  har  qanday  iqtisodiy  faoliyatning  toza  (sanitar  ho- 
lati)  bo'lishini  talab  etadi,  sanitar  standartlar,  m e’yorlar  va  qoidalaming 
buzilishini man etadi.
1993-yil  6-mayda qabul qilingan  0 ‘zbekiston  respublikasining  «Suv va 
suvdan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  Qonuni  respublikamizning  suvga  bo'lgan 
munosabatlarini  tartibga  soladi,  xalq  xo'jaligi,  aholi  ehtiyoji  uchun  zarur 
bo'lgan  suvdan  to‘g‘ri  foydalanishni  ta’minlaydi,  suvni  ifloslanishi  va 
sho‘rlanish  holatlarining  oldini  oladi  hamda  insonlarning  suvga  bo'lgan 
huquqlarini kafolatlaydi.
1996-yil 27-dekabrda  «Atmosfera  havosini  muhofaza qilish to‘g‘risida» 
Qonun  qabul  qilinib,  unda  davlat  tashkilotlari,  korxonalar,  muassasalar, 
jom oa  birlashmalari  va  fuqarolarning  atmosferani  asrash  bo‘yicha  faoliyat- 
larini  tartibga  solish  huquqlari  berilgan.  Bu  qonun  atmosfera  havosini  toza 
tabiiy  holda  saqlashga  uni  kimyoviy,  fizikaviy  va  biologik  xavfli  chiqindi- 
lardan  asrasliga  yo‘naltirilgan.  Atmosfera  havosini  asrashga  qaratilgan  dav­
lat  standartlari  kiritilgan  bo'lib,  ular  atmosferani  himoya  qilish  rejimini, 
uning  holatini  nazorat  qilish  usullarini  va  shu  kabi  boshqa  talablami  o ‘z 
ichiga oladi.
Atmosferaga  zararli  chiqindilami  chiqarganligi  uchun  pul  jarimasi 
soünadi.
1997-yil  26-dekabrda  0 ‘zbekiston  Respublikasida  «Hayvonot  dunyo- 
sini  asrash  va  ulardan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  Qonun  qabul  qilinib,  bu 
qonun  respublikamiz  hududidagi  hayvonlami  himoya  qilish,  ulardan to'g'ri 
foydalanish,  ularning  yo‘qolib  ketayotgan  turlarini  qayta  tiklash,  hayvon 
turlarining  yashashi  uchun  qulay  sliaroitlar  yaratish  va  tabiiy jamoalarning 
birligini  asrab  qolishni  tartibga  soladi  va  ularning  huquqiy  asoshrini 
yaratadi.


Qonunda  aytilishicha,  hayvonot  dunyosi  davlat  muiki  bo‘lib  qoladi  va 
ular doimo  davlat  himoyasida bo'ladi.
1997-yil  26-dekabrda  Respublikada  «O'simliklar  dunyosini  asrash  va 
ulardan  foydalanish  to ‘g‘risida»gi  Qonun  ham  qabul  qilingan.  Bu  qonunda 
tabiiy  sharoitda  o ‘sayotgan  o'simliklar  dunyosini  asrash,  ulardan  foydala­
nish,  ularning  genofondlarini  saqlab  qolish  va  qayta  tiklash  kabi  masalalar 
o ‘zining  huquqiy asosini  topgan.  Qonunda  aytilishicha,  o'simliklar  dunyosi 
davlat  mulki hisoblanadi va u davlat tomonidan  muhofaza qilinadi.
Tabiatni  muhofaza  qilish  to'g'risidagi  qonunlami  buzganligi  uchun ji- 
noiy,  m a’muriy,  moddiy,  intizomiy  va  mulkiy  javobgarlik  belgilangan 
bo'Ub,  ularning  hammasi  O'zbeksiton  Respublikasining  Jinoyat  Kodeksi, 
M a’muriy  javobgarlik  to'g'risidagi  kodeksida  va  fuqarolik  hamda  M ehnat 
Kodekslarida aks ettirilgan.
NAZORAT  SA.VOLLARI
1.  Umumiy  ekologik  xarakterga  ega  bo'lgan  va  yechilishi  zarur 
bo'lgan muammolar to'g'risida llkr bildiring.
2
.  Hozirgi  zamon tushunchasi bo'yicha atmosferaga ta’rif bering.
3.  N.N.Maiseyev tomonidan  asoslangan  noosfera to'g'risidagi  tushun- 
chalaming  asosiy mazmunini  tushuntiring.
4.  Hozirgi  kunda jamiyatning  rivojlanishi  darajasini  baholash  bo'yicha 
taklif qilingan  mezonlar to'g'risida nimani bilasiz?
5.  Tabiiy  resurslami  qazib  olish  va  ulami  qayta  ishlashni  takomil- 
lashtirish  tashqi  muhitga  chiqaradigan  zaharU  moddalarga  qanday  ta ’sir 
qiladi?
6.  Tashqi  muhitni  muhofaza  qilish  bo'yicha  tuzilgan  qanday  xalqaro 
konvensiyalarda  O'zbekiston ishtirok etmoqda?
7.  Tashqi  muhit  va  tabiatni  muhofaza  qilishning  huquqiy  asoslari  ni- 
madan iborat?



Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish