5. Biologik resurslar
Biologik resurslar.
0 ‘simlik, tuproq va hayvon resurslari biologik
mahsuldorlikni hosil qiladi. Hisoblarga ko‘ra, planetamizdagi tirik or-
ganizmlarning biomassasi 2,423xl012 tonna bo‘lib, shulardan 2,42xl012
tonnasi quruqlik biomassa miqdoriga va 0,003xl012 tonnasi suv biomas-
sasiga to‘g‘ri keladi, yer yuzi biomassasiniiig uchdan bir qismini bir hujay-
rali organizmlar, bakteriyalar va sodda hayvonlar tashkil etadi. Tirik or-
ganizmlar tarkibida 65—70 % kislorod, 10 % vodorod, bo‘lib qolgan
60 element 20—25 %ni egallaydi. Bizga m a’lumki, 0 ‘zbekiston hududining
80 %dan ortiq qismini cho‘l va adir mintaqalari egallaydi. Cho‘l zona-
sining o'simlik resurslari turli xil boiib, u 1600 ga yaqin turni o ‘z ichiga
oladi. Markaziy Osiyo cho‘l mintaqasidagi biomassaning umumiy zaxirasi
50—60 s/ga ni tashkil etadi. Qorasaksovulzorlarda yog'ingarchilik ko‘p
bo‘lgan yillari har yili 10 s gacha biomassa hosil bo'ladi.
Yem-xashak zaxiralari cho‘1 mintaqasi tiplariga qarab o'zgarib turadi.
Shimoliy tog'oldi Qizilqum yaylovlari hosildorhgi boshqa yaylovlarga nis-
batan yuqori bo'ladi.
0 ‘simlik, tuproq va hayvon resurslari biologik mahsuldorlikni tashkil
etadi.
0 ‘zbekiston cho‘l zonasining o'simliklar resurslari turli xil bo‘lib, u
1600 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Cho‘l mintaqasida quyidagi o'simlik
biomlari uchraydi:
— Qumli toshli cho'llardagi psommofill daraxt, buta o'simliklar.
— Toshli cho'llardagi gipsofill chala buta o'simliklar.
— Gil tuproqli cho'llardagi efimer va efimeroidli o 't o'simliklar.
— Taqirlardagi tuproq lishayniklari va ko'k-yashil suvo'tlari.
Markaziy Osiyo cho‘1 zonasidagi biomassasining umumiy zaxirasi
50—60 ga/s ni tashkil etadi. Qora saksovulzorlarda yog'ingarchilik ko‘p
bo'lgan yillari har yili 10 ga/s gacha biomassa hosil bo'ladi.
Yem-xashak zaxiralari cho‘1 zonasi biomlariga qarab o'zgarib turadi.
Shimoliy tog'oldi Qizilqum yaylovlari hosildorhgi boshqa yaylovlarga nis-
batan yuqori bo'ladi.
Hozirgi kunda hosildorhgi pasaygan, degradatsiyaga uchragan yaylov-
lami izen, chogon, shuvoq, saksovul, teresken va shu kabi o‘simliklami
ekish yo'li bilan ularning mahsuldorligini 2—3 barobarga oshirish mumkin.
Botanika institutining ma’lumotlariga qaraganda birgina Navoiy
viloyati yaylovlarining (yaylovlar maydoni 13 mln gektar) umumiy ozuqa
zaxirasi 30 mln sentnemi tashkil etadi yoki bu yaylovlarda 4 mln tagacha
qo‘y boqish imkoni bor. Cho‘1 mintaqasida boqiladigan hayvonlardan
tashqari yana Qizilqum, Ustyurt yowoyi qo‘ylari, jayronlar, sayg‘oqlar,
yirtqich hayvonlardan bo‘rilar, shoqollar, tulkilar, qorsaklar.ham uchraydi.
Biroq bu hayvonlaming ko‘pchiligi (jayronlar, sayg'oqlar, Qizilqum, Ust
yurt yowoyi qo'ylari) son jihatidan kamayib ketganligi sababli ular
O'zbekistonning «Qizil kitob»iga kiritilgan va ulami ov qilish man etilgan.
0 ‘zbekiston hududida 2776 ming gektar (1-yanvar 1998-yil holaticha)
o'rmonlar mavjud. Qumli cho'llarda o'rmonlar hosil qiluvchi o'simliklarga
saksovul, qandim, cherkez, yulg'un va shu kabi qumda o'suvchi bo‘talar
kiradi. Ularning umumiy maydoni 26553 ming gektar. Tog‘ mintaqada esa
Zarafshon archasi, pista, zarang o‘rmon hosil qilishda asosiy o‘rinni egal-
lab, bu o‘rmonlaming maydoui 280,3 ming gektarga teng.
Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon va Oxangoron daryolari
to'qayzorlari 30,9 ming gektami egallaydi. Bu yerlarda tollar, yuig‘uniar,
chakandalar, yowoyi jiydalar va shu kabilar o‘sadi.
Vodiylarda asosan sun’iy o'rmonlar tashkil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |