I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Issiqxona samarasi. 
Yerdagi hayotning bosh manbayi quyosh radiatsi- 
yasidir. Quyosh radiatsiyasining bir qismi (taxminan 30 %) Yer yuzasi va 
atmosfera asosan bulutlar orqali darhol kosmosga qaytariladi. 55 % ga yaqini 
atmosfera orqali Yerga tushadi va havo shaffofbo‘lganligi tufayli quyoshdan 
keladigan qisqa to ‘lqinli radiatsiya atmosferaning bevosita kuchli isishiga sabab 
bo‘la olmaydi. Ammo u Yer yuzasini isitadi va isigan Yer yuzasi uzun 
to ’lqinli radiatsiyani tarqatadi. Atmosferani tashkil qiluvchi ayrim gazlar 
yoki “issiqxona gazlari” ushbu radiatsiyani yutish qobiliyatiga ega va shun­
ing hisobiga atmosfera isiydi.
Yer yuzidan yuqoriga tarqaladigan uzun to iq in li radiatsiyaning katta 
qismi atmosferadagi suv bug1 lari, karbonat angidrid gazlari va boshqa tabi­
iy issiqxona gazlari bilan yutiladi. Bu gazlar Yer yuzasidagi energiyaning 
bevosita kosmosga chiqib ketishiga to ‘sqinlik qiladi. Agar energiyaning kos­
mosga tarqalishi qarshiliksiz amalga oshganda Yer yuzasidagi harorat hozir- 
gidan deyarli 30° С pastroq bo ‘lar edi. Yer usti xuddi Mars sayyorasiga 
o ‘xshasih sovuq, unumsiz, o ‘simlik qatlamisiz, hayotsiz bo‘lar edi.
Insonlar hayoti o'simlik va hayvonlar hayoti singari sayyoramizni o ‘rab 
turgan atmosfera deb ataladigan havo okeani ostida rivojlanadi. Inson fao­
liyati natijasida hozirgi vaqtda amalga oshgan asosiy o'zgarishlar — bu Yer 
atmosferasidagi o ‘zgarishlardir. Dinozavrlami yo‘q qilgan asteroidlarga qara- 
ganda ham bugun atmosferani o'zgartirishga olib keladigan xatti-harakat- 
larimiz teranroqdir. Bu shundan iboratki, biz atmosfera gazlari muvoza- 
natini o ‘zgartirdik va o'zgartirishda davom etayapmiz. Bu ayniqsa karbonat 
angidrid (CO ,), m etan (C H 4), azotning chala oksidi (N ,0 ) kabi asosiy 
issiqxona gazlari uchun tegishlidir. Tabiatda bu gazlar asosan kislorod (21 
%) va azot (78 %)dan iborat atmosferaning 0,1 % dan ham kamrog‘ini 
tashkil qiladi. Lekin issiqxona gazlari har holda zarur, chunki ular Yer 
atrofidagi qo ‘ra kabidir. Bu tabiiy ko'rpasiz Yer yuzasi ancha sovuq b o ia r
edi. Lekin keyingi vaqtlardagi m uam molardan biri shundaki, inson fao­
liyati oqibatida bu ko‘rpa qalinlashib bormoqda. Masalan, energiya olish 
uchun ko‘mir, neft, tabiiy gaz yoqiladi yoki o ‘rmonlar kesiladi hamda 
atmosferadagi C 0 2 miqdori oshadi. Yirik qoramollar sonining ortishi rivoj- 
langan qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati yana bir issiqxona gazi m etan- 
ning asosiy manbayidir. Agar bu jarayonlar uzluksiz ortib borsa, XXI asrda
185


C 0 2 ning darajasi toindustrial darajadan ikki marta ortishi aniqroqdir. Agar 
emissiyalarni kamaytirish bo'yicha zarur choralar ko‘rilmasa, 2100-yilga 
borib C 0 2 ning miqdori uch m arta ortishi mumkin.
Olimlaming fikriga qaraganda, issiqxona gazlari miqdorining ko‘payishi 
oqibatida dunyo miqyosida havo harorati ko‘tariladi va iqlim molekulalari 
bo'yicha keyingi yuz yil ichida harorat 1,0 dan 3,5 °C gacha ko‘tarilishi 
mumkin. Haroratning bu ko'tarilishi eng yuqori bo ‘lib, oxirgi 9000-yilda 
amalga oshgan o ‘zgarishlar ichida eng tezkori b o isa ajab emas.
Iqlimning isishi boshlanadi, deb hisoblashga ayrim asoslar bor. Iqlim 
o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IUXEG) fikrlariga ko'ra 
toindustrial davrdan beri, ya’ni taxminan 1850- yildan boshlab Yer yuzidagi 
havoning o‘rtacha global harorati taxminan 0,5 °C ga oshgan.
Kelajakdagi haroratning ortishi bizga, bizni o ‘rab turgan olamga qan­
day ta ’sir ko'rsatishini aytish qiyin, chunki iqlim faqatgina atmosferada 
amalga oshadigan jarayonlar bilan belgilanib qolmasdan, balki u yana oke- 
andagi, kriosferadagi (muzliklar, dengiz muzliklari), geosfera (Yerning 
quruqlik yuzasi) va biosfera (tirik organizmlar) jarayonlariga ham bog‘liqdir.
Iqlimning o ‘zgarishi millionlab odamlarning yashash sharoitlari bilan 
bog‘liq bo'lgan harorat va ,yog‘inlar rejimini o'zgartirishi mumkin, bu esa 
o ‘z navbatida iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi va chorvachilik kabi tarm oq- 
lariga o ‘z ta ’sirini ko‘rsatadi, haroratning oshib borishi okean sathining 
ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada minglab orollar va qirg‘oqbo‘yi pastlikla- 
rining suv ostida qolish xavfi tug'iladi, bu esa o ‘z navbatida o ‘ta kuchli 
tangliklar - ocharchilikka va boshqa halokatlarga olib kelishi mumkin. G lo­
bal iqlim o'zgarishining yashirin, amm o yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan 
oqibatlariga bir nechta misollar keltiramiz.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish