and blue, ladies and gentlemen, rant and rave kabi ,birikmalami tarjimon bilishi lozim. Ingliz tili so‘zlovchisiga agar kimdir “gentlemen and ladies” deydigan bo‘lsa, bu g‘alati tuyiladi. Ko‘p tillarda “mother andfather” deyishadi, lekin hech qachon “father and mother” emas. O lzbek tilida “ota va ona”, lekin “ona va ota” emas. Iboralar maxsus qo‘llanishlar bo‘lib to‘liq ma’noga egadir. Lekin birikmalaming ma’nosi yaxlit so^zlarning ma’nosi bilan bir xil emas. Ular ko‘pgina leksik birliklar bilan bir xil ma’nosi bor bo‘ladi, lekin aniq moslashish boshqa tilda ifodalanmagan boMadi. Misol uchun , ingliz tilida kick the bucket o‘lim bilan bir xil ma’noga ega, lekin bu qandaydir hurmat ko‘rsatish maqsadida ham qo‘llaniladi. Quyidagi misolda ingliz va o‘zbek tilidagi so‘zlaming tarjimasi berilgan, lekin har xil fe’llar qo‘llanilgan. Har qaysi tildagi shakli hali tabiiydir, lekin badiiy tomondan tarjima qilinsa, notabiiy tuyilardi.
-
To keep the law
|
Qonunga amal qilmoq
|
Ate wild honey
|
Asal ichdi
|
He was given wisdom
|
Aql o‘rgatdi
|
Shuning uchun iboralarni tarjima qilayotganda bunday hollarda e’tibor qaratish zarur. Tarjimon birinchi navbatda iboraning mazmunini aniq bilishi va iborani to‘liq ifoda qilish uchun tabiiy ekvivalentini topishi shart. Ba’zida so‘zlarda paydo bo‘ladigan umumiy m a’no birikmalariga asoslangan holda qo‘)lanishlarni taxlil qilish mumkin. Misol uchun, quyidagi gaplaming qo'llanishlari to‘g‘ridir.
Agar fe’l o‘zgartirilganda, natija noto‘g‘ri ma’noda yoki metafora m a’nosida bo‘lib qolar edi. Birinchi ustunda shaxslarsiz ikkinchisida shaxslar bor qilib tarjima qilingan.
I washed the car I bathed the baby
I rented a typewriter He hired a secretary
The puppy yelps The bay screams
He sheared the sheep He cut the boy’s hair.
Shunday qilib, frazeologik birikmalar o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilinmaydi. Quyida ingliz frazeologik birikmalarining o‘zbek tilidagi birikmalarga moslashishi va ekvivalenti har xil bo‘iishi mumkin bo‘lgan misollar berilgan.
It gave me chance to sleep. I didn’t sleep last night—Hechqisi yo‘q, qaytanga uxlab oldim, kecha mijja qoqmagan edim.
“Tonight you will tell me everything” - said Rinaldi — “Kechqurun menga oqizmay-tomizmay hikoya qilib berasiz”, - dedi Rinaldi.
When w'e swaggered by twirling his new mustache, everybody stopped to look and admire - U endi sabza ura boshlagan mo‘ylovini burab, savlat to‘kib yurgan chog‘ida xamma odamlar unga qarashar edi.
I sacrificed everything for something that never come — Ro‘yobga chiqmagan ana shu narsani deb butun umrimni hazon qildim.
It was still raining hard - Yomg‘ir hamon chelakiab quyar
edi.
All right, 1 wash my hands of the matter. But I warn you all that a time’s coming when you’re going to feel sick whenever you think of this day. - Yaxshi boMmasa! Agar shunday bo‘lsa, men qoiim ni yuvib qo‘ltig‘imga uraman. Ammo sizlarga aytadigan bir gapim bor: bir kun keladi bu qilmishingizga pushaymon bo‘lasiz va qilgan ishingizni eslashning o‘zidayoq xushingiz ketib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |