§5 Tarjimada grammatik ekvivalentni tanlash
. Biror shakl (forma)ning to‘g‘ri ma’nosini topa olish;
z. Ushbu jumlani anglatuvchi mos shak'ni ayni tilda topa olishdir.
Ayni tildagi grammatik ekvivalentni tanlash quyidagi faktor (omil)lar orqali belgilanadi:
J ____ 1. Grammatik shakldagi ma’noning mos bo‘lishi, misol uchun:
lives, lived.
So‘zning leksik xususiyati yoki so‘z birikmasini ko‘rsatilgan shaklda qoilash.
Uslub faktorlari: Masalan, ingliz, o‘zbek va rus tillarida fe’i majxul nisbat shakllari. ^
Shuningdek, o‘zbek tilida ushbu shaklning ishlatilishi asosan adabiy yoki kitobiy uslub bilan chegaralanadi.
Misol: At the station John was met by his brother - Jon uning akasi tomonidan vokzalda kutib olindi - Жона всретил его брат на вокзале.
Aniq artikl ko‘p hollarda gapda so‘zning ma’nosini kuchaytirish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Shuning uchun uning orttirma daraja ma’nosi bor va u orttirma darajadagi sifat orqali tarjima qilinadi. He continued to be in general estimation the English story-teller - U ko‘pchilikning fikricha, eng ulug‘ ingliz yozuvchisi edi. - Он был, по общему мнению, самым выдающимся английским писателем.
Bog‘lovchilarni tarjima qilishda ko‘p qiyinchiliklarga duch / у kelamiz. Bog‘lovchilar juda keng sistematik tuzilishga ega. “And” bogiovchisi o‘zbek tilidagi “va” bog‘lovchisini, rus tilidagi “n” bog‘lovchisini ifodalaydi. Ammo bu bog‘lovchi buning aksini ham ifodalashi mumkin va hattoki voz kechish (rad qilish) ma’nosini ham beradi. Misol uchun: l.The rebels seized general towns and were defeated and their leader, Pedro Albizi Compos was arrested after a sharp struggle” - Q o ‘zg‘olonchilar nafaqat shaharlami ishg‘ol qilishdi balki ularni yakson qilishdi, ulaming yetakchisi Pedro Albizi Kampos esa shiddatli janglardan so‘ng qamoqqa olindi. Метежники захватили города и их лидер Педро Албизи Компос был арестован после ожесточенных боев. 2.Не was small and bughteyed and his name, A.K. will stay in my mind a long time and I hove never seer trim since that night - U past bo‘yli, yorqin ko‘zli edi, uning ismi sharifi A.K. men uni kecha kechqurundan beri uchratmagan bo‘lsam
ham, mening xotiramda uzoq saqlandi. Он был небольшого роста,
яркими глазами, его имя и отчество А.К, хотя я его не встретил
вчерашнего вечера, но он долго остался в моей памяти.
Agar siz ingliz tili lug‘atiga murojaat qilsangiz, u “tarjima qiimoqchi” so'zining ma’nosini bir tildagi so‘zning ma’no yoki ekvivalentini boshqa bir tildagisiga o‘zgartirish, “yoki” bir tildagi so‘zning o‘ziga xosligini boshqa bir tilda ham saqlab qolishdir deb ta’riflanadi. Aniqrog‘i, ma’no ingliz tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjimaning muhim kontekstida qo‘llanilganda u juda ham kengayadi.
Bu ma’no boshqa tildagi so‘zlami tushuntirmoq ma’nosini anglatuvchi “interpret” so‘zi bilan deyarli bir xildir. Hozirgi kunda tarjimonlar tomonidan qo‘llanilayotgan bu so‘z barcha ma’no kengayishlarini o‘zida jamlagan.
Ayni vaqtda “translation” atamasining umumiy ma’no ko‘rinishlari quyidagilarda aks etadi. Tarjima asl matnning aksar qismini imkon qadar juda oz so‘zlar bilan ifodalay olishi va asl matnning mazmun va mohiyatini saqlab qolishi lozim. Tarjimon matnga bogMiq bo‘lmagan fikr va so'zlami qo‘shmasligi lozim. lining vazifasi kengaytirish yoki izohlash emas, balki asl matnning ta’sirchanligi va ruhiyatini saqlab qolgan holda taijima qilishdir. Ma’nodorlikni gapdagi so‘z tartibi orqali ifodalash ham muhimdir. Tarjima biror matnni boshqa bir tilga soddagina qilib o‘girishdir.
“Translation” - so‘zning birinchi ma’nosi “tarjimonlik” bir tildan ikkinchi bir tilga qilinadigan faoiiyatdir, ikkinchi ma’nosida esa “translation” - “tarjima” tarjima qilib bo‘lingan. tugallangan natijadir.
Biz “translation” so‘ziga duch kelganimizda uning ikkinchi ma’nosi “translation” (tarjima) bilan bogTiq bo‘lgan boshqa bir ma’nosidan farqlay olishimiz kerak.
Tarjima tilshunoslikda ko‘p uchraydigan ichki bog‘lanishdir, hamda u psixologiya, etnografiya, mamlakatshunoslik bilan yaqindan aloqador. U tarjimadagi lingvistik nazariyaga asoslanadi.
U turli xil sistemalardagi o ‘xshash va farqli xususiyatlami aniqlashda qiyoslaydigan qiyosiy tilshunoslikdan farq qilsa-da, tarjima nazariyasining o‘ziga xos predmeti bordir.
Tarjima lingvistik asosning jarangdorligisiz tushunarsizdir va
bu asos tarjima qilinayotgan va tarjima qilingan tillar o ‘rtasidagi jumlalaming o ‘zaro bog‘lanishi, hamda lingvistik hodisaning qiyosiy o‘rganish orqali ta’minlanadi.
Tarjima tilning ichki aloqa vositasidir. Tarjimon ayni tilga axborotni tarjima qilish orqali turli xil tilda so‘zlashuvchilar o'rtasida axborot almashish imkoniyatini yaratishi lozim.
Tarjimaning tuzilishi asl matnning tuzilishiga mos kelishi mazmunning ketma-ketligida yoki matn segmentlarining tartibi o‘zgarmasligi kerak. Maqsad tarjimaning har bir segmenti tarjima qilinayotgan matnning tegishli qismi bilan imkon darajada bog‘liqlik bo‘lishini ta’minlovchi yuqori darajadagi tuzilishning parallel bo‘lishidadir.
Tuzilishdagiparalelliktarjimava tarjima qilinayotgan matndagi tegishli bo‘laklarni qiyoslay olish imkonini beradi, shuningdek ekvivalentlari bor bo‘lgan va yo‘q bo‘lgan, hamda tarjimada tushirib qoldirilgan va qo‘shilgan elementlami topish kerak.
Xulosa qilib aytganda, matnning eng kichik segmentlarining bogManishida struktura (tuzilish)ning o‘xshashligini saqlab qolish kerak.
“Tarjima” atamasi tilshunoslar va uning mos va aniq m a’nosini aniqlovchilar (tarjimonlar) uchun predmetning sub’yektidir.
VI. TARJIMANING FRAZEOLOGIK MUAMMOLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |