§3. Tarjima davomida ma’lumotlarni esda saqlab qolish
Tarjima qilish davomida eng muhim narsalardan biri bu - ma’lumotlami esda saqlab qolishdir.
U o‘z ichiga doimiy, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli xotirani talab qiladi:
(ketma-ket tarjima uchun) matnlami eslatma yozuv orqali belgilab chiqish
chet tilidagi kishi nomlarini yaxshi eshitish, raqamlar va hajmlami esda olib qolish qobiliyatiga ega bo‘lish.
Bular uchun kerakli tayyorlov zarur. Tayyorlov mashqlari quyidagilami o‘z ichiga oladi:
—she’r, fraza va radio yangiliklami yodlash.
birinehi ona tilida, keyin esa ingliz tilida kishi nomlari, raqamlar va hajmlar ustida doimiy diktant yozish. Oxirida ikkala tilni ishlatib bitta diktant yozish.
Ongli tarjima qilish, tekstlar aniq kalit so‘z!ar (yoki belgilar) asosida yaratilishi va matnni qisqartira olish qobiliyatlarini talab qiladi. Buni bilish uchun kalit so‘zlar metodologiyasini o‘rganish kerak. Quyida asosiy variantlarni keltiramiz:
O n a tilida kaiit so‘zlar beriladi va vazifa shulami ishlatib ona tilida ma’noli matn yaratish.
K alit so‘zlar ingliz tilida beriladi va shulardan ma’noli matn yaratish.
K alit so‘zlar ona tilida beriladi va ingliz tilida matn yaratish vazifasi ao‘yiladi.
K alit so'zlar ingliz tilida beriladi va uni ona tiliga o‘giri!adi.
— Kalit so‘zlar ham ona tili va ingliz tilida beriladi va uni on tiliga matn sifatida o‘giriladi.
-K alit so‘zlar ham ona tili va ingliz tilida beriladi va uni ingliz tilida matnga aylantiriladi.
So‘zlar bilan ishlash quyidagi tajriba va ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab qiladi.
Sinxron tarjima uchun :
-Eshitish davomida gapira olish.
-Tugailanmagan gaplarni tugatish yo‘llari ustida ishlash. Shunga qaramay, raqamlami, kerakli joylarni yozib olish yoki
esda saqlab qolish juda katta yordam beradi. Eng muhimi, fikrlarni joy-joyiga qo'yib ularni eslash, tahlil haqida gaplashganimizda, biz asosan ikkita elementga o‘z e’tiborimizni qaratamiz. Bular: asosiy fikrlar va o‘sha fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlik. Bunga e’tibor qaratgan holda tarjimon avtomatik ravishda uning strukturasi haqida o‘ylashni boshlaydi. Va nutqni eslab qolish osonroq boMadi, garchi fakt haqida gap ketsa ham. Agar xotirangizda shu strukturani aniq olib qolsangiz, o‘sha strukturani saqlab qolish uchun asosiy elementlarni nomerlab qo‘yish foydalidir.
Shunda tarjimon matnni shaklini tayyorlaydi va ularni lug‘at boyligidan foydalanib tarjima qiladi. Masalan:
“We feel that the free market approach to provision of social services, with its insistence on minimum state intervention,
freedom of competition, deregulation and costeffectiveness, though theoretically sensible has proven in practice to be a disaster. And why? Because in all cases, hospitals and health services, public transport, education, no free competition has been really possible. The service user has been faced in any one given area by a single private service provider facing no effective competition, which is able therefore to function as a monopoly. Those who are too destitute to pay for privire services may, if they are lucky, fall back on residual public services, starved of money by the government and therefore unable to provide an adequate service. No real competition, no free market. And we are left with a dual society. Those who can efford to be exploited by private service-providing monopolies and those who cannot and therefore have to put up with inferior services”.
Bizning fikrimizcha, ochiq bozor tamoyili ijtimoiy
xizmatlarni ta’minlab beradi, o‘zining ichki mamlakat aralashuvi, raqobatchilikning to‘g‘ri ekanligi, garchi bu nazariy jihatdan amalda qoilanilganda kasofatga aylanadi. Nega? Chunki hamma sharoitlarda kasalxonalar va tibbiyot, yordam ko‘rsatish xizmatlari, transport, ta’lim sohalarida raqobatchilik bo‘lishi mumkin emas. Xizmat ko‘rsatuvchi faqat bitta xizmat ko‘rsatish tashkilotida boTsa, bironta sezilarli raqobatchilikni sezmaydi va bu monopoliyaga o‘tishni tezlashtiradi. Shaxsiy xizmatlar uchun to‘lainaydiganlar esa, umumiy xizmatlardan qolib ketishi mumkin. Na raqobatchilikka ochiq bozomi ko‘rsatishimiz mumkin bu yerda. Shularni to‘lay oladiganlar va ololmaydiganlar ham umumiy xizmat ko‘rsatish shakllaridan foydalanishlari kerak.
Qayta to‘g‘ri tarjima qilish:
-O chiq bozor tamoyili (to‘rt uzviy bogiiqlik) - Free market approach (4 components) to social services failed in practice.
-N im aga raqobat yo‘q - Why no competition (3 areas quoted)
B itta xizmat bilan ta’minlaydigan tashkilot - Single private service provider
Shuning uchun monopoliya - Therefore monopoly
Faqat “raqobat” tashkil topgan sektordan-Only “competitio from underfunded public sector.
—Raqobat yo'q —bozor yo‘q —No competition, no market —Ikki xil jamiyat (tasvirlang) —Duel society (describe)
Bu qolipdan tarjimon butun matnni tuzish uchun foydalanish mumkin.
Tarjimon nutqdagi matnning asosiy mazmunini ana shu so‘zlarni bog‘lab tuzishi mumkin. Buni esa hamma gaplarning umumiy ma’nosidan chiqarish mumkin.
ToMdirish yoki so'zlarni tushirib qoldirish. To‘ldirish matnda qaysiki so‘z tushib qolganligini topib o‘rniga qo‘yishdir, aytaylik har o‘nta so‘zdan bittasi va talabalardan uni toMdirish so‘raladi.
Fikrlami segmentatsiya qilish. Tarjima jarayonida matnning semantik ma’nosiga savol qo‘yish bilan matnning semantik komponentlarini topish mumkin. Ularganima? nega? qanday? qayer? kim? savollarini berish orqali matn yoki gapning asosiy mazmunini anglab olish mumkin.
Tarjimon matnda o*z e’tiborini har bitta xabarga qaratishi kerak. xabaming egasi kimligini, unig maqsadi, xabar qayerda boMayapti va uning qanday yetib borishini o‘ylashi kerak. Fikmi chiroyli va aniq ifodalash uchun so‘zlovchining fikrlarini so‘zma-so‘z aytib bermasdan, balki uning fikrlarini tushunishimiz kerak, chunki aynan o‘shalar tarjima qilinishi kerak. So‘zlovchi nutqidagi so‘zlarni tushunishga harakat qilmay, balki uning asosiy fikriga, nutqining mazmuniga e’tibor qaratishimiz kerak.
Shuning uchun tarjimon nafaqat so‘zlarni, balki fikrlarni yaxshi tushunishi kerak. So‘zlovchining nutqidagi har bir so‘z va iboralami tushunmasdan va o‘sha so‘zlarni tarjima davomida qayta ishlatmasdan turib, yaxshi tarjima qilib boMmaydi. Deylik, tarjimon matndagi ba’zi so‘zlarni tushunmay qoldi. Shunga qaramay bu uning butun matnni tushunmaydi degani emas. Uning asosiy mazmunini o ‘zinirig lug‘at boyligidan kelib chiqib tarjima qilishi zarur. Tarjimaning sifatli bo‘lishida bir semantik maydonga kimvchi so‘zlar yoki iboralami yoki sinonim so‘zlarni bilish va ulardan biri esdan chiqsa ikkirichisini ishlatish tariimaning asosiy mazmuniga ta’sir etmaydi.
Gapning asosiy semantikasi birinchi navbatda kesim va egada ifodalanadi. Ba’zi tarjimonlaming fikricha, asosiy semantika avvalambor kesimda ifodalanadi, lekin professor Kolshanskiy esa kesim gapning asosiy semantikasini bermaydi, u faqat ega bilan birgalikda butun bir ma’no beradi deydi.
Tarjimon so‘zlovchining nutqini qayta qurish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tarjimon fikrlar ketma-ketligiga e’tibor berishni esda saqlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |