§5. Lug‘atlar va frazeologik birliklar tarjimasi
Frazeologik birliklar nutqdatayyorholda uchraydi, ularturg‘un birikmalar bo‘lib, funksional va semantik jihatdan boMinmas yoki ajralmas birliklardir.
Ingliz, o‘zbek va rus tillarining so‘z birliklarining tez o^sishi natijasida yangi frazeologizmlami o‘z vaqtida lug‘atlardan topa olmaymiz va tarjimon ularni lug‘atsiz tarjima qilishiga to‘g‘ri keladi. Biz eski frazeologik birliklami “Большой английский - русский
словар”с1ап vaA.V.Kuninning“lngliz-rustili frazeologik. lug‘ati”dan topa olishimiz mumkin. Tarjimon mustaqil holda frazeologiyaning asosiy nazariyasi masalalarini hal qila olish, frazeologik birliklarni to‘g‘ri tanlay olish va ularning ifodaviy-uslubiy tarjimadagi vazifalarini belgilab bera olishi kerak.
Frazeologik birliklarning tarjimasining asosiy qiyinchiligi shundaki, lug‘atlaming hech biri matnda frazeologik birikmalarni qo‘llanishidagi rang-barangliklami ta’minlay olmaydi. Kuninning “Ingliz-rus tillari frazeologik lug‘ati”da frazeologizmlaming ko‘pchiligining tarjimasi bor. Masalan: Charity begins at home. Bu FB har xil lug‘atlarda turlicha tarjima qilingan. Myulleming “Англо русский словарь” kitobida - “Savob o‘z uyingdan boshlanadi” deb izohlangan.
“Своя рубаша ближе к телу” birikmasining tarjimasi maqolning faqatgina negativ ma’nosiini ko‘rsatayapti, insonning tabiiy fe’l-atvori bo‘lishi, uning qiziqishlari va hudbinligini ta’kidlayapti. BARSda berilgan tarjimada inson boshqa insonlar haqida o‘ylashi, qayg‘urish ifoda etilgan, lekin bu taijimada kinoya yo‘q va u tabiiydir. Xornbayning lug‘atida shu FB “Charity begins at home” —A person’ first duty is to help members o f his own family, deb keltirilgan.
Bu misol shuni ko‘rsatadiki, frazeologizmlaming lug‘atlarda har xil tarjima shakllari berilishi mumkin, tarjimon buni hisobga olishi zarur.
Rus, ingliz va o‘zbek tillarida frazeologizmlaming so‘zma-so‘z to‘g‘ri keluvchi ko‘pgina turlari bor. Masalan: to play with fire - играть с огнём —o‘t bilan o‘ynashmoq.
Frazeologizmlarni tarjima qilish chog‘ida shuni yodda saqlash kerakki, har qanday tilning frazeologizmi shaxsning ichki his-hayajonini ifodalash xususiyatiga ega.
Frazeologik birliklarni obrazli asosda tarjima qilayotganda, ularni ifoda qilishda aniq namunalar, qoidalar mavjudki, buning 4 xil yo‘lini ko‘rsatish mumkin:
1. Umumiy obrazlilikni saqlash.
Obrazlilikni qisman o‘zgartirish.
Obrazlilikni umuman o‘zgartirish.
Obrazlilikdan voz kechish.
■Fingers have light - Qo‘li qing‘iming dili qing‘ir.
■Fingers beepers, loses meepers - Topgan niyoz, topmagan
piyoz.
• Fiddle while Rome is burning - Kimga to‘y. kimga aza.
• First think then speak - Oldin o‘yla, keyin so‘yla.
Umumiy bir tarzda aytganda, frazeologik birliklami tarjima qilish hammavaqt ham oson emas. Frazeologik birliklaming ko'pchiligi emotsional va ekspressiv ma’no tashiydi va milliy hususiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |