I. G‘afurov, O. Mo‘minov, N. Qambarov tarjima nazariyasi


Naxustin bar guftash: K-az kujoiy?



Download 1,41 Mb.
bet24/78
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#261283
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
Tarjima

Naxustin bar guftash: K-az kujoiy?
Riguft: az dori mulki oshnoyi.
Biguft: on jo ba san ’at dar chi ко shand?
Biguft: anduh xarandu jon furushand.
Bigufto: jon furushi dar adab nest,
Biguft: az ishqbozon in ajab nest...
Qutbda:
Burun so ‘rdi: ne yerliksan, tiyu san?
Ayittikim: oshiqlar shahridanman.
Ayitti: onda ne san ’at qilurlar?
Ayitti: jon sotib qazg'u olurlar.
Ayitti: jonni sotmoqlik xato ul
Ayitti: ishqyo ‘lida ham ravo ul...
Keltirilayotgan parchada “mulki oshnoyi” degan birikma bor: Oshnolar mamlakati. Qutb uni oshiqlar shahriga aylantiradi. Albatta, bunday qaralsa, oshno boshqa, oshiq boshqa. Oshnolik martabasidan oshiqlik martabasi ayniqsa shoirlar nazarida ancha balandroq. Ular ayni paytda o‘zaro ma’nodosh. Ammo oshiqlar shahridanman, deyish Farhod tilida juda kuchli jaranglaydi. Originalga nisbatan tushunchaning shoirona kuchi ortadi. Oshnolar yurti deyish Xisrav tilida kamtarlik va andishani ifodalaydi. Tarjima iborasida esa Farhod oshiqlar shahridanman, deb Xisravning yuziga tik qarayotganday, uning hamiyatiga tegishga urinayotganday tuyuladi. Bu yerda o‘zbekona keskinlik va to‘g‘rilik ham yo‘q emas. Qutb Nizomiyning go‘zal, anduh xarandu jon furushand degan so‘zlarini “jon sotib qazg‘u olurlar” deb talqin etadi. Aniq va go'zal ekvivalentlikka erishadi. Faqat Qutb so‘zlarning o‘rinlarinigina o‘zgartiradi va urg‘unijon sotishga beradi. Qutb qilgan yana bir o‘zgarish Xisravning “jon sotish adabdan emas” so‘zini talqin etish bilan bog‘liq. Xisrav o‘zining kuchli rad qilib bo‘lmaydigan aforizmi bilan Farhodni butunlay mot qilganday ko‘rinadi. Tasavvur qilish mumkin: Farhod bu so‘zdan so‘ng qar.cha vaqt sukutga botdiykir.? Ammo Nizomiy

bu yerda hariflar(raqiblar) o‘rtasidagi tortishuv - dialogni huddi qilichbozlikday ko‘rsatadi. Oraga qil ham sig‘maydi. Lekin Farhod g'oyatda hozirjavob. U: ishqbozlar uchun bu holat ajablanarli emas, deydi. “U1 xato” deydi. Ishq yo‘lidagi bunday xato - xato emas demoqchi boMadi. Ko‘rinib turibdiki, transformatsiyalarda shoironalik, obrazli vafikriymantiqiylik, yangi ma’no jilvasinitopadi. 0 ‘sha zamonlarda transformatsiya tushunchasi bo‘lmagandir. Lekin Qutb uning nimaligini ijodiy amaliyotida turli bo‘yoqlarda ko‘rsatdi. Bunday transformatsiyalar Qutb, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiyda har qadamda uchraydi. Bunda har bir talant o‘z nazariyasini o‘zi varatganday tuyuladi. Nazariya bo‘lmay turib, yuksak tarjima asarlar yaratish amaliyotlarini faqat shu so‘z bilangina izohlash mumkin. Bu XIX yoki XX asrda jahon tarjimashunosligida “taijima san’ati” degan tushuncha paydo boMguncha ming yillar oldin bunday san’at amaliyotga kirganligini ko‘rsatadi.


Qutb, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiy ijodlarida tarjima ilk bora yuksak san’at darajasiga ko‘tarildi. U o‘zbek tilining ifodaviy quw ati va imkoniyatlarini to‘la namoyon qildi. Tilimizning mag‘ziga adabiy, ijtimoiy, madaniy aloqalarda ko‘plab kirib kelgan xorijiy so‘zlami yedirib yubordi,ularni o‘zbek tilining tabiiy ajralmas mulkiga aylantirdi. Rabg‘uziyning “Anbiyolar qissasi”dan so‘ng Sayfi Saroiyning “Guliston” tarjimasida tilimizning naqllar, hikoyatlar, rivoyatlar, aforizmlar (hikmatlar) qatlami yuzaga chiqdi. Bu kabi tarjimalar o‘zbek tili taraqqiyotiga amalda xizmat qildi.
Tarjimalar XV asrga kelib Alisher Navoiy ijodiyotida yana yangi darajaga ko‘tarildi.
Tarjimalar jahon adabiyotlarida javob asarlar yozish an’anasini tug‘dirdi. Xondamiming mashhur “Makorim ul-axloq” asarida Navoiyning “Xamsa” si Shayx Nizomiyning “Panj ganji” muqobilida yozildi, degan fikmi o‘qiymiz. Muqobil adabiyotlar- bular ulug‘ asarlarga musobaqa tarzida-javob tarzida yozilgan asarlardir. “Panchatantra”, “Ming bir kecha”, “Siddxanta” ga qanchadan qancha muqobil asarlar yaratilgan bo‘lsa, Shayx Nizomiyning “Panj ganji”ga buyuk shoirlar tomonidan necha o‘nlab javob asarlar yaratildi.

XV asrga kelib Qutb, Saroiy, Haydar an’analari Alisher Navoiy ijodiyotida davom etdi va badiiy jihatdan yana bir necha bosqich yuksakka ko‘tarildi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish