I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

Tele va radioreklama
9
. Televizion va radioreklama butun dunyo bo‘ylab 
reklama beruvchilar orasida juda ommaviy hisoblanadi, chunki u eng katta 
muloqot doirasiga murojaat qilish uchun imkon beradi. Biroq uning muloqot 
doirasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik xilma-xil ham hisoblanadi. «O‘zining» 
maqsadli guruhiga ta’sir ko‘rsatish qiyin, chunki ixtisoslashgan ko‘rsatuvlar soni 
juda kam. Televidenye va radioda amaliyotning ko‘rsatishicha, turli konkurslar, 
lotereyalar, televizion viktorinalar va "tok-shou"ga homiylik qilish va h.k. katta 
muvaffaqiyatga erishadi.
Televidenye yordamida firma va uning markasini targ‘ib qiladigan nufuzli 
reklama ham, muayyan xizmatlar sotishni rag‘batlantiradigan tijorat reklamasi ham 
amalga oshirilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra televidenyedagi reklamaning ikki 
turidan faqat birinchisi katta samara beradi. Bu birinchidan, muloqot doirasining 
bir xil emasligi bilan, ikkinchidan esa – reklamani qabul qilish psixologiyasi o‘ziga 
xosliklari bilan izohlanadi. Televizor qarshisida dam olayotgan yoki ekranga ish 
orasida nazar tashlab qo‘yadigan kishi ishbilarmonlik qarorlari qabul qilish va 
manzilni yoki telefon raqamini yozib olish uchun darhol qo‘liga qalam olishga 
unchalik moyil bo‘lmaydi.
Potensial xaridor sizning reklamangiz paydo bo‘lgan vaqtda uning yordamida 
televizorni boshqa kanalga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan masofadan boshqarish pulti 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan texnika taraqqiyoti yana bir qo‘shimcha to‘siq 
hisoblanadi. Shu sababli bitta reklama roligi yoki klipini televidenyeda ko‘p marta 
takrorlash katta ahamiyat kasb etadi. Agar sizning reklamangiz efirda faqat 1-3 
marta paydo bo‘lgan bo‘lsa, pulni havoga sovurdim, deb bemalol aytishingiz 
mumkin. Televidenyeda uzoq muddatli va keng miqyosdagi reklama kampaniyasi 
faqat "Uzbekinvest" NKEIS kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Boshqa 
sug‘urta kompaniyalarining reklamasi ekranlarda juda kam paydo bo‘ladi va keng 
miqyosdagi reklama kampaniyasi xarakteriga ega emas. Qoidaga ko‘ra 
radioreklamani aholi bilan ishlayotgan va o‘z polislarini respublikamiz hududining 
katta qismini qamrab oladigan filiallar tarmog‘i orqali taklif qiladigan 
9
Jask Kinder, Jr.Garry Kinder “Secrets of Successful Insurance Sales” 


71 
kompaniyalar tayyorlaydi. Teleekranda eng samarali vaqt – erta tong, kech oqshom 
(prime-time), kun esa – shanba hisoblanadi. Eng katta foyda keltiradigan oylar -
yanvar, fevral, mart. Reklama beriladigan teledastur qanchalik qiziqaril bo‘lsa, 
reklama beruvchi uchun shunchalik yomon – dasturdan olinadigan taassurotlar 
reklamadan olinadigan taassurotlarni “yuvib” ketadi.
Radioreklama ko‘pincha samaraliroq bo‘lib chiqadi, chunki ko‘plab 
korxonalarda butun kun davomida yangrab turadi, uyda va avtomobilda ham 
ko‘pchilik kuni bilan radiopriemnik yoqib qo‘yadi. Biroq aynan shu sababli, 
agarda siz muttasil yangrab turadigan ovoz fonidan keskin ajralib turadigan qila 
olmasangiz, sizning reklamangiz ish bermasligi ham mumkin. Sug‘urta xizmatlari 
samarali radioreklamasi kamdan kam uchraydi. Samarali reklama sifatida 
Rossiyaning ROSNO sug‘urta kompaniyasining reklamasini misol qilib keltirish 
mumkin: "Ushbu bahorda ROSNO sizni muhabbatdan sug‘urta qila olmaydi". 
Yaxshi tanlab olingan ohang, o‘zgarmas muvaffaqiyatli kontekst, ko‘rsatuv vaqti 
va joyini to‘g‘ri tanlash ushbu reklamaga muvaffaqiyat bo‘lmasada, shubhasiz 
samaradorlik ta’minladi.
Radioda sug‘urta reklamasi hozircha juda ham kam, vaholanki, fuqarolar 
mulki va avtomobillarni sug‘urta qiladigan kompaniyalar uchun puxtalik bilan 
rejalashtirilgan reklama xabarlari sikli, shubhasiz, yetarli darajada samarali bo‘ladi. 
Reklama dasturi va vaqtini belgilashda radiostansiyalar va telekanallar muloqot 
doiralarining ijtimoiy-demografik tavsifnomalaridan foydalanish lozim.
Tashqi reklama
. Tijorat asosidagi tashqi reklama - bizning respublikamiz 
uchun nisbatan yangi bo‘lgan ko‘rinishdir. Uning samaradorligini baholash 
usullarini hali mutlaqo ishonchli va shubhasiz to‘g‘ri, deb hisoblash mumkin emas.
O‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, reklamaning ushbu turi xususiy 
shaxslar e’tiborini jalb qilish uchun eng samarali turlardan biri bo‘lib chiqdi.
So‘rovda ishtirok etgan, rahbar lavozimlarni egallamagan respondentlarning 60% 
dan ortig‘i tashqi reklamani u yoki bu sug‘urta kompaniyasi haqida asosiy axborot 
manbasi, deb atagan.
Aksariyat hollarda tashqi reklama shaharni bezab turadi, ayrim ijodiy 


72 
yechimlar esa hattoki, eng yaxshi g‘arb namunalaridan ortda qolmaydi. Tashqi 
reklama vositalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: binolar va 
inshootlardagi reklama taxtalari, ko‘rsatkichlar, binolardagi vitrinalar, tashqariga 
chiqarib qo‘yiladigan vitrinalar, ko‘chalarda joylashtiriladigan reklama taxtalari, 
havo sharlari va aerostatlardagi reklama, nur sochib turadigan elektron tablolar va 
boshqa reklama, plakatlar hisoblanadi. Muvaffaqiyatsiz tayyorlangan reklama bilan 
shaharning istalgan nuqtasini «buzib» qo‘yish mumkin. Har qanday reklamani 
noto‘g‘ri joyga joylashtirish bilan «buzib» qo‘yish mumkin.
Tashqi reklamaga qo‘yiladigan asosiy talablar, umuman olganda, reklamaning 
aksariyat turlariga qo‘yiladigan talablar kabi – aniqlik, ko‘rgazmalilik, qisqalikdir. 
Odatiy maxsus talablar – ob-havo sharoitlari ta’siriga va ayrim toifadagi fuqarolar 
harakatlariga chidamlilik; yirik hajm (doim ham emas), yoritish bilan bog‘liq 
sharoitlar va qulay joylashuvdir. Afsuski, reklamani joylashtirish uchun shubhasiz 
yaxshi joylar bo‘lmaydi
 
Sug‘urta kompaniyalarining tashqi reklamasi asosan axborot berish 
xarakteriga ega bo‘lib, qoidaga ko‘ra shahar ko‘chalari va avtotrassalardagi katta 
reklama taxtalari bilan ifodalanadi.
Reklama taxtalari alohida sug‘urta turlarining reklamasidan ham, imidj 
reklamasidan ham iborat bo‘lishi mumkin, biroq bunday reklamani tez-tez 
almashtirib turish aholining sug‘urta kompaniyalari barqarorligi, ishonchliligi va 
doimiyligi ortishiga xizmat qilmaydi. 
Sug’urta kompaniyalar va firmalar rahbarlariga reklama jo‘natmalari 
samaradorligini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, konvertda adresatning familiyasi 
va ismi yo‘qligida xatlarning faqat 10% gina manzilga yetib boradi (qolgan xatlar 
sekretariatlar, referentlar, kanselyariya tomonidan “uzib” qo‘yiladi), familiya va 
ism mavjudligida esa bu ko‘rsatkich qariyb 50 % ga yetadi. Yanada ko‘proq 
miqdorga qanday qilib erishish mumkin? Sizning reklama xabaringiz maqsadli 
muloqot doirasi tomonidan o‘qiladigan profilli obuna nashrlariga yoki boshqa har 
qanday adresatlar uchun mo‘ljallangan jo‘natmalarga hamrohlik qilishi mumkin. 
Bunday vaziyatda u darhol savatchaga tashlab yuborilmaydi – obuna davriy 


73 
matbuotga ma’lum bir hurmat ilan munosabatda bo‘lish baribir ko‘pchilikning 
qoniga singib ketgan. Jo‘natmalardan so‘ng retsipiyentlarga qo‘ng‘iroq qilib 
chiqish va kompaniyangiz xizmatlari haqida qiziqib qolganlikni aniqlash ham 
mumkin.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish